Psixologik korreksiya


Download 73.77 Kb.
bet5/18
Sana23.01.2023
Hajmi73.77 Kb.
#1111911
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Tuzatish ishlari

Trenerning vazifasi: mashg`ulotni yuqori xissiy kayfiyatda yakunlash tadbirini tayyorlash va o`tkazish, har bir ishtirokchiga qulay sharoit yaratish, bir-birlariga yoki trenerga tashakkur bildirishlari uchun imkon yaratish, “teskari aloqa”ni amalga oshirish, har bir ishtirokchiga o`ziga yarasha minnatdorlik bildirishdan iborat.

Guruhdagi muammoli holatni hal qilish.
Ba`zida kichik guruhlarda berilayotgan topshiriqlarni hamma ishtirokchilar ham bir xilda bajarishni istayvermaydilar. Trener kichik guruhlarda ba`zi ishtirokchilar tomonidan yuzaga keltirilishi mumkin bo`lgan quyidagi ko`rinishdagi muammolarni hal qilishga tayyor turishi kerak:
- ishtirokchi suhbatga aralashaverib, qolganlarning jig`iga tegishi mumkin;
- ishtirokchi o`zini ko`rsatish uchun boshqalarni tanqid qilishi, noo`rin kamsitishi mumkin;
- ishtirokchi birovlarga nima qilishi kerakligini aytib, aql o`rgatishga harakat qilishi mumkin;
- ishtirokchi gapirayotgan ishtirokchining gapini bo`lishga harakat qilishi mumkin;
- ishtirokchi guruh ishida qatnashishdan bosh tortishi mumkin;
- ishtirokchi topshiriqda tegishli bo`lmagan narsalar haqida gapirib vaqt o`tkazishga harakat qilishi mumkin.
Guruxda bunday muammolarni hal etish uchun quyidagicha yo`l tutish mumkin:
Agar guruh ishida og`ishlar ro`y bersa, guruhga muloyimlik bilan vaqt behuda ketayotganligini va berilgan topshiriqni bajarish yoki muammoni muhokama qilish lozimligini eslatish lozim.
Muammo tug`dirayotgan ishtirokchi bilan alohida gaplashish kerak. Guruh qabul qilgan qoidalarga to`xtalib, keyin bir kishining xulq-atvori qolganlarga ham salbiy ta`sir qilishini tushuntirish lozim va undan keyingi mashg`ulotlarda guruh bilan hamkorlikda ishlashini so`rash kerak.

Psixologik korreksiya va rivojlantirish
Mavzu: " Uyat tuyg'usi, "
Maqsad:Iijobiy kommunikativ faoliyatni shakllantirish va o'z-o'zini boshqarish, odamlarga nisbatan axloqiy munosabatlarni rivojlantirish

Download 73.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling