Psixogerontologiya keksalik psixologiyasi


Qarilik davrida kognitiv qobiliyatlarning о‘ziga xosligi


Download 38.53 Kb.
bet2/2
Sana16.11.2023
Hajmi38.53 Kb.
#1778544
1   2
Qarilik davrida kognitiv qobiliyatlarning о‘ziga xosligi. Kundalik hayotda kо‘pchilik yosh о‘tishi bilan inson ongi suslashadi degan fikrlarga keladilar. Masalan: agar yosh bir inson narsasini qayerga qо‘yganini bilmasa atrofdagilar buni oddiy qabul qiladilar, agarda qariya bunday holatga tushib qolsa uni aqli pastlikda ayblashadi. Kо‘pgina tadqiqotlarga kо‘ra intellektual xususiyatlar yosh о‘tishi bilan о‘zgarishlarga uchramaydi. Qariyalarning xotirasini yomonlashuvi unchalik keng tarqalmagan va kata ahamiyatga ega emas. Qariyalar shikoyat qiladigan xotira buzilishlar qarilik natijasi emas, balki deprissiya, faoliyatni yо‘qolishi yoki iste’moldagi dorilarning salbiy ta’sirlari bо‘lishi mumkin. Shunda ham yosh о‘tishi bilan kognitiv rivojlanishning darajasini tushib ketishini qayd etish kerak. Masalan: о‘rganish jarayonida axborotni qayta ishlash va mexanik eslab qolish tezligini tushishi kuzatiladi. Agarda insonni bilish qobilyatlarida pasayish sezilib, ma’lumotni kognitiv qayta ishlash tezligi tushib ketsa, organizm ularni kompensatsiya qilish uchun ichki imkoniyatlar qidira boshlaydi. Natijada meyordagi har qanday buzilish qariyalarni kundalik hayotiga sezilarsiz ta’sir qiladi (Permutter et al., Solthouse, 985, 1990). Qarilik davriga kelib ham jismoniy ham aqliy faoliyatni tezligi pasayishi kuzatiladi. Tadqiqotlarga kо‘ra, qarilikda faoliyatni bajarish tezligi bilan bog‘liq intellektual funksiyalar zaiflashadi (Solthouse,1985, 1995).
Qarilikda reaksiya vaqti va perseptiv ahborotlarni qayta ishlash muddati kengayadi va umuman kognitiv jarayonlar sekinlashadi (McDown, Shaw, 2000). Qaysidir ma’noda bu qariyalarning yoshlarga nisbatan tartib va aniqlikni qadrlashlari bilan bog‘liq bо‘lishi ham mumkin. Qariyalarni testlashtirganda ular kо‘proq tahlil qilib xar bir savolga aniq javob berishga xarakat qiladilar. Bulardan tashqari ular berilgan vazifalar bilan yaxshi tanish bо‘lmasliklari yoki ular qariyalar uchun umuman yangilik bо‘lishi mumkin. Masalan: kо‘pgina qariyalar kolledj о‘quvchilari bilan ma’nosiz bо‘g‘inlarni takrorlash testi orqali taqqoslanganlar.
Talabalar doimo о‘quv jarayonida imtixonlardan oldin yangi sо‘zlarni yod oladilar, qariyalar esa bunday faoliyatlar bilan shug‘ullanmaydilar. Qariyalar sо‘ngi davrda о‘zining kognitiv qobilyatlarini tarbiyalamaganligi hisobiga bunday testlarda qiyinchiliklarga uchraydilar. Shuning uchun bunday taqqoslashlar haqiqatga umuman yaqin bо‘lmaydi (Labovie-Vief,1985). Yosh о‘tishi bilan ma’lumotni qayta ishlash samarasi tushib ketsa ham unga yondashganda mubolog‘aga yо‘l qо‘yiladi. Xotiraga tegishli testlarni qо‘llab tadqiq qilinganda 30 va 70 yoshli insonlarni vazifalarini bajarishdagi tezligi aniqlandi. Nisbatan sodda kognitiv qobilyatlar tekshirilganda masalan: sinaluvchilarga turli obyektlarning xajmini о‘lchash sо‘ralsa kariyalarga yoshlarga nisbatan yarim marta kо‘proq vaqt kerak bо‘ladi. Vazifalar murakkablashganda esa masalan: bir vaqtning о‘zida obyektning ham xajmini, ham joylashishini taqqoslash kerak bо‘lsa, qariyalar yoshlarga nisbatan bu vazifani bajarishlari uchun ikki barobar kо‘p vaqt sarf qiladilar (Baltes,1993). Qarilik davridagi ahborotlarni qayta ishlash tezligini pasayishi turli usullar bilan kompensatsiya qilinadi. Tadqiqotlardan shu narsa ma’lum bо‘ldiki, kata yoshdagi matn teruvchilar о‘zlarining ma’lumotni kо‘rish orqali qayta ishlashni sekinlashishiga, reaksiya vaqtini pasayib ketishiga va kamroq epchillikka qaramay yoshlar kabi berilgan vazifalarni muvafaqqiyatli bajardilar. Tadqiqotchilar oldindan о‘qib oladigan sо‘zlarni xajmini qisqartirishganda kata yoshdagilarninig kо‘rsatkichlari tushib ketdi, ammo bu yosh qizlarning kо‘rsatkichlariga umuman ta’sir qilmadi. Tahminlarga kо‘ra kata yoshdagi matn teruvchilar yoshlarga nisbatan uzoq muddatli amaliyoti hisobiga matnlarni oldindan kо‘ra bilish xususiyatiga ega bо‘lganlar va natijada matnlarni tez terishgan (Solthouse, 1985).


1 Шнейдер Л. Б Основы семейной психологии: Воронеж: НПО «МОДЭК», 2005. -- 928 с.

Download 38.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling