Psixologik trening asoslari fanidan


Download 1.31 Mb.
bet6/100
Sana10.12.2021
Hajmi1.31 Mb.
#179676
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
Bog'liq
2019 maxsus sirtqi treningg мажмуа

Trening o’tkaziladigan xona. Xar bir ishtirokchi xonada o’zini erkin xis etishi uchun lozim bo’lgan barcha sharoitlarning bo’lishi treningni samarasini ta’minlovchi omillardan biridir. SHuni xisobga olgan xolda trening mashgulotlari o’tkaziladigan joy shinam, keng, erkin xarakatlanishga muljallangan, kerakli anjomlar bilan jixozlangan bo’lishi tavsiya etiladi. Xonaning bir chekkasida dumalok shaklda kuyilgan stullar, bir chekkasida yumshok mebel urindiklari, 2-3 dona stol, akvarium, devorda 1-2 dona manzarali tasvir aks ettirilgan rasmlar, imkon darajasida chiroyli manzarali gullar bo’lishi lozim. Bulardan tashqari mashgulot jarayonida foydalanish uchun magnitofon, televizor, videopleer, proektor, kompyuter jixozlari bo’lishi kerak. Xonada ishtirokchilarning orasiga tusik bo’ladigan ortikcha jixozlar (stol, stullar) bo’lmasligi tavsiya etiladi.
Trening o’tkaziladigan xona albatta izolyasiyalangan bo’lishi shart, Ya’ni xech kim ularni bezovta kilishi mumkin emas va ular xam boshqalarga xalaqit bermasligi kerak. CHunki trening mashgulotlari xissiyotlarga boy jarayon xisoblanib, aynan bunday xolatda kimningdir oddiygina eshikni ochib karashi xam ishtirokchilarni bu xissiyotdan chikarib yuborishi, ularning dikkatining budinishiga sabab bo’lishi mumkin. Bundan tashqari guruxdagi doimiy baxs-munozaralar, uyin va mashklar natijasi bo’lgan shovkin atrofdagilarga xalaqit berishi kerak emas.
Bunday sharoitlar xar bir trener uchun imkon darajasidan kelib chikadi.SHuning uchun bunday xonaga ega bo’lmagan xolatlarda trening o’tkazish mumkin emas degan xulosaga kelmaslik lozim. Oddiy xonalarda xam gurux a’zolarini doira shaklida joylashtirilgan stullar qo’yib trening mashgulotlar olib borilishi xolatlari bo’ladi. Ya’ni trening jarayonida asosiy e’tibor ishtirokchilarning doira shaklida utirishiga karatilishi kerak.Doira shaklida utirishning afzalligi shundaki, xamma ishtirokchilar bir-birining borligini xis kilishi va bir-birini kurib turishiga imkoniyat yaratiladi. Bu esa ishtirokchilarda bir-biriga e’tiborni orttirish bilan birga mashgulotlarda diqqat bilan munosabatda bulish xissini, shuningdek o’zaro ishonch, o’zaro qiziqish kabi xususiyatlarni vujudga keltiradi. Bundan tashqari, doira shaklida utirish boshlovchi va ishtirokchilar orasida erkin mulokotda bulish imkoniyatini yaratadi. Aynikqa, o’smirlar guruxi bilan ishlaganda, ular qarshisida o’qituvchining bo’lmasligi o’smirlarda xaqiqiy tenglikni xis etishga yordam beradi. Bu orqali gurux a’zolarining xaqiqiy ijtimoiy tengligini ta’minlovchi psixologik muxit (iqlim) yaratiladi.yaratish.Ba’zi trening xonalari oddiy gilamlar tushalgan va ishtirokchilar gilamalarning ustida o’tirgan xolda mashgulotlar tashkil etiladigan xolatlar xam bo’ladi.

Trening jarayonida gurux a’zolari soni.8-10 kishidan 19-20 gacha bo’lishi ma’kul variant xisoblanadi. Eng ideal, Ya’ni trener uchun ishlash engil va yukori samaraga erishish mumkin bo’lgan gurux 13-15 kishidan iborat bo’lgan guruxidir. Ishtirokchilarning ko’payib ketishi o’zaro ishonch muxitining tarkib topishiga xalaqit berishi mumkin. A’zolari kam bo’lgan aloxida guruxlarda esa ishtirokchilar bir-birlaridan tez zerikishlari extimoli mavjud. 13-15 kishilik guruxda gurux a’zolari va trener bir-birlarini tezrok tushunadilar va ularning axil ishlashlari oson kechadi.
Lekin ba’zi treninglar tavsiya etilgan sondan ko’prok kishilar bilan mashgulot utishiga xam tugri kelishi mumkin. Agar guruxda ishtirokchilar soni 25 kishidan ortib ketsa dastur va mashklar ishtirokchilarning bir necha guruxlarga bo’lgan xolda utkaziladi, ammo bunda ko’p vakt talab etiladi va ishtirokchilarning dikkati bulinadi. Aynan psixolog trening uchun bunday xoll tavsiya etilmaydi, chunki bu kutilgan natijaga erishishga xalaqit beradi va ishtirokchilarning noroziligiga olib kelishi mumkin.

Treningda ishtirokchilarning jinsi masalasi xam muxim axamiyatga ega. Ishtirokchilar orasida ayol va erkaklar soni imkoni boricha teng bo’lishi kerak. (7ta ayol 6ta erkak, yoki 6ta ayol 9ta erkak). CHunki kaysidir jins vakilining ko’p, qaysinisiningdir kam bo’lishi guruxning o’zaro erkin munosabatda bo’lishi va ular orasida ishonch muxitining vujudga kelishiga xalaqit berishi mumkin. Bundan tashqari guruxda erkaklar sonining ko’p bo’lishi (10ta erkak 5ta ayol) olib borilayotgan baxs-munozaralarda erkaklarcha munosabatning ustun bo’lishiga, aksincha xolat (12 ayol 4-5ta erkak) esa ayollarga xos fikrlarning ustunlik qilishiga olib kelish extimolini oshiradi.


Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling