Psixologik korreksiya


Xavf guruhi bilan ishlash


Download 73.77 Kb.
bet4/18
Sana23.01.2023
Hajmi73.77 Kb.
#1111911
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Tuzatish ishlari

Xavf guruhi bilan ishlash
Mavzu: “Men har doim boshqa odamlarga nisbatan to'g'ri munosabatda bulaman”
Mashg`ulot jarayonidagi muhit hamda kichik guruhlar bilan ishlash

Trening mashg`ulotlariga nisbatan ishtirokchilarning munosabati.
Trening mashg`ulotlarini o`tish jarayonlarida ishtirokchilar turlicha munosabat bildirishlari mumkin.
- ishtirokchilar trenerga turli xil chalg`ituvchi savollar berishi mumkin (trenerni uyaltirish, hijolatga qo`yish maqsadida);
- ba`zi ishtirokchilar o`zini haddan tashqari o`ng`aysiz his qilib, sukut saqlashi, umuman gapirmasdan turib olishi mumkin;
- oilaviy hayotning nozik masalalari hakida ochiqdan ochiq gapirib boshqalarning noroziligi yoki hijolat bo`lishiga sabab bo`lishi mumkin;
- trenerning shaxsiy hayotiga aloqador judayam nozik savollar berishi mumkin.
Bu xildagi vaziyatlardan chiqib ketish uchun trener ishtirokchilar bilan birga ishlab chiqilgan, mashg`ulot vaqtida barcha amal qilishi lozim bo`lgan xulk-atvor va xatti-harakat qoidalariga murojaat kilishi lozim, ya`ni ishtirokchilarga yoki aynan o`sha ishtirokchiga qoidalarni yana bir bor takrorlatish kerak.
Qoidalarning ta`sirini oshirish uchun 2-3-kun boshlanishida ishtirokchilar bilan rolli o`yin tashkil qilish maqsadga muvofiq. (Hozir har bir guruh bittadan qoidani tanlab olib, pantomima shaklida ko`rsatib beradi).


Guruhiy dinamikasini bilish va uni hisobga olish.
Guruhlar psixologiyasida aytilishicha notanish odamlar bir joyga to`planganda guruhda ma`lum bir zo`riqish paydo bo`ladi, trenerning vazifasi shu zo`riqishni iloji boricha yumshatishga harakat qilishdan iborat. Buning uchun trener guruhdagi noqulay vaziyatlar vujudga kelmasligi yoki vujudga kelgan noqulay holatlarni bartaraf etishga mo`ljallangan, guruh bilan qay usulda ishlash rejasini puxta o`ylab chiqishi kerak, ayniqsa guruhning bir necha rivojlanish bosqichlari borligini bilishi shart.
1.Boshlang`ich bosqich — notanish muhit va noaniq vaziyatda ishtirokchilar ichki bezovtalikni his qiladi, o`zlariga yaqin sherik izlaydi, har bir ishtirokchini "Men o`zimni qanday tutishim kerak" degan savol o`ylantiradi. Bu bosqich ishtirokchilarning individual xususiyatlariga qarab 10 minutdan to kunning oxirigacha davom etishi mumkin.
Trenerning vazifasi: ishtirokchilarni bir-biri bilan tanishtirishda samimiylik muhitini yarata olish, fikrini ochiq bayon qilgan ishtirokchilarni qullab-quvvatlash, sust ishtirokchilarni davraga jalb qilishdan iborat.
2.O`tish bosqichi-bunda ishtirokchilar o`rtasida ancha yaqinlik paydo bo`la boshlaydi. Endi ular trenerning ishlarini baholashlari, ya`ni uning o`zini tutishi, guruhga aralashib ketishi, guruhni faollashtirishi, hozirjavobligi, bilim doirasini kuzatishadi.
Trenerning vazifasi - ishtirokchilarda namoyon bo`layotgan hissiyotlarni e`tiboridan chetda qoldirmaslik, guruh erishmoqchi bulgan maqsad va kutishlarni aniqlash, guruh a`zolari o`zlarini qanday his etayotganligiga e`tibor berish. Asosiysi - ishtirokchilarni qanday bo`lsa shundayligicha qabul qilish va ularni o`zgartirishga urinmaslikdan iborat.
3. Ish faoliyati bosqichi-bu bosqich ishtirokchilarning o`z maqsadlariga erishishida asosiy qism hisoblanadi. Ishtirokchilar guruhda ishlash qoidalariga rioya qilishadi. O`zaro yordam so`rash imkoniyatidan kelib chiqib bir-birlariga ishonch paydo bo`ladi. Shuning uchun trenerning ayrim fikrlariga ko`shilmasalar, ular orasida trenerga nisbatan norozilik, ayrim hollarda asabiylashish, tushkunlik holatlari ham kuzatiladi.
Trenerning vazifasi: guruhda ishonchli munosabatlar shakllanishiga yordam berish, guruhdagi voqealarni e`tiborsiz qoldirmaslik, guruh dinamikasini kuzatish, guruhdagi nizolik va asabiylashish holatlarini bartaraf etuvchi o`yinlar o`tkazish, guruhda ishonch munosabatining shakllanishiga yordam berishdir.
4.Yakunlash bosqichi - mashg`ulot yakunlanishining mantiqiy nuqtasidir, agar mashg`ulot muvaffaqiyatli tugagan bo`lsa, barcha ishtirokchilarning kayfiyati a`lo darajada bo`ladi. Bu bosqichda ish davomida yo`l qo`yilgan ba`zi kamchiliklarni silliqlab ketish imkoniyati tug`iladi. Bosqich puxta o`ylab chiqilib, aniq tashkil etilishi kerak, uni o`z holicha o`tkazish yaramaydi, chunki bunday munosabat olib borilgan ishning ijobiy yoki salbiy baholarini ko`paytirib yuborishi mumkin.


Download 73.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling