Psixogerontologiya keksalik psixologiyasi
Download 38.53 Kb.
|
1 2
14-PSIXOGERONTOLOGIYA – KEKSALIK PSIXOLOGIYASI Reja Gerontopsixologiya psixologiyaning tarkibiy qismi Psixogerontologiya fanida gerontogenezning evolyusion omillari Gerontopsixologiya psixologiya fanining tarkibiy qismi ekanini ilmiy jixatdan Stenli Xoll (1846-1924) asoslagan bо‘lsa-da, lekin bu yunalishning о‘ziga xos xususiyatlari tug‘risida Mark Tulliy Sitseron («Katta Katon yoki keksayish haqida» asarida), I. I. Mechnikov («Optimizm etyudlari» kitobida), О‘rta Osiyo allomalari donolik, donishmandlik xaqidagi durdonalarida falsafiy fikr va mulohazalarni bildirganlar. Qarilikka tegishli birinchi kuzatishlar antik davrga borib taqaladi. Qadimgi yunon faylasufi va shifokori Gippokrat (e.avv.V-VI a.) qarilikni inson organizmidagi tabiiy issiqlikni yо‘qolishi natijasi deb ta’riflagan. Platon esa, insonni qarish jarayoniga yetuklik davridagi hayot tarzi ta’sir etishini qayd etadi. Kо‘pgina allomalar fikricha qarilikka yoshlikdan tayyorgarlik kо‘rib borishi kerak. Sharqning buyuk mutaffakiri Abu Ali ibn Sino insonning butun umri hayotining sо‘nggi besh yili bilan baholanishini ta’kidlab, ana shu besh yil ichida inson yaxshi hayot kechirsa, u bu dunyodan xotirjam kо‘z yumishini, aks holda esa «kо‘zlarini ochiq» ketishini aytib о‘tadi. Shunday ekan har bir inson qarilik davrida ham munosib hayot kechirishi, qarilikning yengil kechishi uchun о‘z hayotini eng optimal darajaga olib chiqishga erishishi zurur. Amerikalik psixolog S. Xoll (1846—1924) «Keksayish» monografiyasida amaliy va metodologik ahamiyatga molik qator g‘oyalarni ilgari surgan. Yigirmanchi asrning 30- yillaridan boshlab keksalik davriga oid tibbiy — biologik tadqiqotlarning kо‘payishi, shuningdek, inson kamolotiga shaxs sifatida yondashishning paydo bо‘lishi psixogerontologiyaning rivojlanishiga birmuncha ta’sir kо‘rsatdi. Ana shu tariqa keksayishga tibbiy, ijtimoiy jixatdan yondashish bilan bir qatorda psixologik jabhasi jihatdan yondashish ham vujudga keldi va psixogerontologiyaning tadqiqot sohasi kengayib bordi, shu soha buyicha ingliz tilida maxsus jurnallar chiqa boshladi. Ilmiy izlanishlarning aksariyati keksayish davridagi odamlar shaxsining xususiyatlari, diqqati, xotirasi, tafakkuri, aql-zakovatiga bag‘ishlangan bо‘lib, boshqa psixik holatlar, jarayonlar juda kam tadqiq qilingan. Xozir keksayish psixologiyasi ham gerontologiyaga, ham yosh psixologiyasi sohasiga taaluqli degan ikki xil ilmiy nazariya mavjud, vaholanki, ular о‘zaro bog‘liq bо‘lib, bir-birini doimo ilmiy axborot va ma’lumotlar bilan boyitib turadi. Birinchi bо‘hron yoshini bir xilda aniqlash qiyin, u insonning mustaqil kasbiy faoliyati boshlanishi vaqtiga bog‘liq. Keksalikka о‘tish bо‘hroni deganda kishining nafaqaga chiqish vaqtiga tо‘g‘ri keluvchi davrni anglaymiz. Ushbu omil shartliligini tushuna turib, biz bariir vatan uchun u jiddiy shaxs ichi bо‘hronini belgilab beruvchi muhim ijtimoiy shart hisoblanadi. Afsuski, odatda katta yoshdagi odamlarning yosh bilan bog‘liq bо‘hronlari ekzistensial tus oladi, chunki ulr kechinmasiga hayotning ma’nosi va shaxsan yashash muammolari kelib qо‘shiladi. Ekzistensial bо‘hronlar bilan birga katta yoshdagi odamlarda, avval aytib о‘tganimizdek, ruhiy bо‘hronlar kuzatiladi, asosan oliy qadriyatlarga murojaat etish ularning umumiy xususiyatidir. Katta yoshdagilardagi shaxsiy bо‘hron u yoki bu og‘ir vaziyatni boshdan kechirish zamirida yuzaga keladi. Oilaviy bо‘hron oilaning hayot yо‘lidagi yangi bosqichiga о‘tishi bilan bog‘lanadi, u oila tuzilmasi va boshqa ijtimoiy guruhlar bilan о‘zaro aloqalarda о‘zgarishlar keltirib chiqaradi (masalan, bola tug‘ilishi, ota-onalarning ajrashuvi, о‘smirning oiladan ajratilishi”). Kasb о‘sishi yoki faoliyat sohasi о‘zgarishi sabab bо‘lgan kasb bо‘hronlari ham uchrab turadi. Kо‘plab mualliflar fikricha, tashlash imkoniyati mavjudligi barcha bо‘hronlarni birlashtiruvchi о‘lchamlar hisoblanadi. V. Shute tasavvurlariga asoslanib, tanlovlar mazmuni va tipologiyasi ustida tо‘xtalamiz. Tanlash haqidagi о‘z tasavvurini tadqiqotchi quyidagi tarzda shaklga soladi: “Men butun umrimni tanlayman va har doim tanlab kelganman. Men о‘z xulqimni, tuyg‘ularimni, fikrlarimni, kasalliklarimni, badanimni, ta’sirlanishlarimni, о‘limimni tanlayman. Shu tanlovlarimdan ayrimlarini anglashni, ayrimlarini anglamaslikni afzal kо‘raman. Men kо‘pincha men ish tutmaydigan tuyg‘ular haqida, menga ma’qul bо‘lmagan fikrlar haqida va voqealar о‘rtasidagi ayrim aloqalar haqida bilmaslikni afzal kо‘raman”. Shunday qilib, ongli va ongsiz tanlov haqida sо‘z yuritish mumkin ekan. Insonni u yoki bu faoliyati mos keladigan faol tanlovni va harakatsizlik natijasida amalga oshiriladigan passiv tanlovni ajratib kо‘rsatish mumkin. Shunday hollar bо‘ladiki, kishiga tanlov yо‘qday bо‘lib kо‘rinadi, u vaziyatlarga bо‘ysunishga majbur. Aslida bu ham tanlov, ammo mas’uliyatsiz tanlov. Demak, bо‘hronni tanlov zarurligi holati deb tushunish mumkin, unda tanlovning ongsizligi, sustligi va mas’uliyatsizligidan uni tо‘laroq fikrlab kо‘rish, faol о‘rin egallash va mas’uliyatli yechimgaa kelish tomon izchil harakat amalga oshiriladi. Ularning yuzaga kelishi va kechishi insonning vaqt oqimiga qanday munosabatda bо‘lishiga va unda kelajak oldidagi vahimasi nechog‘li ifoda topganligi bilan bog‘liq. Kelajak tashvishga soladi va uning qiyofasi kо‘pincha salbiy; о‘tmish esa, aksincha, hissiy jihatdan jо‘shqin va ancha ijobiy kо‘rinadi. Kelajakdan qо‘rqish о‘z yoshini inkor etishni keltirib chiqaradi. Kishi yoshroq bо‘lishni istaydi, oqiatda yosh bо‘lib kо‘rinishga intilish yuzaga keladi. Shu bois tashqi kо‘rinishdagi yoshdan darak beruvchi о‘zgarishlar bilan kо‘nikish juda og‘ir. Kelajakdan qо‘rqishlarini odamlar har doim ham tushunavermaydilar. Ular о‘z qо‘rquvlarini hayotning boshqa, oilaviy va kasbiy jihatlariga bog‘laydilar. Aynan shular qonimqtirmaydi, aynan shulardan kishi atrofdagilarga yoki psixologga shikoyat qiladi. Kelajakdan qо‘rqish asosida о‘z hayotining tugashini anglash va о‘limdan qо‘rqish yotadi, ya’ni bu sof shaxsiy sababdir. Biroq kelajakdan qо‘rqishda ijtimoiy omillar – hozirggi zamon andozalari va qadriyatlar ham ozmuncha rol о‘ynamaydi. Shulardan eng muhimi – keksalikni salbiy idrok etish andozasi. Shu narsa nazarda tutiladiki, keksa odamlarga vaysaqilik, eskilikparastlik, yoshlarni ayblash kabi ta’rif berish odat tusiga kirgan. Keksalikda poliklinikalarga tanda qо‘yish, sog‘lig‘i yomonlashgan, yolg‘iz qolgani va hayotning ta’mi yо‘qolganidan shikoyat qilish kuchayadi. Yosh bir joyga borib qolganda о‘sish va kamol topish haqidagi masala qandaydir g‘alati kо‘rinib qoladi. Keksalikdan qо‘rqish hatto juda yosh odamlarda ham paydo bо‘lishi mumkin. “Keksalik baxti” deganda talabalar miyig‘ida kulib qо‘yadilar, “keksalikda jinsiy aloqa” deganda hamma qah-qah urib kuladi. Keksalikni shaxsiy tanazzul deb safsatali tushuncha sababi nimada? “L.I.Ansiferova fikricha, hukmron ijtimoiy munosabatlar keksalik haqidagi tasavvrga kuchli ta’sir kо‘rsatadi. Raqobatli munosabatlar avj olgan taraqqiy mamlakatlarda jо‘shqinlik, chidamlilik, chaqqonlik, g‘ururlilik kabi yoshlarga xos sifatlar yuksak qadrlanadi”1. Sо‘nggi yillarda yoshlarga sig‘inish Rossiyada ham keng yoyildi. Darhaqiqat, qadimgi odamlar keksalik nimaligini deyarli bilmaganlar. Kuchdan qolgani bois binoyidek ovchilik qilolmagan odamga о‘rin bо‘lmagan, bas. Muxarrixlar va elshunoslar fikricha, dastlabki qariyalar olovdan foydalanish boshlangandan paydo bо‘lgan, ular olovni saqlovchilar maqomiga ega bо‘lganlar. Biroq bariir ular muddati о‘sha-о‘shaligicha qolavergan. Aholining ma’lum miqdorini tashkil etuvchi qariyalar sо‘nggi asrlarda paydo bо‘la boshlagan deyiladi. Ayni shu vaqtda keksalikni chuqurroq va kengroq о‘rgana boshlashdi, ammo bunday tadqiqotlar natijalari kо‘pincha turmush psixologiyasigacha yetib bormaydi. Shu bois ilmiy izlanishlar emas, balki yaqin qarindosh-urug‘larning shu yoо‘ davrini yashab о‘tish tajribasi keksalik haqidagi tasavvurning shakllanish manbai hisoblanadi. Bunda OAV (SMI) sezilarli rol о‘ynaydi, ular moddiy va maishiy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan shо‘rlik keksa chol qiyofasini “chizib” beradilar. Sо‘nggi vaqtda keksalik haqida tasavvur uyg‘otuvchi yana bir omil paydo bо‘ldi – bu reklama. Bir tomondan u salbiy aqida mavjudligiga tayansa, boshqa tomondan – uni mustahkamlaydi. Jamiyatda hukm surayotgan keksalik qiyofasi bilan birga hozirgi jamiyatda e’tirof etilgan qadriyatlapr tizimi yosh bilan bog‘liq bо‘hronlar yuzaga kelishiga ta’sir kо‘rsatadi, bu tizim inson ahamiyatiga moddiy farovonlik va ijtimoiy maqomni qarshi qо‘yadi. Hozirgi madaniyat о‘zining barcha zuhurlari bilan о‘limni inkor etadi, bu kо‘pchilik odamlarda о‘limdan yashirincha qо‘rquv uyg‘otadi va abadiy yoshlikka sig‘inish keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, hozirgi zamon madaniyati tobora ijtimoiylashuvdan xususiylashuvga tortib ketayapti. Agar ilgai jamiyat urf-odatlar, marosimlar orqali kishiga uning ijtimoiy va madaniy roli qanaqaligini aniqlashga yordam bergan bо‘lsa, endi bu masalalarni kishi о‘zi mustaqil hal etishga majbur. Bu holni ijobiy yoki saliy deb baholash qiyin, ammo u bor va uni hisobga olmay bо‘lmaydi. Ijtimoiy omillar yetuklikning yosh bilan bog‘liq bо‘hronlari yuzaga kelishiga ta’sir qilibgina qolmay, uning о‘tib ketishida ham bilinadi, bunda u mazkur jarayonni yo murakkablashtirib yuboradi yoki osonlashtiradi. Bu yerda hozirgi insonning hissiy olami xossasini ta’kidlab о‘tish joiz. A.Xolmogorova va N.Garanyanning aytishlaricha, inson hissiy hayotini ikki qarama-qarshi tendensiya belgilab beradi. Birinchisi, hayot sur’ati, tezkor narx-navo,ijtimoiy, siyosiy о‘zgarish ortishi oqiatida hissiy zо‘riqish tezligi va jadallashning ortib borishidir. Ikkinchisi, bu buzg‘unchilik vazifasiga ega deb qaraladigan hissiyotlarga salbiy munosabat. Buning oqibatida ruhiy-jismoniy kasalliklar, ijtimoiy va shaxslararo ziddiyatlar takroriyligi va kuchi ortib boradi va ular tuyg‘ularning tashqariga chiqarish usullari hisoblanadi. Insondagi kо‘plab salbiy holatlar muvaffaqiyat, yutuqlar, kuch va zamonaviy madaniyatga xoss oqilonalikka sig‘inish bilan bog‘liq.Omadli odamni jamiyat erkin, sovuqqon, mulohazakor deb e’tirof etadi. Ammo bu hissiyotlarning tо‘planishiga olib keladi, bu esa о‘z navbatida sog‘liqqa salbiy ta’sir kо‘rsatadi. Oqilonalikka sig‘inish bilan birga bо‘hronning kechishiga ta’sir etuvchi yana bir omil ustida tо‘xtalib о‘tamiz. Kishi keng kasb imkoniyatlariga ega bо‘lgan jamiyatda hayotiy muvaffaqiyat andozalari о‘zgaradi. Individual hayot yо‘li tanlash uchun kо‘plab variantlar paydo bо‘ladi. Tanlov miqyosining kengayishi bо‘hron kechishini murakkablashtirishi tushunarli. Deylik, agar Rossiyada qayta qurishgacha “muvaffaqiyat bosqichlari” ga daxldor aniq ifodali ijtimoiy andozalar bor edi – bular komsomol, oliy о‘quv yurti, partiya bо‘lib, endilikda ular ancha kо‘nikib ketgan. Bundan tashqari, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarining tez almashinishi qadriyatlarda, ota-onalar va farzandlar hayoti darajasi va maromida tafovutlarga olib keladi, farzandlarning oila andozalariga mо‘ljal olishlariga xalol beradi. Masalan, hozir muayyan yoshda oila qurish zarurligi haqida qat’iy tasavvur yо‘qligidan yosh yigitlar buni juda erta yoki juda kech bajaradilar, goho umuman oila qurmaydilar. Download 38.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling