Psixologik tatqiqotning asosiy metodlari?
Psixologiya sohalarining mezonlari bo’yicha ajratilishi?
Download 0.79 Mb.
|
Psixologik tatqiqotning asosiy metodlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 71.Psixologiyani boshqa fanlar bilan aloqasi
70.Psixologiya sohalarining mezonlari bo’yicha ajratilishi?
Turli mualliflar psixologiyaning 100dan ortiq sohalarini sanab o’tadilar. Lekin aslida hozirgi kunda ularning soni bundan oshib ketgan. Shuningdek, psixologiyaning maxsus bo’lim va yo’nalishlari ham mavjud: differensial psixologiya (odamlar o’rtasidagi individual tafovutlarni o’rganadi), qabul qilish psixologiyasi, kriminalistika va sud psixologiyasi, ilmiy, texnikaviy va badiiy ijod psixologiyasi, qarish psixologiyasi (gerontopsixologiya), aviatsiya psixologiyasi. Hozirgi zamon psixologiyasi boyib, turli-tuman bo’lib bormoqda, oxirgi yillarda psixologiyaning yangi sohalari: antropologik psixologiya, akmeologiya, tahdid va terrorizm psixologiyasi, xristianlik psixologiyasi, muloqot psixologiyasi, davriy psixologiya, biokonstitutsion psixologiya, «buyukshunoslik» psixologiyasi, o’sish psixologiyasi, tirik hayot psixologiyasi, kvant psixologiyasi, tergov psix-ologiyasi, badiiy qabul etish psixologiyasi, psixologik adabiyotshunoslik, eshitish qobiliyatlar psixologiyasi, ko’zi ojiz kar-soqovlar psixologiyasi, kitobxonlar va kitob psixologiyasi, mavh etish psixologiyasi, tushlar va tush ko’rish psixologiyasi, sevgi psixologiyasi, inqirozli va xavfli vaziyatlar psixologiyasi, ekzoteratik psix-ologiya, taqdir psixologiyasi, mutaassiblik psixologiyasi, qobiliyatlar psixologiya-si, xususiylik psixologiyasi, o’quv faoliyat psixologiyasi, ayollar psixologiyasi, tobe hulq-atvor psixologiyasi, genotsid va ommaviy qotilliklar psixologiyasi, xizmat muloqoti psixologiyasi, o’qituvchi psixologiyasi, tashqi ko’rinish psix-ologiyasi, oliy maktab psixologiyasi, buyruq psixologiyasi, savdo-sotiq psix-ologiyasi, OAV psixologiyasi, elektoral hulq-atvor psixologiyasi, erkaklar psix-ologiyasi, din psixologiyasi, tomalogiya, qo’rquv psixologiyasi, o’lim psixologiyasi, muqobil psixologiya va boshqalar faol shakllanib bormoqda. 71.Psixologiyani boshqa fanlar bilan aloqasi? Hozirgi zamon psixologiyasi fanlar qatorining bir tomondan, falsafiy fanlar bilan, ikkinchi tomondan, tabiiy va uchinchi tomondan ijtimoiy fanlar bilan tutashgan joyidan o’rin olgan. Chunki psixologiyaning diqqat markazida doimo inson turadi, yuqorida sanab o’tilgan fanlar ham insonni boshqa nuqtai nazarlardan o’rganadilar. Ma’lumki, falsafa va uning tarkibiy qismi bo’lgan bilish nazariyasi psixikaning atrof olamga munosabati masalasini o’rganadilar va psixikani olamning aks tasviri sifatida izohlaydilar. Psixologiya esa psixikaning odam faoliyatida va uning rivojlanishida tutgan o’rnini namoyon qiladi. Akademik A. Kedrov tomonidan tuzilgan fanlar tasnifiga ko’ra, psixologiya boshqa barcha fanlar mahsuli sifatidagina emas, balki, bu fanlar shakllanishi va rivojlanishini tushuntirib berishi mumkin bo’lgan manba sifatida markaziy o’rinni egallaydi. Psixologiya bu fanlar to’plagan ma’lumotlarni jamlab, o’z navbatida, ularga ta’sir o’tkazgan holda inson bilishining umumiy ko’rinishiga aylanadi. Psixologiyaga ison hulq-atvori va aqliy faoliyatining ilmiy tadqiqoti, shuningdek, orttirilgan bilimlarning amaliy qo’llanmasi sifatida qarash lozim. Psixologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasining o’zgacha ko’rinishi bilan M.V. Gamezo, I.A. Domashenkolarning «Psixologiya atlasi» (M., 1986) o’quv qo’llanmasida tanishish mumkin Inson tabiat va jamiyatning jonli qismi bo’lib hisoblangani uchun psixologiya ko’pchilik: ijtimoiy, biologik, texnikaviy – insonga u yoki bu darajada tegishli bo’lgan fanlar bilan uzviy aloqada bo’ladi. Xuddi shunday, hozirgi zamon odamining psixikasi va hulq-atvori, uning boshlang’ich biologik asosi, tuzilishi va organizm faoliyati qonunlarini chuqur o’rganmay turib, ijtimoiy fanlar, xususan, tarixga tegishli bilimlarsiz ularni tushunib yetish osonlikcha ko’chmaydi. Inson uchun tarixni tahlil qilish uning hozirgi zamondagi holati, shuningdek, psixologiyasi va hulq-atvorini tushunishda manba bo’lib hisoblanadi. Garchi inson alohida biologik organizm sifatida boshqa tirik mavjudotlar orasidan 1,7 mln. yil ilgari ajralib chiqqan bo’lsada, jamiyatdagi harakatlar va o’zgarishlarning subyekti sifatida taxminan 50 ming yildan buyon yashab kelmoqda. Lekin bu vaqt ichida u o’zi tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy madaniyat dunyosi evaziga yuksak psixik jarayonlar, shaxsiy xususiyatlar va ahloqiy holatlarga ega Insonga aylandi. Barcha psixologik sifatlarga ega zamonaviy insonning qanday paydo bo’lganini tushunish uchun insoniyat tarixiga, birinchi navbatda, moddiy va ma’naviy madaniyatning rivojlanish tarixiga murojaat qilish kerak. Jamiyat tarixini bilmasdan turib, hozirgi zamon dunyosida odamlar munosabatlari psixologiyasini ham tushunish qiyin. Bu munosabatlar ham asrlar davomida o’rnatilib kelingan. Insoniyat madaniyati yutuqlari avloddan avlodga berilib, ularni o’zlashtirish jarayonida zamonaviy odamlarning shaxslar va bilish, shuningdek, olamni ijodiy o’zgartirish subyektlari sifatidagi psixologiyasini shakllantiradilar. Psixologiya va tarixning ittifoqi tashqi va ichki bo’lishi mumkin. Bu fanlarning tashqi aloqasi har biri o’zining xususiy muammosini hal etishi uchun bir-birining ma’lumotlaridan foydalanish maqsadida boshqasiga murojaat qilishida o’rin egallaydi. Xuddi shunday, tarixchi u yoki bu davrda yashagan odamlarning psixologik xususiyatlari, qarashlari, madaniyati, odatlari, an’analari va shunga o’xshashlar bilan qiziqib qolishi mumkin. Psixolog ham o’z navbatida, muammolarini hal etish uchun odamlar psixologiyasiga tarixiy voqyelik sifatida nazar tashlagan holda tarixga murojaat qilishi mumkin. Psixologiya va tarix o’rtasidagi yanada chuqur ittifoq ma’lum soha vakilida xususiy vazifani hal etish uchun boshqa fandan olingan metod yoki usullardan foydalanish zaruriyati tug’ilganida yuzaga keladi. Masalan, tarixchi psixologik metodlarga murojaat qilib, u yoki bu davlat arbobining shaxsini yoki omma psixologiyasini ahamiyatga molik tarixiy hodisa (tarixda shaxs tutgan o’rin muammosi)ni tushutirib berish uchun o’rganishi mumkin. Psixolog ham o’z navbatida, avval yashab o’tgan odamlar avlodlarining psixologiyasi va hulq-atvorini chuqurroq tushunish uchun tarixiy tahlil metodidan foydalanishi mumkin. Umumiy ilmiy nazariyani yaratishda tarix va psixologiyaning yanada chuqur aloqasiga tegishli misollarni keltirish mumkin. Ulardan biri L.S. Vigotskiy tomonidan ishlab chiqilgan inson yuqori psixik funktsiyalarining madaniy-tarixiy rivojlanishi nazariyasi hisoblanadi. Yana bir shunga o’xshash barchaga ma’lum misollardan biri psixologiyada tarixiy metodning qo’llanilishidir. Uning mohiyati biror psixologik hodisaning tabiati, kelib chiqishi va qonunlarini tushunish uchun uning filo- va ontogenetik taraqqiyotini yuksak darajada rivojlangan shakllarining tahlili bilan cheklanmagan holda oddiy va murakkab shakllarini ham tekshirib chiqishdan iborat. Masalan, odamning nutqiy ongini tushunish uchun ong va nutqning manbalarini, ularning alohida mavjudligi, birlashishi va hamkorlikdagi rivojlanishi bosqichlarini aniqlash zarur bosqichlarini. Psixologik sifatlar va ijtimoiy harakatlarga ega bo’lgan zamonaviy odamning insoniyat tarixiy rivojlanishi mahsuli ekanligi psixologiya va tarixning yaqinlashuvi asosida muhim ma’no kasb etadi. Psixologiyaning tarix bilan bo’lgan aloqasidan ko’ra, uning falsafa bilan aloqasi yanada uzviydir. Bu fanlar bir vaqtning o’zida yuzaga keldi va rivojlandi, bunda psixologiya bir necha asrlar davomida falsafaning bir qismi sifatida namoyon bo’ldi. Psixologlarda falsafaga murojaat qilish zaruriyati o’zlari duch kelgan muammolarning murakkabligi va noodatiyligidan kelib chiqdi. Psixologiyaning ko’pchilik masalalarini tajriba tahlili va tabiiy-ilmiy metodlar yordamida hal etishga qiyinchilik bilan erishiladi. Ko’p hollarda ular falsafiy-idrok orqali ko’rish bilan hal etiladi. Hayotning shaxsiy mazmuni va maqsadi, dunyoqarash, siyosiy ishtiyoq va ahloqiy qadriyatlar kabi zamonaviy inson psixologiyasining ko’pchilik muammolari ijtimoiy psixologiya uchun ham, falsafa uchun ham umumiy muammolar bo’lib hisoblanadi. Psixologiyaning o’zida shu vaqtgacha laboratoriya-tajriba usuli bilan hal etib bo’lmaydigan, lekin hal etilishi zarur bo’lgan masalalar ko’pchilikni tashkil etadi. Bunday muamolar bilan to’qnashganda psixologlar falsafaga murojaat qilib, o’zlari mustaqil holda xulosa chiqarishga yoki faylasuflar taklif etgan xulosalardan foydalanishga majbur bo’ladilar. Xuddi shunday, an’anaviy falsafiy-psixologik muammolar qatoriga inson ongining mohiyati va kelib chiqishi, inson tafakkurining yuqori shakllarining tabiati, jamiyatning shaxsga va shaxsning jamiyatga ta’siri (dunyoqarash nuqtai nazaridan), psixologiyaning metodologik muammolarini kiritish mumkin. Yaqin yillardan beri fanda faylasuflarning ishtirokisiz psixologlarning mustaqil o’zlari hal eta olmaydigan mas’uliyatlilik, vijdon, hayot mazmuni, ma’naviyat kabi insonning murakkab falsafiy-psixologik muammolari ko’proq muhokama etila boshladi. Faylasuflarning o’zlari ham bu muammolarni psixologlar bilan hamkorlik qilmasdan, psixologiya fanida yetarli darajada o’rganilgan tirik shaxsni hisobga olmasdan turib, chuqur tushunib yetishlari mumkin emas. Yana shunday muammolar mavjudki, ularni hal etishda psixologlar va faylasuflarning hamkorligi samaradorliroq bo’lib, sezilarli darajada aniq natijalar berdi. Bu, avvalo, epistemologiya – atrof-olamning inson tomonidan o’rganilishi haqidagi va bunday bilish metodlarini umumiy ko’rinishini belgilovchi fan muammolaridir. Mashhur shveytsariyalik psixolog Jan Piaje tashabbusi bilan tashkil etilgan Xalqaro epistemologik markaz (Shveysariya, Jeneva sh.)da olib borilgan ko’p yillik tadqiqotlar inson intellekti tabiati va bolalarda uning rivojlanishi haqida ko’plab ma’lumotlar olishga imkon yaratdi. Bu markazda ushbu muammo ustida faylasuflar, mantiqshunoslar va psixologlar samarali ish olib bormoqdalar. Sosiologiya va psixologiya jamiyat va shaxs, ijtimoiy guruhlar va guruhlararo munosabatlar bilan bog’liq muammolarni ishlab chiqishda ko’pchilik umumiy qiziqishlarga ega bo’ladilar. Sotsiologiya ijtimoiy psixologiyadan shaxs va insonlararo munosabatlarni o’rganish metodlarini o’zlashtiradi. O’z navbatida, psixologlar birlamchi ilmiy ma’lumotlarni to’plashning an’anaviy ijtimoiy usullari: anketa to’ldirish va so’rovnomadan keng foydalanadilar. Asosan sotsiologlar tomonidan ishlab chiqilgan ijtimoiy ta’lim berish kontseptsiyasi ijtimoiy va yosh psixologiyasida ham qabul qilingan. Bunga qarama-qarshi psixologlar tomonidan taklif etilgan shaxs va kichik guruhlar nazariyalari ijtimoiy tadqiqotlarda o’z aksini topmoqda. Sosiologlar va psixologlar birgalikda ish olib borishi muhim bo’lgan va bu ikki fan vakillarining ishtirokisiz hal etilmaydigan ko’pgina muammolar mavjud. Bu muammolar qatoriga odamlar o’rtasidagi munosabatlar, milliy psixologiya, iqtisodiy, huquqiy, davlatlararo munosabatlar psixologiyasi va boshqalar kiradi. Shuningdek, bu qatorga ijtimoiylashtirish va ijtimoiy ko’rsatmalar, ularni shakllantirish va tubdan o’zgartirish muammolarini ham kiritish mumkin. Ijtimoiylashtirish mexanizmlari, ya’ni, insonning madaniyat bilan qo’shilib, boshqa odamlar tomonidan to’plangan tajribadan bahramand bo’lish usullari alohida e’tiborga loyiq. O’zida zarur tajribani jamlagan insonni ijtimoiylashtirishning asosiy manbalari sifatida ijtimoiy uyushmalar (partiyalar, sinflar va boshqalar), oila, maktab, ta’lim tizimi, adabiyot va san’at, matbuot, radio, teledasturlar katta ahamiyatga ega. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling