Psixologik korreksiya haqida tushuncha


Kognitiv xulq-atvor yo’nalishi


Download 71.76 Kb.
bet10/11
Sana16.04.2023
Hajmi71.76 Kb.
#1358813
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
56 mavzu

8.Kognitiv xulq-atvor yo’nalishi
Mazkur yo’nalish tamoyillarini D.Uotson, B.Skinner o’z ishlarida asoslab berishgan. Bu yo’nalish namoyondalari mijoz muammolarini atrof-muhit ta’siriga javoban yuzaga keladigan noadaptiv xulq-atvor shaklida ko’rib chiqadilar. Demak, noadaptiv xulq-atvorni maqsadga yo’nalgan ta’sir asosida ijobiy tomonga o’zgartirish mumkin, degan fikrni ilgari surishadi.
Kognitiv xulq-atvorning asosiy tomonlari:
1. Talim-tarbiya jarayonidagi muammolar xulq-atvordagi muammolarni keltirib chiqaradi.
2. Xulq-atvor reaktsiyalari organizmni tashqi muhit ta’siriga javobidir.
3. Xulq-atvorni modellashtirish psixoterapevtik jarayon bo’lib, unda kognitiv jihat hal qiluvchi hisoblanadi.
SHunday qilib, xulq-atvor ta’sir ko’rsatish ob’ekti bo’lib namoyon bo’ladi, ya’ni salbiy xulq-atvor noto’g’ri o’zlashtirilgan xulq-atvor ko’nikmalarining mahsulidir.
Mutaxasis psixologik yordam berish jarayonida u muammoli deb hisoblagan vaziyatdagi shaxsning xulq-atvori haqidagi ma’lumotlarga asoslanadi, chunki xulq-atvor kuzatuv natijasida ham o’zgarishi mumkin, deb hisoblanadi.
Kognitiv xulq-atvor yo’nalishida quyidagi metodlar qo’llanadi:
1. O’z-o’zini nazorat qilish(chuqur relaksatsiyaga o’rgatish, qo’rquv bosqichlarini aniqlash, relaksatsiya mashqlari yordamida xavotirlik va qo’rquv orasidagi bog’liqliklarni aniqlash, xulq-atvorni modellashtirish va istalgan xatti-harakatlarni qo’llab-quvvatlash);
2. O’z-o’zini kuzatish(kundalik tutish);
3. SHartnomalar tuzish(mijoz-mutaxasis, mijoz-yaqinlari, mijoz-o’z-o’zi bilan);
4. Uyga vazifalar(uyda bajarish uchun berilgan topshiriqlar).
Psixologik yordamni samaradorligi mijoz nuqtai nazarini faollashtirishga asoslanadi. Kognitiv xulq-atvor yo’nalishida faoliyat ko’rsatayotgan psixologning asosiy vazifasi diagnostik-o’qituv hisoblanadi.

Xulosa

O’zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’limni rivojlantirish bo’yicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi Kengashning asosiy vazifalari to’g’risida”gi yig’ilishining 2-sonli bayoni ijrosini ta’minlash to’g’risida BUYRUQqa binoan O’zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’limni rivojlantirish bo’yicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi Kengash tarkibidagi umumiy o’rta ta’lim sifatini ta’minlash va maktab bitiruvchilarini kasb-hunar kollejlariga to’liq qamrab olishni tashkil etish sho’basining ish rejasiga muvofiq bolalarning iqtidorini erta yoshdan aniqlashning samarali metodikalarini amaliyotga joriy etish maqsadida Respublika tashxis Markazi qoshida psixologiya, defektologiya va kasb-hunarga yo’naltirish bo’yicha tadqiqot olib borayotgan olimlarni jalb etgan holda jamoatchilik asosida ilmiy laboratoriya tashkil etilgan. Ilmiy laboratoriya xodimlariga iqtidorli bolalar rivojlanishining psixologik-pedagogik texnologiyalarini ishlab chiqish va tajriba - sinovdan o’tkazish; bolalarning iqtidorini erta aniqlash bo’yicha metodikalarni amaliyotga samarali joriy etish bo’yicha o’quvlar tashkil etish vazifasi yuklatilgan.


O’smir yoshdagi o’quvchilarining shaxs xususiyatlari va individual-psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda faol ijtimoiy hayotga tayyorlash maqsadida ilg’or texnologiyalarga asoslangan “O’smir va zamon” pedagogik-psixologik dasturi majmuasi. Psixologik xizmat umumiy o’rta maktablari o’quvchilarini kasbiy yo’naltirishda asosiy komponentni tashkil etib, o’quvchilarni shaxsiy qiziqishlarini, iqtidorini hamda jamiyatni kerakli mutaxassislarga bo’lgan ehtiyojini hisobga olgan holda kasb tanlashida yordam beruvchi psixologik-pedagogik va tibbiy tadbirlardandir. Kasbga yo’naltirishning maqsadlaridan biri o’quvchilarni va maktab bitiruvchilarini ongli va mustaqil ravishda aniq kasbni tanlashiga va ta’lim muassasalariga (akademik litsey, kasb-hunar kolleji) o’qishga yo’naltirishga tayyorlashdan iboratdir.


Download 71.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling