Psixologik trening asoslari fanidan


Muloqot va muloqotchanlik haqida tushuncha


Download 1.31 Mb.
bet13/100
Sana10.12.2021
Hajmi1.31 Mb.
#179676
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   100
Bog'liq
2019 maxsus sirtqi treningg мажмуа

Muloqot va muloqotchanlik haqida tushuncha.
Psixologiya fanida muomala kategoriyasi keng ma'noda tushunilganda hamkorlik faoliyatining ichki aloqasini mujassamlashtirib, o`zaro ta'sir va o`zaro munosabtni aks ettirib, ijtimoiy protsessual holatini ifodalaydi. Muomalaning eng muhim tarkibi muloqot sanalib, motivatsiyada motiv qanday ahamiyat kasb etsa, u ham xuddi shunday muhim ro’l o`ynaydi.

Muloqot- kishilar o`rtasidagi o`zaro aloqa o`rnatilishi, rivojlanishi, o`zaro ta'sir etishi jarayoni bo`lib, bu jarayon ularning o`zaro hamkorlik qilishga nisbatan ma'naviy ehtiyojlari, anglashilgan motivlari asosida vujudga keladi va quyidagilarni o`z ichiga oladi o`zaro tushunish, anglash:o`zaro bir-birini idrok qilish:o`zaro axborot almashish:o`zaro harakat qilishning yagona uslubini ishlab chiqish.

Muloqot - odamlar amalga oshiradigan faoliyatlar ichida yetakchi o`rinni egallab, u insondagi eng muhim ehtiyojni — jamiyatda yashash va o`zini shaxs deb hisoblash bilan bogliq ehtiyojini qondiradi.

Muloqotning vazifalari

1. Suhbatdoshlarning o’zaro bir - birini tushunishlarini ta'minlash;

2. Ijtimoiy tajribaga asos solish (mauglilar);

3. Odamni u yoki bu faoliyatga hozirlash, ruhlantirish



Muloqot bosqichlari

. Odamning o`z- o`zi bilan muloqoti;

2. Boshqalar bilan muloqot;

3. Avlodlar o`rtasidagi muloqot.
Muloqot k o`rinishlari

1. Rasmiy



2. Norasmiy

3. Shaxsiy;

4. Ijtimoiy yo’naltirilgan;

5.Guruxdagi predmetga yo’naltirilgan



Muloqot turi va shakllari

1. Bevosita «yuzma - yuz» bo`lishi;

2. U yoki bu texnik vositalar (telefon, telegraf va shunga o`xshash) orqali; professional faoliyatda amaliy yoki do`stona bo`lishi;

3. Sub'ekt - sub'ekt tipli (dialogik, sheriklik) yoki sub'ekt - ob'ektli (monologik) bo`lishi mumkin.


Muloqotning verbal, noverbal turlari.

Odamlar muloqot jarayonida so`zlardan tashhari, ya'ni verbal vositalardan tashhari turli xil harakatlardan, qiliqlardan qolatlardan, kulgu, ohanglar va boshqalardan ham foydalanadilar. qiliqlar, mimika,ohanglar, to`xtashlar (pauza), hissiy qolatlar, kulgu, yig’i, ko`z qarashlar, yuz ifodalari va boshqalar o`zaro muloqotning nutqsiz vositalari bo`lib, ular muloqot jarayonini yanada kuchaytirib, uni to`ldiradi, ba'zan esa nutqli muloqotning o`rnini bosadi, bunday vositalarni noverbal vositalar deyiladi.

Buyuk rus yozuvchisi L. Tolstoy odamlarda 97 xil kulgu turi hamda 85 xil ko`z qarashlari turi borligini kuzatgan. G. M. Andreevaning yozishicha, odam yuz ifodalari, nigohlarning 2000 ga yaqin ko`rinishlari bor. Ayniqsa, birinchi bor uchrashganda ko`zlar to`qnashuvi, nigohlarning roli keyingi muloqotning taqdiriga kuchli ta'sir ko`rsatishi maxsus tadqiqotlar jarayonida o`rganilgan. Bularning barchasi muloqotning hissiy tomondan boy, mazmundor bo`lishini ta'minlab, odamlarning bir-birlarini tushunishlariga yordam beradi. Muloqotning noverbal vositalarining milliy hamda xududiy xususiyatlari borligini ham aloqida ta'kidlab o`tmoq lozim. Masalan, o`zbek xalqining muloqot jarayoni boy, o`zaro munosabatlarining bevosita harakteri unda shunday vositalarning ko`proq ishlatilishi bilan boqliq. Bolalarning o`z yig’isi bilan onasiga o`z his-kechinmalari hamda xohishlarini bildirishlari ham bolalarning yosh xususiyatlariga boqliq. Boshqa millatlar madaniyatiga nazar tashlanadigan bo`lsa, ularda ham ba'zi bir muloqot vositalarining turli millatlarda turli maqsadlarda ishlatilishining guvohi bo`lish mumkin. Bolgarlar agar biron narsa bo`yicha fikrni tasdiqlamoqchi bo`lishsa, boshlarini u yoq bu yoqqa chayqashar, inkor qilishmoqchi bo`lsa, aksincha, bosh siltashar ekan. Ma'lumki, o`zbeklar, ruslar va bir qator boshqa millatlarda buning aksi.

Noverbal muloqotda suqbatdoshlarning fazoviy joylashuvlari ham katta hamiyatga ega. Masalan, ayollar ko`proq hissiyotlarga boy bo`lganliklari sababli, suhbatlashayotganlarida bir-birlariga yaqin turib gaplashadilar, erkaklar o`rtasida esa doimo fazoviy masofa bo`ladi. Olimlarning aniqlashlaricha, bolalarni odatdagidek

Orqama-ketin o`tqazib o`qitgandan ko`ra, ularni yuzma-yuz o`tkazib davra qurib o`qitgan ma'qul emish, chunki bunday sharoitda o`quvchilarda ham javobgarlik hissi yuqoriroq bo’lar ekan hamda emotsiyalar almashinishgani uchun ham guruxdagi psixologik vaziyat ijobiy bo`lib, bolalarning predmetga va bir-birlariga munosabatlari ancha yaxshi bo`lar ekan.

Demak, ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda muloqotning barcha vositalariga, ayniqsa, nutqqa e'tibor berish kerak. Bolalarni ilk yoshlik choqlaridanoq nutq madaniyatiga o`rgatish, nutqlarini o’stirish choralarini ko’rish zarur. Psixolog esa shunday nutq madaniyatiga ega bo’lishi kerakki, u avvalo uning faoliyatini to’g’ri tashkil etishni ta'minlasin, qolaversa, bolalarda nutqning o’sishiga imkoniyat bersin.

Psixologik muomala- shaxsga ta'lim va tarbiya berish maqsadida amalga oshiriladigan muomala jarayoni va o`zaro ta'sir o`tkazish usullari tizimidan iboratdir.

Psixologik muloqot deganda o`quvchi talabalar va o`qituvchi jamoasining o`zaro ta'sir malakasi, usuli va tizimi anglashinib uning mohiyati o`zaro axborot almashish, ta'limiy, tarbiyaviy ta'sir o`tkazish, o`zaro tushunuvga erishish.

Psixologik muloqotning maqsadi

o`quvchilar va talabalar bilan o`zaro samarali ijtimoiy psixologik hamkorlik qilishga erishish: Psixologning o`quvchilar va talabalar bilan o`zaro shaxsiy munosabatlarini shakllantirish: Psixolog va o`quvchilarning talabalarning bir-birlarini yanada chuqurroq anglashlariga yordam berish: ularga muayyan axborotlarni qabul qilish va ta'sir o`tkazish usullarni shakllantirish.

O`quvchi yoki talabaning motivatsion, emotsional, irodaviy, kognitiv va regulyativ hatti-harakati muomala ishtirokchisi muloqotdosh tomonidan ma'qullansa o`zaro aloqa o`z-o`zidan barbod bo`ladi, chunki, mazkur jarayon ijtimoiy hukm surib turgan qonun va qoidalarga tubdan ziddir. Xuddi shu boisdan ijtimoiy pedogogik ta'sir o`tkazishning bir vositasi sifatida bunday xulq-odob ma'qullanmaydi, muomala ishtirokchi fikr almashish imkonidan maxrum qilinadi.

Muloqot jarayonida o`quvchi yoki talaba xulqi ijtimoiy qonun-qoidalar maromiga zid kelsa, u holda uning ishtirokchilari ijtimoiy nazoratchi vazifasini bajarib, muloqotdosh hatti-harakati qoralanadi, e'tiroz, tanbeh, eslatish kabi vositalar bilan ta'sir o`tkazish bilan cheklanadi.

Suhbatdoshning fikrlashi, faxm-farosati, odobi va ahloqi ijtimoiy pedogogik milliy qadriyatlar, umumbashariy mezonlarga favqulotdagi holat, vaziyat, kontrast, ya'ni mutlaqo qarama-qarshi bo`lsa, u holda ijtimoiy pedogogik nazorat vazifasini bajaruvchi muomala qatnashchilari muayyan ta'sirchan vosita qo`llab, uni jazolaydilar. Jazolangan muomala qatnashchisiga shaxsiy hatti-harakati, muloqot maromi, uslubi ijtimoiy qabul qilingan mezonlarga zid ekanligi, milliy qadriyat, ma'naviyat va ruhiyat me'yoriga mos emasligi qattiq ogohlantiriladi, muayyan odatlarga rioya qilish zarurati qat'iy ravishda uqtiriladi.

Muomala kezida odob, odoblilik muhim ahamiyatga ega bo`lib uning muvaffaqiyatli kechishini ta'minlaydi, uning asosiy vazifalari axborot almashuv, o`zaro ta'sir, o`zaro idrok qilish to`g`ri amalga oshishni idora qilib turadi. Har qaysi fikr bildirganda muloqotdoshga muloqotdosh qanday qabul qilayotganligi fahmlab turish, tashqi ko`rinishlari o`zgarishiga e'tibor berish, uzr so`rash, tavoze bilan murojaat qilish evaziga muomala odobi ushlab turiladi. Muomala jarayonida ba'zi bir hatti-harakat o`ylanmay bildirilgan fikr, ortiqcha imo-ishora odobsizlikni keltirib chiharadi. Odobsizlik esa nizoli vaziyat harama-harshilik, ziddiyatli holatni keltirib chiharadi. Buning natijasida muomala fikr almashuv o`zining vazifasini nizoli, xatto affektiv vaziyatga bo`shatib beradi.

Psixologik muloqotni psixologik aloqa o`rnatish alohida ahamiyatga ega, chunki, o`quvchi talaba bilan shaxslararo munosabat ikkita muhim omil, ya'ni o`zaro ishonch negiziga quriladi. Bunda o`qituvchi o`quvchi talaba ning huquqi, majburiyati statusi , uning maktabda, jamoat joylarda, oilada bajaradigan ro’li nimadan iborat ekanligini diqqat markazidan chetga chiqarmasligi lozim.

O`qituvchi o`quvchi talaba larga ta'sir o`tkazish samarasi uning printsipialligi va talabchanligida o`z aksini topadi. Bundan tashhari u o`ziga ham o`ta talabchan bo`lmog`i, shaxsiy namunasi bilan tabiiy ravishda nufuz, obro`, e'tibor qozonmog`i joiz.

Muloqot jarayonida va hamkorlik faoliyatida o`qituvchining o`quvchi talabalarga ta'sir o`tkazishi natijasida ular :

-o`z-o`zini va o`zgalarni hurmat qilish,

-o`z-o`zini va boshqalar faoliyati, xulqini baho lash,

-o`z-o`zini va o`zgalarni nazorat qilish,

-o`z-o`zini anglash va boshqalarni tushunish,

-o`z-o`zini boshqarish ham bilish va faoliyatida, ham xulq-atvorida .

-o`z-o`zini takomillashtirish va yangi fazilatlarni egallash,

-voqelik mahsulini oldindan bashorat qilish shakllanadi.

Do`stona muomala o`quvchi talaba bilan o`qituvchi o`rtasida bilimlarini puxta o`zlashtirishni ta'minlaydi va mukammal shaxsiy fazilatlarni tarkib toptirishga xizmat qiladi.

Muoamala madaniyati, muloqot maromi, Psixologik odobga o`rganish treningi mavjud bo`lib, ularga hamkorlik faoliyati qatnashchilarini o`rgatish mumkin.



Treninglar o`z ichiga odatda quyidagilarni hamrab oladi:

1. yurish-turish, javob berish, o`zgalarga e'tibor qilish mashqlari.

2. muomala qilish usuli, ko`nikmasi, malakasi va odati yuzasidan mashqlar.

3. muomalaning umumiy qonuniyatlarini o`rganish, ya'ni Psixologik muomala tizimini o`rganish mashqlari.

4. Psixologik kommunikatsiya texnologiyasi va instruktsiyasiga oid treninglar.
ENDI AYRIM TRENINGLARNING MOHIYATINI QISQACHA SHARXLAB O`TAMIZ:

1. Muomalaning umumiy qonuniyatlariga oid treninglar:

- Psixologik odob mohiyati va unga rioya qilish yo`llariga taalluqli treninglar milliylik, ma'naviyat, stereotiplar, identifikatsiya, refleksiya bo`yicha.

-muayyan rollar, psixodrammalar, orqali vaziyatning psixologik manzarasini yaratish yo`llari.

-ishbilarmonlik o`yinlar, favqulotdagi holatlarda o`zini-o`zi boshqarishga oid mashqlar.

2. Psixologik kommunikatsiya texnologiyasi va instruktsiyasini egallashga oid treninglar:

-muomala ko`nikmasini o`zlashtirish bo`yicha qaddi-qomat tutish, nutq faoliyati, o`zgalarni tushunish va anglash.

-mimika va pantomimika mashqlari.

-audiotrening magnit tasmasi yozuviga asoslanib o`z nuqsonlari bo`yicha korrektsion ishlar o`tkazish .

-videomagnitafon orqali faktik materiallar bo`yicha tuzatish mashqlarini bajarish.

-ko`zgu yordamida xatti-harakat, yurish-turish ko`nikmalarini egallash va shaxsiy nuqsonlarini bartaraf etish, yo`qotish.

-motivatsion, emotsional, regulyativ, kognitiv jabxalarining namoyon bo`lishiga harab muomala texnologiyasi va instruktsiyasini maqsadga muvofiq ravishda o`zgartirish.

-Psixologik vaziyatga, holatga oid stsenariylar negizida tuzatish ishlarini olib borish va yangi fazilatlarni shakllantirish mashqlarini o`tkazish kabilar.

Shu narsani alohida ta'kidlab o`tish joizki, inson shaxsini shakllantirishda o`quv, mexnat faoliyati, xulq-atvor malakalari qanday yuksak ahamiyat kasb etgan bo`lsa, muomala jarayoni ham xuddi shunday mas'uliyatli vazifa bajaradi.

Ta'limning mohiyati o`quvchilardagi (talabalardagi) bilish faoliyatini bevosita boshqarish ekanligini hisobga oladigan bo`lsak, Psixologik muomala bilan muomalaviy boshqarishning ko`pgina vazifalari o`zaro o`hshashligiga ishonch hosil qilamiz. Shuning uchun ham muomalaviy boshqarish jarayoniga berilgan tavsiyanomalar Psixologik muomala jarayoniga ham xosdir. Muomalaning eng muhim xususiyatlari o`zaro anglash va o`zaro idrok qilish, o`zaro ta'sir o`tkazishdir.

O`zaro anglash quyidagi lahzalarga bog`liqdir-milliy tilning birligi;

kasb bilan bog`liq bo`lgan tilning birligi;ma'lumotning to`laligi, uning mantiqiy bayon qilinishi;suhbatdoshning aqliy darajasi, madaniyati va kasbiy tayyorgarligini hisobga olish;diqqatini to`play olish; ko`rilayotgan masalani hal qilishda suhbatdoshlarning shaxsiy qiziqishida umumiylik.

O`zaro idrok qilish esa quyidagi holatlarga bog`liq:suhbatdoshning avtoriteti, nufuzi, obro`si kasbi bilan bog`liq bo`lgan bilimi, amaliy ko`nikmasi o`zaro shaxsiy munosabatning holati, uning qanchalik his-hayojonga boyligi: rahbar o`z suhbatdoshida qanchalik ko`p ijobiy hissiy holat, kechinma uyg`ota olsa, ularning o`zaro bir-birlarini anglash va idrok qilish shunchalik tez amalga oshadi.



O`zaro shaxsiy munosabatda hissiy holatning namoyon bo`lish darajasiga harab, insonlarda: empatiya, simpatiya, do`stlik yoqtirib qolish, ya'ni ijobiy hissiy holatlarda: befarqlik, nafrat, yoqtirmaslik, ya'ni salbiy hissiy holatlarda: ko`rish mumkin. Shuning uchun ham muamolaviy boshharuv jarayonidagi eng muhim qoida: har qanday yo`l va usul bilan ham suhbat jarayonida ijobiy hissiy holatni vujudga keltirishdir. Bu hol qanchalik kuchli namoyon bo`lsa, demak muomalaviy boshharuv shunchalik oson kechadi.


Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling