Psixologik trening asoslari fanidan


Download 1.31 Mb.
bet10/100
Sana10.12.2021
Hajmi1.31 Mb.
#179676
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   100
Bog'liq
2019 maxsus sirtqi treningg мажмуа

Tayanch so’z va iboralar: Trening, trener, boshlovchi, mutaxassis, o’zgalar psixologiyasi, shaxsiy fazilatlar, empatiya, egiluvchan aql, o’ziga ishonch, e’tiqod, qaror qabul qilish, kommunikativ qobiliyat.
Ijtimoiy psixologik trening insonlar o’rtasidagi sog‘lom munosabatlarning bo’lishiga erishishni maqsad qilib qo’yar ekan, uni o’tkazuvchi, uyushtiruvchi shaxs va uning o’z ishini mukammal bilishi faoliyat samarasini ta’minlovchi asosiy omillardan biridir. Trening o’tkazuvchiga qo’yiladigan asosiy shartlardan va talab-lardan biri shuki, u muloqot jaraYonining barcha qirralarini professional darajada mukammal egallagan bo’lishi kerak. U ham bo’lsa - nazariy bilimlarni bevo-sita amaliYotda, trening jaraYonida qo’llay olishidir. Ularni odatda trenerlar, instruktorlar, boshlovchilar, deb atashadi. Demak, treninglar uyushtiruvchi muassasa Yoki tashkilotda eng avvalo e’tibor berilishi zarur bo’lgan narsa ham shuki, u erda ijtimoiy psixologik tre-ningni olib boruvchilarni o’qitish, tayYorlash, ulardan mutaxassis etishtirishdir.

Trener shaxsiga qo’yiladigan talablar quyidagilar:

1) u avvalo o’zgalar shaxsiga xos bo’lgan psixologik xususiyatlarni juda yaxshi bilishi va bunda inglizlar aytganidek, "O’zgalar psixologiyasini bilish - ular ustidan xukmronlikning bir shaklidir", degan naqlni esdan chiqarmaslikdir; lekin bunda pedago-gik altruizm, ya’ni o’zgalar manfaatini o’zinikidan ustun qo’yish xislati mavjud bo’lishi kerak;

2) o’zining shaxsiy fazilatlari va psixologiyasini mukammal bili-shi va uni boshqara olish qobiliyatiga ega bo’lishi zarur;

3) har qanday chigal eki ziddiyatli vaziyatlardan chiqib ketishgina emas, balki uning oldini ola bilish, vaziyat to’g‘ri kelganda esa uni bartaraf etib, ishtirokchilarga to’g‘ri maslahat bera olnsh; 65

4) empatiya, ya’ni o’zgalar ho latlarini chuqur xis qila olish qobiliyatining mavjudligi;

5) o’zgaruvchan, moslanuvchan aql sohibi bo’lish, kutilmagan holatlarga o’zini oldindan tayYorlash, o’zini Yo’qot-glaslik;

6) o’z xatti-harakatlarini doimo ma’lum marom-da ushlash va kerak bo’lsa o’zidagi motorikani rivojlan-tira olish;

7) o’zgalar nutqi, reaksiyalarini aniq tushu-nish va tinglash, mimika va harakatlar mohiyatini to’g‘ri talqin etish va tushunish;

8) tinglovchilar va o’yin ishtirokchilarining ehtiYojlari va qiziqishlariga qarshi bor-maslik;

9) rejalashtirish qobiliyatining bo’lishi, bunda oldinda kutilaetgan jaraYonning barcha muhim va nomu-him jihatlarini oldindan taxminan bo’lsa ham, tasavvur qilib, aniq reja tuza olish;

10) o’ziga ishonch, e’tiqod-ning mavjudligi, real tafakkur va irodaning bo’lishi .



Boshlovchi trenerning asosiy vazifalari ham uning shaxsiga qo’yiladigan talablardan bevosita kelib chiqa-di. Ya’ni,u avvalo ta’lim dasturiga ega bo’lishi kerak. Dasturga mos ssenariylar tanlay bilishi, ularni kerak bo’lsa, har bir aniq holat va vaziyatga moslashtirishi, mashg‘ulotlarni tashkil qilishda ham ushbu holatlarga e’tibor qaratishi shart. Qatnashchilarning eshi, jinsi, kasbiy malakalari, madaniyati darajasi va extiYojlari-ga mos ravishda dastur va ssenariylarga o’z vaqtida tuza-tishlar' kiritish qobiliyatiga ega bo’lishi, mashg‘ulotlar shakli, vaqti, joyini ham yuqoridagi omillarga mos ra-vishda tanlashi ularning samaradorligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Imkoniyat boricha, tinglovchilarni mashgulotlar boshlanishidan avval mavzu bo’yicha Yozma matnlar bilan ta’minlashi va ma’ruzalarni iloji bo-richa, o’zi o’qib, amaliy mashg‘ulotlarga ham begonalarni jalb qilmagani ma’qul. CHunki bu erda "nimaga o’rgatish" va "qanday o’rgatish" degan savollarga javobgar shaxs bir kishi bo’lsa, harakatlarda uyg‘unlik bo’lishi mumkin. Ijtimoiy psixologik treningda boshlovchi roliga duch kelgan shaxslarni jalb etib bo’lmaydi. CHunki mashg‘ulotlarni o’tkazuvchi maxsus tanlovlarda ishtirok etgan bo’lishi va unda uning kommunikativ mahrrati, o’z-o’zini na-zorat qila olish qobiliyati, bosiqligi, hissiYotlarning muqobilligi, ularga ma’lum ma’noda turg‘unlik xos bo’lishi shart. Tanlovni umuman xolis ekspertlar o’tkazib, trenerlarni tayYorlash kurslari ham iisbatan uzoq muddatga mo’ljallangan mashg‘ulotlar tizimidan iborat bo’ladi. IPTda samarali muloqotga e(eishish uchun quyidagi omillar hisobga olinishi maqsadga muvofiq: a)maqsadning aniq bo’lishi, uning boshlovchi va ishtirokchilar tomonidan bir xil idrok qilinishi va tushunilishi. Demak, bu 66 o’rinda guruhiy va individual maqsadlar o’rtasidagi moslik va kelishuvning mavjudliligiga e’tibor qaratilishi shart; b) ikki tomonlama muloqotning mavjudligi, ya’ni fikr va hissiy kechinmalarning aniqligi, ochiqligi va rostgo’ylik tamoyillariga e’tibor berish; v)faol ishtirok va guruhdagi liderlikning a’zolar o’rtasida teng taqsimlanishiga erishish, ya’ni guruhda yaqqol ko’zga tashlangan lider Yoki doimo o’z hissiy kechinmalarini va irodasini boshqalarga o’gkazishga harakat qilaYotgan shaxsning bo’lmasligi; g) ta’sir ko’rsatish Yoki ruhiy tazyiqning ishtirokchilar bilimlari, qobiliyatlari va malakalariga asoslanishi, lekin bunda boshqalarning kamsitilishiga Yo’l qo’ymaslik; d) qaror qabul qilish va munozaralarni yakunlash bosqichlarida vaziyatga qarab, boshlovchining tashabbusni o’z qo’liga olish huquqidan foydalanish; e)bahs va tortishuvlarga doimo to’g‘ri, oqilona, odilona, konstruktiv tus bera olish, bu omil ishtirokchilar tashabbuslarini qo’llab-quvvatlaydi va ularda shakllanadigan sifatlarning mustahkamlanishiga zamin hozirlaydi; j)guruh faoliyatining samaradorligi masalasi ham o’sha guruh a’zolari tomonidan baholanishi o’yin Yoki munozarani yana davom ettirish Yoki to’xtatish masalasiga oydinlik kiritadi, aks holda boshlovchi bu mas’uliyatni o’z bo’yniga olsa, unda guruh o’z faoliyatidan qoniqmay qolishi mumkin. z) T-guruh a’zolarining maksimal tarzda o’zini ko’rsatish, hattoki, o’zidagi yashirish emotsiyalarni va yangi liklarni ro’y-rost namoYon etishga undash lozimki, toki u har qanday sharoitda ham o’z individualligini ko’rsatish qobiliyatiga ega bo’lsin. SHunday qilib, ijtimoiy psixologik treningning sa-maradorligi bir tomondan, ishtirokchilarning faol qatnashishlari va o’zlarini erkin his qilishlariga bog‘liq bo’lsa, ikkinchi tomondan, 6u narsa, boshlovchi -trener shaxsining xususiyatlariga bevosita bog‘liqdir. SHuning uchun ham trener Yosh bo’lsa va unda ijtimoiy psi-xologik trening o’tkazish tajribasi etishmasa, u o’ziga xos va mos auditoriyani topib ishlashi, birdaniga katta-lar guruhida, noma’lum kishilar bilan ishlashdan o’zi-ning tiyishi kerak. CHunki agar u o’z amaliy faoliyati boshidaYoq mag‘lubiyatga uchrasa, keyinchalik u hech qachon trening mashg‘ulotlari o’tkaza olmasligi mumkin. Bu unda shaxsiy tushkunlikni keltirib chiqarib, o’zi Yordamga muhtoj bo’lib qoladi. Boshlovchi ham o’z faoliyatining amalga oshirishida yuqoryda ta’kidlanganidek, IPTning turli shakllaridan o’ziga ma’qulroq turidan boshlashi mumkin. Masalan, o’zidan Yosh bo’lgan bolalar guruhida turlicha oson o’yinlar tashkil qilish, savol-javob guruhlarini uyushtirish, dumaloq stol atrofida turli haYotiy kazuslarni muhokama qilishga o’rgatishi mumkin. CHunki, psixodramatik o’yinlar, ayniqsa, sotsiodramalar shaxsdan yuksak kasbiy sifatlarni, insonlar bilan ish-lash tajribasini talab qiladi. Boshlovchidan talab qi-linadigan psixologik profeesionalizmning asl mohiyati shundaki, u odamlar ko’ziga va xatti-harakatiga qarab, ularning niyat-istaklarini, treningda ishtirok etish qo-biliyatini taxminan oldindan chamalay olishi va o’yin davomida mohirlik bilan ular harakatini zimdan bosh-qarish qobiliyatiga ega bo’lishi shart. SHuning uchun maxsus ijtimoiy psixologiya kurslarida tahsil olmagan, professional tayYorgarlikka ega bo’lmagan shaxslar trening-ni boshqara olmaydilar. Bundan tashqari, boshqaruvchi shaxslardan fidoyilik, o’z manfaatini o’zgalarnikidan pastroq qo’yish, sabr-chidam, tezkorlik, fahm-farosat sifatlari talab qilinadi. Bu sifatlar, ma’lumki, nafaqat nazariy tayYorgarlik asosida, balki ko’proq haYotiy muloqot va ijtimoiy faoliyatning murakkab turlarida faol ishtirok etish natijasidagina qo’lga kiritiladi. Ma’lumki, yangilik doimo ayrim qiyinchiliklar va kishilar ongidagi to’siqlardan o’tib, haYotda o’z aksini topadi. Ijtimoiy psixologik treningning shaxs tarbiya-si, uning ijtimoiy vaziyatlarga to’g‘ri moslashishi, mu-loqot madaniyati va texnikasining hosil bo’lishidagi ahamiyati cheksiz. Lekin bunga o’xshash texnologiyalar insoniy munosabatlar sohasida yangi bo’lib, ularni keng amaliYotga joriy etishda xalqning psixologiyasi, uning ming yillar mobaynida shakllanib, xalq ongi va xotira-sida saqlanib, mustahkam o’rnashib ketgan an’analar, rasm-rusumlar va odatlar qatorida o’z o’rnini topishiga aloqador mahalliy hamma milliy o’ziga xoslikni hisobga olish zarur

. Psixodrama - 20-yillarda Moreno tomonidan ishlab chikilgan metod bo’lib, u guruxiy psixoterapiyaning shakllanishiga asosiy turtki bo’lib xizmat kilgan. Bu metoda mijozning ruxiy olamini urganish uchun psixodramada guruxiy dramatik improvizatsiya kullaniladi. Psixodramada mijoz o’z dolzarb muammosini gurux bilan o’ynab ko’rishi mumkin. Masalan, mijozning muammosi otasi bilan gaplashish bo’lishi mumkin. Terapevt rejisser sifatida rollarni bo’lib beradi. SHaroitga qarab odamlar predmetlar rolida stol, stul, lampa va boshqalar ota rolida chikishi mumkin. Ota rolini uynovchi mijozga otasining xususiyatlari aytiladi va u vaziyatni uynab kuradi., keyin boshka vaziyatni ko’zatib turgan gurux a’zolari o’z variantlarini kursatishadi. yoki bo’lib utgan vokeaning mijozda kuchli xis uygotgan tomonini uynab kursatishadi. SHunisi kizikarliki, bu xodisa uynalaYotganda mijozda usha xis boshdan kechirilishi, xatto u xushidan ketib kolishi mumkin. Psixodramaning maksadi xam, Moreno fikricha, mijozda kuchli tuygu va xislar kchishini uygotish orkali tajribani yanada takomillashtirishdir. Psixodramada roli uyin uslubi kullaniladi. Bunda uyin spontan va ijodiy kechadi. Bu narsalar o’z ichiga adekvat javob berishni va yangilikni oladi. «Tele psixodrama» proeksiya sifatida qo’llanuvchi tushunchadir, ya’ni rollar uynalishi davomida olamga boshqa odam Ko’zi bilan qarash goyasi yotadi. Katarsis - kuchli xisni boshdan kechshunishirish bo’lib, uning natijasida insayt yuli Bilan muammoni yangicha tushunish kelib chikadi. Kupincha «Monolog» va ikkinchi «Men» metodlari ishlatiladi. Rollar almashtirib boriladi va oxirida fikr almashish orkali yangi bilim va yangi xulk- atvor egallanadi.



Guruxiy psixoterapiya termini YAkob Moreno tomonidan psixologiya faniga olib kirilgan. Guruxiy yunalishda, yukorida kurilgan terapevtik yunalishlarning aksariyatidan foydalaniladi. Guruxiy yunalish fakat ruxiy kasallar Bilan emas, balki soglom, o’zini shaxsan rivojlantirishga va anglashga, muammosini echishga intiladigan odam Bilan ishlashga xam karatilgan. Guruxiy yunalishning ustun tomoni shuki, unda terapevt emas balki gurux a’zolari muammoni echishga Yordamlashadi, ya’ni boshqalar muammosini xal kili shorkali o’z ruxiy olamini boyitishadi. Bizda guruxy yunalish sotsial psixologik trening deb nomlanadi. Toshkentda trening guruxlari Bilan ishlash asta-sekinlik Bilan rivojlanmokda, birok bu xali etarli darajada emas. CHet ellarda guruxiy trening ishlari yaxshi yulga kuyilgan, shulardan ayrimlariga tuxtalib utamiz. Guruxiy trening odamning boshqalar xakidagi tasavvurini o’zgartirib, YAngi xarakat shakllarini, ya’ni jamiyatning kichik modelini guruxda urganish metodidir. Guruxiy psixoterapiyada asosiy narsa guruxda labilizatsiya, ya’ni doimiy urganilgan xarakatlardan kuchli xislar natijasida voz kechish va yangi xatti-xarakat shakllarini kabul kilishi, boshqacha kilib aytganda, olamni tor kobikdan chikib idrok kilishdir. Transaksion analiz nazariyasi. Bu nazariya E.Bern tomonidan ishlab chikilgan. U asosan ijtimoiy muammolar va munosabatlarni ijobiylashtirishga karatilgan. E.Bernning fikricha, odam xYotida uch xil pozitsiyadan iborat rolni uynaydi: «ota-ona», kata odam va Yosh bola. Odam xaYotida shu pozitsiyalardan biriga asoslanib faoliyat kursatishga urgangan. Vaziyatga karab bu pozitsiyaar o’zgarib boradi. Ya’ni bolada Yoshligidan katta odam xakidagi tasavvuri asosida «katta odam» pozitsiyasi, ota-onaning tasirida esa «ota-ona» pozitsiyasi vujudga keladi. Bolaligidan tuplangan tajriba bolaning shaxsiy pozitsiyasini vujudga keltiradi va bu narsa uning munosabatlarida namoYon bulishi mumkin. Masalan: bir odam boshqa odamga ota-ona pozitsiyasidan turib maslaxat kilsa, boshqasi esa bola pozitsiyasidan turib javob kilishi Yoki karama-karshilik mavjud bulsa, u xolda boshqa pozitsiyalarning biridanjavob berishi extimol. Karama-karshilik, ya’ni transaksiyalarning karama-karshi kelishi konflikt (nizo)larning oldini olish rollarni ijro etmasdan turib, yashash uchun o’zidagi «katta odam» pozitsiyasini anglab etganidagina rivojlantirishi mumkin. Bu metod odamning munosabatlarini anglashga Yordam beradi.

Geshtalt terapiya metodi. Geshtalt terapiya metodi Frederik Peres tomonidan asoslangan bo’lib, Ushbu metod geshtaltpsixologiyaning «shakl-fon» nazariyasi zamirida ishlab chikilgan, ya’ni biror ob’ekt shakl bulsa, boshqa ob’ektlar shu shaklni anglashga Yordam beruvchi fon sifatida xizmat kiladi. Geshtaltterapiyada birorta anglanilgan shakl bulsa, boshqa xislar anglanilmay koladi, degan tamoyilga tayaniladi. Geshtalt «yaxlitlik» degan ma’noni anglatib, fonda vujudga keluvchi shakl bulishi mumkin. Odam ruxiy muammolarining kelib chikishida anglanmay kolgan to’zilmani geshtalt sifatida xizmat kilishi mumkin. Bu muammoni echish uchun geshtalt vujudga kelishi, mijoz esa o’zini anglab etishi shart. Buning uchun terapevt «shu erda va xozir» tamoyilini kullaydi. Masalan; verbalizatsiya orkali «shu erda va xozir anglayapman» deb boshlanuvchi so’zlar bilan murojaat kiladi. Keyin bu xolatlarning yaxshi Yoki Yomonligi, kulay Yoki nokulayligi anglanadi. Geshtaltterapevt mijozga o’zini anglashiga Yordam berish uchun uning xatti-xarakatlariga dikkatini karatishi, ya’ni xatti-xarakatni anglash orkali xisni anglashga, xisni anglash orkali esa geshtalt to’zilishiga, muammo echilishiga Yordam berishi mumkin. Mijozdagi ximoyalanish mexanizmlarini uning o’ziga anglatish xam geshtaltterapiyaning yulidir, ya’ni odam tashki olam yunaltirgan extiYoj energiyasining ijtimoiy karama-karshilik natijasida o’ziga kaytarilishidir.Bu narsa retrofleksiya deb atalib, u «o’ziga kaytarish» ma’nosini anglatadi. Bu energiya keyinchalik shu yunalishdagi boshqa extiYojlar vujudga kelishiga tusik bulishi mumkin. Masalan, birovni urishga extiYoj tugilishi natijasida odam kulida ogrik paydo bulishi va buning sababini anglash ogrik zarbini yukotishi mumkin. Keyinchalik Peres odam o’zini o’zi kiynashini, «bu narsani kilaman va buni kilmayman» degan muloxazasini «yukori va pastki» deb nomlagan. Intreksiya. Intreksiya odamning tashki olamdagi narsalarni birovlar obruyiga asoslanib kabul kilib olishi xisoblanadi. «intrekt singmay kolgan, chaynalmagan ovkatga uxshaydi», deb Yozadi Peres. Intrektni anglash xam muammoni echishga Yordam beradi. Masalan «Kiz bolaning sochi o’zun bulishi kerak» degan interekt bulishi mumkin. Bu narsani anglamasdan kabul kilgan kiz chiroyli bulishi uchun sochini kestiradi va vijdon azobida koladi. Buni tushunib etishi uni vijdon azobidan kutkaradi. Proeksiya. Proeksiya-intereksiyaga karama-karshi o’z fikrini boshqalarning fikrlari deb kabul kilishdan iborat. Masalan, xammaga karama-karshi turadigan odam «Boshqalar xam menga karshi» degan fikrda bulishi mumkin. Boshqalar bunday fikrda bulmasa-da, u o’z fikrlaridan kaytmaydi. Peres proeksiyaning oldini olish uchun «O’z fikriga javobgar kilish» degan goyani ilgari suradi. Javobgarlikni kabul kili shorkali, ya’ni muammo o’ziniki 23 ekanligini kabul kilish natijasida mijoz etulikka erishishi mumkin. Geshtaltterapiya - shaxsning o’zligini anglashga, anna shu orkali o’z muammolarini «shu erda va xozir» xal kilishga Yordam beruvchi metod xisoblanadi. Neyrolingvistik programmalashtirish. NLP eng zamonaviy va keng tarkalgan terapevtik yunalish bo’lib, u mijozning o’zini anglashga, xatti-xarakatlari va so’zlari urtasidagi karamakarshilikni tushunib etishga va boshqa odam begona ekanligini tushunishga Yordam beradi. NLP yukorida taxlil kilingan metodlarning eng samaralilarini tanlab kullash natijasidir. NLPda asosan lingvistikaga, ya’ni so’zlarning to’zilishi ruxiy olamning kursatkichi sifatida kullanishiga asoslaniladi. NLPda odam o’z sezgi a’zolarinig ishlashidan kelib chikib, tashki ta’sirlarga nisbatan uch xil javob berishi tan olinadi. Reprezentiv sistemada tashki olam 1) audial, 2) vizual, 3) kinestik, ya’ni asosiy masofali va ichki xarakat retseptorlari asosida kabul kilinib, shu asosda tashki olamga nutk orkali javob kaytariladi, deb tushuntiriladi. Yuqorida ko’rib o’tilgan terapevtik metodlar optimal ishlashi uchun xozirgi vaktda ijtimoiy psixologik terapevtik guruxlar bilan ishlash yunalishi rivojlantirilgan.

Nazorat uchun savollar:

1. O’zbekistonda treninglarni tayYorlash muammosi.

2. Trenerning shaxsiy fazilatlari.

3. Trenerning trening jarayonidagi vazifasi.

4. Boshlovchi roli.

5. Samarali muloqot shartlari.

6. Ijtimoiy psixologiktreningni smaradorligining omillari.




Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling