Psixologik trening asoslari fanidan


Download 1.31 Mb.
bet3/100
Sana10.12.2021
Hajmi1.31 Mb.
#179676
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
Bog'liq
2019 maxsus sirtqi treningg мажмуа

Tayanch tushunchalar: trening,trener,sotsial

trening,o’yin,muloqot,jamoa,ustanovka,guruhiy terapiya,shaxs,

kayfiyat,stress,eksperiment

Barkamol shaxs tarbiyasida barcha psixologik fanlar qatorida psixologik trening asoslari Bizga ma'lumki, shaxs taraqqiyotini belgilovchi uning harakatlantiruvchi kuchlari voqelikdagi narsa o’zgarish inson va jamiyat talabi tobora rivojlanib borishi tabiiy xoldir.

Trening- bu insonni muloqotga o’rgatish uchun bajariladigan qiyin mashqlari va harakatlari tizimidir. Trening jarayoni - bu har bir o’yin mashqida uning rahbari qanday ustanovka berishidan iboratdir.

Treningning asosiy maqsadi


Shaxsni ruhiy jihatdan ozod qilish, unda tabiiy erkinlikni xis etishni hamda o’z guruxida va undan tashharida o’zaro munosabat va aloqa o’rnata olishni shakllantirishdir.

Treningni asosiy vazifalari

1.Shaxsning ijtimoiy Psixologik bilimdonligini oshirish.

2. Muloqot faoliyatida namoyon bo’ladigan yaqqol bilimlar, malakalar , ko’nikmalar va odatlarni hosil qilish.

3. Samarali muloqatda namoyon bo’ladigan zarur sifatlar, ijtimoiy ustanovkalarni shakllantirish, noadekvatlarni tuzatish.

4. O’zini - o’zi to’laroq anglash, bilim hamda o’zgalarga nisbatan to’gri munosabatlarni shakllantirish qobilyatini o’stirish.

5. Umuman shaxsning ijtimoiy munosabatlarini faoliyatga , undagi pedogogik va ijtimoiy vaziyatlarga nisbatan moslashishni ta'minlash va muvofiqlashtirish.

Psixologik treningning tub ma'nosi – insoniy munosabatlarga o’rgatishdan iboratdir. Odatda trening mashgulotlari maxsus xonalarda yoki maxsus tanlangan joylarda o’tkaziladi. Lekin joyning tayyorlanishidagi talab shuki, shu gurux a'zolari bir-birlariga xissiyoti yaqin bo’lishlari o’zaro bevosita ta'sir ko’rsatish yoki ko’zlariga boqish imkoniyatlariga erishuvlari kerak. Ko’nikma bunday hollarda “Yumshoq stol” atrofida kishilarning to’qnashishi nazarda tutiladi. Togri bunday ham bo’lishi mumkin. Eng muhimi shundaki, gurux a'zolarining qanday shaklli stol atrofida o’zlarini xis qilishlari ham har hil bo’ladi.

Sotsial trening- bu insonni muloqotga o`rgatish uchun bajariladigan o`yin mashqlari va xatti-harakatlari tizimidir. Trening jarayoni - bu har bir o`yin mashqida uning rahbari qanday ustanovka berishidan iboratdir. Treningning asosiy maqsadi-shaxsni psixologik ruhiy jixatdan ozod qilish, unda tabiiy erkinlikni xis etishni hamda o`z guruhida va undan tashharida o`zaro munosabat va aloqa o`rnata olishni shakllantirishdir.

Ta'lim tizimiga yangi Psixologik texnologiyalarni tatbiq etish bir-birini

to’ldiruvchi ikki tomonlama jarayon bo’lib, bir tomondan o’qituvchi kasb faoliyatining texnologiyalashuvi bo’lsa, ikkinchi tomondan o’quvchi bilim olishini faollashtirish asosida texnologiyalashtirishdan iborat.

Birinchidan, har bir treningning maqsadiga oydinlik kiritilayotganda, uning qaysi toifali kishilarga mo’ljallanganligiga qarab taxlil qilish kerak. Masalan, ayrim psixodramatik o’yinlarda kattalar va kichiklar, erkaklar va ayollar, xattoki, turli kasb egalari va nasab vakillari aralash ishtirok etilavergan. Lekin bizning sharoitimizda agar katta yoshlilar bilan yoshlarni, mansabdorlar bilan oddiy fuqarolarni, erkaklar bilan ayollarni qo’shib trening o’tkazish rejalashtirilsa, u o’zining yaxshi samarasini bermasligi mumkin. Bizning tajribalardan shu narsa ayon bo’ldiki, treningni boshlashdagi kirish kismida ishtirokchilar o’rtasidagi psixoemotsional tanglikning oldini olish uchun erkin muloqot yoki xushomadlar qilish mashqlari ham aralash jinsli auditoriyalarda juda qiyinchilik bilan kechdi. Yoki boshliq bilan xodim birga bo’lgan xollarda, tashabbus negadir doimo boshliq qo’lida qolaveradi. Odatda rollar almashinuvi mavjud bo’lib, ular sun'iy ravishda o’zgartirilganda ham, ular xulqida tortinchoqlik ko'nglidagi bor gaplarni ayta olmasliklarni uchratish mumkin. Shuning uchun qisqa vaqt oralig’ida o’tkazilgan treninglarda guruh a'zolarini o’ziga mos toifalarga qo’shish jonliroq muloqotlarga sabab bo’ldi.

Ikkinchidan, treningda ishtirokchilarning yashash shart-sharoitlari, yashash xududi ham hisobga olinishi zarur. Masalan, shahar va qishloq ishchilar shaharchasi vakili bilan dehqonlar o’rtasidagi muloqotlardan tez samara olish ham oson emas. Xattoki, bunday toifali insonlar "tiliga" xos jixatlar ham mavjudki, ular muloqot paytida qiyinchiliklar va ruhiy anglashilmovchiliklarni keltirib chiqardi. Uchinchidan, o’yin usullarini T-guruhlarda qo’llashda ham kutilgan natijaga erishish uchun milliy qadriyatlar, milliy ta'b va did hisobga olinishi kerak. Kattalar guruhida o’yinni tashkil etish uchun guruh ishtirokchilarini ko’proq psixoemotsional ko’nikishlariga imkon yaratish, bir-birlarini yanada yaxshi tanib olishlariga sharoitlar yaratish zarur. Chunki bizning xalqimizda begonalar oldida o’z xissiyotlarini yashirish, tortinchoqlik istixola qilish sifatlari borki, shu sababli odam sun'iy o’yin sharoitiga ko’nikish uchun ma'lum vaqt talab qilinadi. Bundan tashqari, o’tkazilgan ko’zatishlardan shu narsa ma'lum bo’ldiki, bir seansda o’ynagan ro’lga taqlid qilib, uni qaytarish xollari ham milliy pedogogik-psixologiyada shaxsan ma'qul bo’lgan xulq shakliga taqlid qilish va ta'sirlanishdan kelib chiqadi. Shuning uchun bu holatning oldini olish uchun o’yinchilarga oldindan turli variantli xulq-atvor shakllari haqidagi senariylar bilan tanishtirilgani ma'qul, aks holda, kutilganidek ko’p variantli harakatlar modeli vujudga kelmaydi. To’rtinchidan, azaldan o’zbek oilasi va maxallalar faoliyatida ustuvor

bo’lgan jixat yokii, ayollar va erkaklar alohida etalonlar bilan tarbiyalangan va ko’p hollarda ular faoliyati alohida-alohida tashkil etilgan. Shuning ta'sirida bo’lsa kerak T-guruxlarda jinslararo aralashuv ro’y berganda, erkin fikrlash yoki harakatlar o’z-o’zidan cheklana boshlaydi. Shuning uchun munozara, baxs yoki rolli o’yinlar tashkil etishda ham jinsiy o’ziga xosliklar inobatga olinishi yoki o’yinchilarni maksimal tarzda faollik ko’rsatishlari maqsadida guruxlararo jinsiy bo’linishlarni ham hisobga olish darkor.

Eksperimental kuzatishlar shuni ko’rsatdiki, masalan, qizlar guruxi alohida o’yin sharoitiga qo’yilganda, bemalol, emotsional jixatdan boy treninglar ko’rsatdilar, unda ular ham erkak ham ayol, ham katta, ham kichik rollariga bemalol kira oldilar. Yigitlarning sof guruxida ham ikkala rolni uddalash xollari kuzatildi. Lekin aralash guruxlar sharoitida bunday samaraga erishish uchun ko’proq vaqt, psixologik-pedogogik maxorat va qaytarishlar talab qilindi. Beshinchidan, maxalliy sharoitda shaxsning erkin o’z fikrini oxirigacha bayon etishga o’rgatish ma'lum qiyinchiliklar bilan ro’y beradi. Chunki xalq ongida o’zgalar fikri bilan hisoblashish, "obro’li birovning" ishiga taqlid, o’qituvchi aytgan fikrni tanqidsiz qabo’l qilish an'analari mavjud. Bu jixat ham samarali treningni maqsadga muvofiq tarzda tashkil etishga ko’pincha to’siq bo’ladi. Shuning uchun ham O’zbekiston sharoitida ijtimoiy psixologik treningni tashkil etishga juda puxta tayyorgarlik ko’rish, guruxlarni shakllantirishda yosh, jins va mavqega bog’liq jixatlarni hisobga olish, mashqlantirishni (trenirovkalarni) ma'lum ma'noda o’zroq muddatli qilib tashkil etishga e'tibor berish zarur. Ayniqsa, bu o’rinda boshlovchi-trener shaxsiga beriladigan e'tibor katta. Chunki, agar u ko’proq tashabbuskorlik qilib, o’z "eruditsiyasini" namoyon qilib qo’ysa, munozara qisqa bo’lishi, yoki tajribasizligi ayon bo’lib qolsa ham muloqot samarasiz yakunlanishi mumkin. Shuning uchun ham jiddiy tayorgarlikdan o’tgan, trening tajribasiga ega bo’lgan malakali mutaxassis bo’lishi maqsadga muvofiq u nafaqat ayrim shaxslar va guruxlar psixologiyasini, balki milliy psixologiyani maxsus ravishda o’rgangan, o’ta kouzatuvchan va bilimdon shaxs bo’lishi zarurO’zbekistonda mavjud bo’lgan psixologlar tayyorlovchi oliygoh ham o’z dasturlari doirasida ana shunday nazariy hamda amaliy malakalarga ega bo’lgan mutaxassislarni tayyorlashga alohida e'tiborni qaratmoqlari, psixologiya oliygoh1ari va boshqa yo’nalishdagi o’quv yurtlarida ham ijtimoiy psixologik trenerning o’sha ixti-soslikka aloqador mashqlarini o’quv dasturlariga kiritish lozim.

Faqat shundagina, biz sinfga kirib o’quvchilardan cho’chimaydigan, balki ular faoliyatini ilmiy jixatdan to’g’ri tashkil eta oladigan bilimdon o’qituvchilarni, o’z jamoasidagi har bir a'zo bilan, boshliq yoki bo’ysunuvchi xodim (tobe odamlar) bilan to’g’ri munosabatlar o’rnata oladigan ziyoli shaxslarni ijtimoiy faoliyatning turli sohalariga oldindan qisman tayyorlagan bo’lamiz. Shu narsani yana hisobga olish lozimki, IPTlar mexnat jamoalaridagi ijtimoiy xodimlar - psixolog, sotsiolog va boshqalarning ham odatiy ishlaridan biriga aylanishi, joylardagi mutaxassislarni psixologik korrektsiya qilishda treninglardan unumli foydalanish kerak. Ana shundagina, mamlakatimizda demokratik jarayonlarga odamlarni va yaxlit guruxlarni tayyorlash ishi yanada jadallashadi va sharqona demokratik tamoyillar har bir shaxsning ongi (shuuri)ga aylanadi.

Psixolog N.Yu.Xryaщeva 1982 yil LDU ning ijtimoiy-psixologiya kafedrasida asistent bo’lib ishlash davrida, guruhlarda ijtimoiy-psixologik treninglarni o’tkazish bo’yicha Leyptsiklik mutaxassislar professor Manfred Forverga va uning turmush o’rtog’i Traudl Albergga shogird bo’lib o’tgan. Vaqt o’tgach ijtimoiy-psixologik treninglar o’tkazish bo’yicha Bird o’z tajribasini psixologlarga o’rgata boshladi. Bu psixologlar treningni o’z psixologik faoliyatlari davomida muhim deb hisoblashardi. U aytib berayotgan perspektiv-yo’naltiruvchi treninglar, senzitivlik treninglari L.A.Petrovskaya va Yu.N.Emelyanovlar uchrashuvlaridagi tajribalardan farq qilar edi. Ular o’tkazadigan treninglar eng avvalo ishlab chiqarish, maktab, sog’liqni saqlash, tibbiyot tashkilotlari, davlat boshqaruvidagi rahbarlar, majburiy boshqaruv uyushmalari, korxona tashkilotlari xodimlarining kompetentligini oshirish maqsadida yo’naltirilgan treninglardir. Keyinchalik asta-sekin boshqa ko’plab kasb egalari bilan trening o’tkazish tajribasi yig’ila boshladi. Trening sohasi mutaxassislarining metodik tayyorgarligi borgan sari rivojlanib bordi. Ular ko’plab seminarlarga bora boshlashdi va boshqa trenerlarning yondashuvlarini ham o’rganib chiqib, o’zlarining tizimlashgan trening dasturlarini ishlab chiqishdi.

1990 yilda ular S.I.Makmanov bilan birgalikda kreativlik treninglari dasturini ishlab chiqishni boshladi. Bu vaktda S.I.Makmanov treningning asosi bo’lmish nazariy va metodik ishlanmasi bilan shug’ullanayotgan va bu metodlar barcha soha mutaxassislarida qo’llanilganda muvaffaqiyatga erishishini bilardi (1998 yil jahonga uning “Trening psixologiyasi” monografiyasi chiqdi). Biroz o’tgach ular o’ziga ishonch treningini o’tkazish dasturini ishlab chiqishdi. S.I.Makmanov treningda kam uchraydigan o’zaro ta’sirlar, komanda va boshqalarning shakllanishi muharriri bo’lib qoldi. Ye.Sidorenko juda noyob trening dasturi muharriri bo’lib, bu trening shaxsga ta’sir etish va begona fikrlarga nisbatan, ta’sirlarga nisbatan qarshilik ko’rsatish ta’sirini o’rgatar edi. Bu trening dasturlari yangi trening dasturlarini yaratishdagi bir yo’nalish bo’lib, ular Trening instituti trener va konsultantlari bilan birgalikda o’tkazilar edi. Eng asosiysi esa, Trening instituti 1993 yil mart oyida tashkil topgan bo’lib, uning tashkil etilishi asosidagi fikrlar bu tashkilot bilan birgalikda rivojlanar va asosiylari uning tashkilotchilari tomonidan boshidayoq anglab yetilgan va shakllantirilgan edi. Ular qilib bo’lmaydigan ishni qilishga urinishdan, birovlarga nimanidir o’rgatishdan, eng asosiysi o’zlari bilmaganni o’rgatishdan yiroqdirlar. Trening instituti trening sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash yo’nalishidir. Avvalgidek psixologlar orasida


15 kunlik trening sohasidagi metodik tayyorgarlik taniqli va dolzarbdir. Trening Institutida o’z malakasini oshirish sohasidagi yangi bilimlarni egallash maqsadida 3 bosqichdan iborat bo’lgan metodik mashg’ulotlarni o’qib o’rganishadi. Bolalar o’smirlar bilan ishlovchi psixologlar uchun “Psixodrammaga kirish” kabi mashg’ulotlar mavjud.

Trening instituti trening sohasida juda ko’plab izlanishlar olib borish natijasida bu sohaga anchagina yangilik va o’zgarishlar kiritdi. Ularning ishi asosan trening o’tishning nazariy va metodik asosini mustahkamlashga qaratilgan bo’lib, shuningdek ularni amaliyotga tatbiq qilish uchun zarur vositalarni topishga ham harakat qilishmoqda. SHu bilan birgalikda psixogimnastik mashqlarni qo’llash uchun zarur bo’lgan metodik qo’llanmalarni ham yarata boshlashdi. Ular sirasiga 2001 yil Sankt-Peterburgda chop etilgan, 3 bobdan iborat “Treningda psixogimnastika” deb nomlangan kitob ham kiradi. Bu kitobda institut xodimlari tomonidan, ko’p yillar mobaynida to’plangan trening, psixologik mashqlar, turli xil chet el adabiyotlaridan olingan va o’ylab topilgan trening mashg’ulotlari jamlangan. Ularning deyarli barchasi ijtimoiy psixologiyaga taalluqli bo’lib, 1983 yildan boshlab Leningrad, Moskva, Toshkent, Olma-Ota, Perm, Rostov-Don, Karaganda, Barnaul, Ijevsk, CHelyabinsk, Pskov, Kaliningrad va boshqa ko’plab shaharlarda o’tkazilgan. Barcha mashqlar muharrirlar tomonidan tajribalarda sinalgan bo’lib, ular yaxshi natijalar bergan.

Bugungi kunda hamma uchun umumiy qabo’l qilingan “trening” tushunchasi yo’q, shuning uchun bo’lsa kerak, psixologik amaliyotda uning ma’nosini anglatuvchi ko’plab metod, shakl va uni anglatib beruvchi manba hamda vositalar kabi tushunchalar kelib chiqadi.

Trening termini (ingliz tilidan kelib chiqqan bo’lib, train, training) ko’plab ma’nolarga ya’ni: o’qitmok, tarbiyalamok, (trenirovka) mashq qilmoq kabi ma’nolarga ega. Xuddi shunday ko’p ma’nolilik treningning ilmiy talqiniga ham mos keladi.

Trening insonlarda mavjud bo’lgan xulq-atvori va faoliyatini boshqaruv modelini qayta dasturlash vositasidir.

Trening shuningdek tashkilotni rejalashtirilgan faolligini oshirish uchun, kasbiy bilimlarini oshiruvchi, ko’nikmalarini yaxshilashga yo’naltirilgan, yoki tashkilotning maqsadli faoliyati talablariga mos keluvchi attityudlar modifikatsiyasi va jamoatning ijtimoiy xulq-atvorini tuzatish uchun zarurdir.

Psixologiya tarixida trening o’qitishning eng keng tarqalgan shakli faol ijtimoiy-psixologik treninglardir. L.A.Petrovskaya ijtimoiy psixologik treningga ta’rif berar ekan, uni quyidagicha izohlaydi: «Trening - shaxslararo munosabatlardagi bilimlar, ijtimoiy ustanovkalar, ko’nikma va tajribalarni rivojlantirishga qaratilgandir», shuningdek «Muloqotda kompetentlikni rivojlantirish vositasi hamdir».

G.A.Kovalev ijtimoiy-psixologik treningni ijtimoiy-didaktik aktiv yo’nalishdir deb hisoblaydi. B.D.Paro’gin guruhiy maslahatlar metodlari haqida shunday deydi: Ulardan guruhiy konsultatsiya metodlarini aktiv o’qitish uchun foydalaniladi. Hayotiy ko’nikmalarni, muloqotchanlik sohasida bilim berishni, kasbiy faoliyat sohasida maslahatlardan tortib to yangi ijtimoiy hayotdagi rollarni, «Men» kontseptsiyasini korrektsiya qilishni, o’z-o’ziga baho berish tizimini kuchayishini ta’minlaydi.

Treningda “psixologik ta’sir” termini qo’llaniladi. Ilk marotaba muloqotchanlikni oshiruvchi terminlar (AQSH) K.Levin shogirdlari tomonidan Betelda o’tkazilgan treninglarda qo’llanilgan va ular T-gruppa deb nomlangan. Ular asosida quyidagi g’oya yotardi: ya’ni ko’pchilik insonlar guruhlarda yashaydi va ishlaydi, ammo ko’p hollarda ularda qanday ishtirok etayotganlarining hisobotini bermaydilar, atrofdagi odamlar ularni qanday ko’rayotganligi va ularning reaktsiyalari aynan qilayotgan xulq-atvorlariga javoban K.Levin samarali o’zgarishlarni amalga oshirish uchun individual holatda emas, balki guruhiy holatda trening o’tkazishni ma’qul deb topadi va inson o’zini o’z ko’zi bilan emas, balki atrofdagilarning ko’zi bilan ko’rishga harakat qilishi kerak deydi.

K.Levin shogirdlarining omadli faoliyatlari natijasida AQSHda treningning milliy amaliysiga asos soldi. Bu amaliyda ko’plab ko’nikmaviy treninglar yaratildi.

Ijtimoiy-psixologik treninglar jahon amaliyotida keng tarqaldi.

Ilk bu sohada taniqli nazariy, metodologik kitob L.A.Petrovskiy tomonidan 1982 yilda yaratildi. Bu metoddan bolalar, onalar, professional ijtimoiy guruhlar bilan, tashkilot va korxona boshqaruvchilari bilan ishlashda aktiv foydalanib kelinmokda.


. Trening jarayoni-bu xar bir o’yin mashkida uning raxbari kanday ustanovka berishidan iboratdir. Treningning asosiy maksadi-sha\xsni psixologik (ruxiy) jixatdan ozod kilish, unda tabiiy erkinlikni xis zshshshi xamda uz guruxida va undan tashkaride uzaro munosabat va aloka urnata olishni shakllantirish.

Treningda uning raxbari yo trener yoki dirijyor sifat^da ishtirok Trening maksadini anik va nixoyatda tushunarly darajada tushuntirish maksadga muvofik. Masalan, boshka kishilarni yoki o’zini o’zi tushunishga o’rgatish. O’zgalani va o’zini o’zi urganish, o’ziga-o’zi baxo berishni ta’minlaydi, boshqalar fikrini uka olish va ularni idrrk qilaSHuni alohida qayd etish lozimki, trening jarayonida muammolarni echish ham, bu boradagi bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish ham trenerdan shaxs psixologiyasi, shaxs individual psixologiyasi bilan ishlashni taqozo etadi. SHuning uchun psixologiyada bunday treninglar psixologik treninglar deb ataladi.

Masalan ko‘plab oliygohlarda ijtimoiy faoliyatning u yoki bu sohalari uchun mutahassislar tayyorlanadi. Lekin ularning kelgusi faoliyatlarida odamlar bilan murakkab munosabatlarga o‘rgatish, o‘zini va o‘zga shaxslar hamda yahlit ijtimoiy guruhlar faoliyatlarini boshqarishga mashqlantirish va u shaxsni ijtimoiy muloqotga oldindan maqsadli tarzda tayyorlash demaqdir.

Treningning tabiiy hamda mahsus tarzda uyushtirilgan turlari haqida mulohaza yuritish mumkin. Birinchi holatni biz hattoki, kichik yoshli bolalarda ham kuzata olamiz. Masalan yosh bolalarning turli ijtimoiy rollar doirasida o‘zaro har hil rolli va syujetli o‘inlari bilan mashg‘ul bo‘lishlari, unda turli rollar (o‘qituvchi, tarbiyachi, haydovchi, boshliq va hokazo)ni improvizatsiya qilishlari, tabiiyki ulardagi nafaqat dunyoqarashni, balki bo‘lg‘usi ijtimoi faoliyatlarga tayyor bo‘lishlarida katta ahamiyat kasb etadi.

Mahsus tarzda uyushtirilgan treningda alohida vaziyatlar va har bir o‘yin ishtirokchisining shaxsiy ehtiyojlari, ularda individual shakllanishi zarur bo‘lgan sifatlar katta rol o‘ynaydi va shaxs ataylab u yoki bu ijtimoiy psixologik vaziyatga o‘zgalar tomonidan qo‘yiladi.

SHuningdek trening malakalarni orttirishga qaratilgan tadbirlar va tayyorgarlik majmuasidir. Ya’ni uning asosiy vazifalari quyidagilar bilan izohlanadi:



  • shaxsning ijtimoiyy psixologik bilimdonligini oshirish;

  • muloqot (muomala) faoliyatida namoyon bo‘ladigan yaqqol bilimlar malakalar va ko‘nikmalarni hosil qilish;

  • samarali muloqotda namoyon bo‘ladigan zarur sifatlar, ijtimoiy ustanovkalarni shakllantirish;

  • noadekvatlarini korreksiya qilish;

  • o‘zini-o‘zi to‘laroq anglash, bilish;

  • hamda o‘zgalarga nisbatan to‘g‘ri munosabatlarini shakllantirish qobiliyatini o‘stirish.

Psixologik treningga murojaat etuvchilar guruhi: bolalar, kattalar guruhlari. Hozirgi davrda odamlar orasida ruhiy zo‘riqish hollari avvalgi paytlardagiga nisbatan ancha ko‘p uchrayotganligi va buning natijasida ko‘pgina hayotiy muammolar vujudga kelayotganligi ko‘pchilikni, ayniqsa keng jamoatchilikni, shuningdek aynan psixolog mutaxassislarni ham tashvishga solayotganligi bejiz emas. Aytish mumkinki bunday holatlar turli darajadagi zo‘riqishlar natijasida vujudga kelmoqda.

Ayni kunlarda asabiylashish holatlari kuzatilayotgan quyidagi kishilar guruhini alohida ta’kidlab o‘tish joiz:

I. Bolalar orasida:

1. Bog‘cha bolalari orasida kuzatiladigan asabiylik holatlari;

2. Maktab o‘quvchilari orasida kuzatiladigan asabiylik holatlari;

3. O‘smirlar orasida kuzatiladigan asabiylik holatlari;

II. Kattalar orasida:

1. Ish joylarida (rahbar yoki xodimlar orasida) kuzatiladigan asabiylik holatlari;

2. Oilada (er-xotin, qaynona-kelin, ota-ona va farzandlar orasida) kuzatiladigan asabiylik holatlari;

3.Keksalar orasida (psixologik o‘zgarishlar natijasida) kuzatiladigan asabiylik holatlari.

Yuqorida sanab o‘tilgan muammolarni hal qilishda psixologik trening deb ataluvchi o‘yin va mashqlar seriyasidan iborat mashg‘ulotlar yordam beradi.

Yuqoridagi guruhlar o‘zi istab, o‘z xohishi bilan treningga keladi va trenerning ko‘rsatmalariga amal qiladi. Lekin ba’zi guruhlar bo‘ladiki, bu guruh a’zolari treningga istamasdan, xohlamasdan keladi misol: voyaga etmagan bolalar o‘rtasidagi jinoyatchilar, bezorilar, o‘g‘rilar. Lekin guruh a’zolarining istagidan qat’iy nazar treningning vazifasi ularning muammolarini hal etishda zarur ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan bo‘ladi

Muloqotda o’zini o’zi boshqarishga zikran e’tiborni to’plashni amalga
oshirish maqsadida tavsiya qilinayotgan sxemaga rolli o’yin va munozaradar
itish orqali trening vazifasini murakkablashtirish mumkin

Trening 3 qismdan tashkil topgan bo’lib quydagilardan iboratdir.

1. Psixofiziologik kontakt o’rnatish

2. Psixologik kontakt

3. Psixodrama

Treningning asosiy ustanovkasi: rolli o’yin shaklida rolli vaziyatni etishni tashkil kilish mutlako zarur, chunki trening uning katnashchilaridan trenerning yordamida o’yinda yaratilgan vaziyatlarga nisbatan individual munosabatini uygotish zarur.



a) erkin his qiladi;

b) o’z imkoniyati va iqtidori haqida to’g’ri tasavvurga ega bo’ladi;

v) tafakkurning alternativ-muqobil bo’lishini to’liq anglaydi;

g) har bir shaxsning ichki "Men" dasturi mukammalashib boradi;

d) o’z fikr va qarashlarining, xulq-atvorining asl sabablarini anglash, individuap ehtiyojlar tabiatini tushunish imkoniyati tug’iladi. Bunda ijgimoiy-psixologik treninglar, ya’ni samarali muloqot va muomala usullari hamda maromlarini keng qo’llash katta amaliy ahamiyat kasb etadi.

Stress, psixoterapiya, psixoanaliz, mijoz, terapevt, bixevioristik yo’nalish, imploziv terapiya, operant metodlar, geshtalt terapiya, intrektsiya, proektsiya, NLP.

Psixologiya fani insonning ruxiy olami, xul=i, insonlararo munosabatni urganadi. Uning amaliy yunalishi tadkikot predmetining cheklanganligi bilan chegaralanib kolmasdan, balki insonning shaxs sifatida usishiga yordam beruvchi bir kancha jabxalarni o’ziga kamrab oladi va tekshiradi. Psixoterapiyadan fark kilgan xolda, bu yunalishlar uz oldiga maksad qilib ruxan nosoglom odamni emas,balki soglom inson shaxsining kamol topishini , insonning uzligini anglashga yordam berishni kuyadi. Mazkur amaliy psixologiya yunalishida klinik psixologlar va psixolog kontsultantlar fanning sunggi yutuklariga tayanib ish olib boradilar. Jamiyat tarakkiyoti, Fan-texnika revolyutsiyasi , iktisodiy uzgarishlar insonning ruxiy ekologiyasiga ba’zan salbiy ta’sir kiladi. Agarda bunday salbiy ta’sirlar yigilib kolsa, «Toma-toma kul bo’lur» deyilgandek, odamnmng ruxiyatida uzgarishlar sodir bo’lib, ruxiy kusurlik darajasiga yetishi mumkin. SHuning uchun kasallik paydo bo’lishidan ilgari uning oldini olsa, u xolda insonning barkamol shaxs bo’lib yetishuviga shart-sharoit yaratiladi. Bu esa Amaliy psixologiyaning vazifasidir.

Mashxur yo’nalishlardan biri venalik psixolog Z.Freyd tomonidan ishlab chiqilgan psixoanalizdir. Psixoanaliz ta’limoti bo’yicha insonning asosiy extiyoji - bu seksual (shaxvoniy) extiyojlardir. Jamiyat axlok normalarining bu extiyojlarga qarama-qarshiligi natijasida inson shaxsida turli xil ruxiy kamchiliklar paydo bo’ladi, deb xisoblaydi. Z.Freydning fikricha, bu jarayon ongsiz xolda kechadi, ya’ni odam o’zida bu narsalar kechayotganligini anglab yetmaydi.

Insonning xar bir xatti-xarakati « U», «Men», «Mening menligim» lar urtaidagi konfliktlar (ziddiyatlar) natijasi deb taxmin qilinadi.

«U» - biologik extiyojlar, «U»ning tabiati asosan ongsizdir.

«Men» - tashki muxit bilan mulokotdan xosil bo’lgan ruxiy to’zilmadir. «Mening menligim» - ijtimoiy muxit va bu muxit ta’sirlarining tusiklaridir.

SHu narsalar orasidagi karama-karshiliklar, Z.Freydning fikricha kasalliklarni keltirib chikaradi.

Psixoanaliz nazariyasi psixodinimik yunalish katoriga kiradi.

Psixodinamik yunalish tarkibiga Yana Adlerning individual psixologiyasini va Yungning analitik psixologiyasini kiritish mumkin.

Adler T., Z.Freydning shogirdi, keyinchalik esa undan ajralib uz nazariyasini ishlab chikkan olimdir. Uning fikricha, odamda asosan xukmdorlikka intilish xissi ustun turadi. Bolalikdagi bunday intilish unda o’zini to’liq anglamaslik xissini paydo kiladi. Natijada u kattalarga nisbatan o’zini kamsitilgan deb xisoblaydi. Mazkur psixologik xolat odamning bundan keyingi xayotida muammolar kelib chikishiga sabab bo’ladi. Ayrim odamlarda bu xis kamsitilganli majmuasini (kompleksini) keltirib chikarsa, boshqalarda esa ustunlik majmuasini (kompleksini) keltirib chikaradi. Adlerning fikricha, bu ikki majmua inson faoliyatining asosidir.

Psixolg Yung xam Freydning shogirdlaridan biri edi. U xam aloxida bir yunalish, ya’ni analitik psixologiyani ishlab chikkan. Yungninig fikricha, libido (jinsiy alokaga intilish) inson yashashi, turmush kechirishi uchun zaruriy extiyojlar energiyasidir. Uningcha, libido fakat seksuallikdan iborat emas. CHunki Yung kollektiv ongsizlik mavjud bo’lishini kursatib utadi. Yungning fikricha, shaxs individualizatsiya, ya’ni uzok davom etuvchi psixologik rivojlanish jarayoni orqali o’zinianglaydi.

Psixoanalizning terapiya sifatida kullanilishi murakkab va uzok kechadigan jarayon xisoblanadi.

Psixoanalitik terapiyada 5 ta asosiy xolatni ajratib kursatish mumkin:

1. Mijoz Bilan chukur xissiy munosabatga kirishish. Mijoz bu xolat kechishida o’zining ijobiy va salbiy xislarini terapevtga yunaltirishi uchun imkoniyat paydo bo’ladi. Buning natijasida mijoz terapevtga o’zining xayot tajribasini proektsiya kiladi. Masalan onasini rashk kilgan bo’lsa, terapevtni uz otasi deb, ongsiz ravishda yomon kurib kolishi mumkin.

2. Tushlarni talkin kilish. Tushlar, Freydning fikricha, ongsizlik zonasiga yuldir.

3. Erkin assotsiyalar - mijoz bir-biri bilan boglanmagan fikrlarni bildiradi. Terapevt uni erkin xolda eshitib turib xulosa chikarishi lozim.

4. Terapevt mijoz karshiliklarini aniklab, uning sababini tushunib yetishi kerak.

5. Terapevtning tushuntirishi natijasida mijoz bolaligida bo’lgan xodisani ob’ektiv ravishda boshidan kechirganday xis etib, katarsis okibatida kasallik yuk bo’lib ketishiga olib kelish jarayonidir.

Bixevioristik yunalish. Bixevioristik yunalish «Inson faoliyati S-R (stimul-reaktsiya) orqali kechadi» degan nazariyaning Dj.B.Uotson tomonidan rivojlantirilishi asosida yuzaga keldi. Keyinchalik bu formula S-I-R (stimul-individ-reaktsiya) sifatida uzgartirildi.

.

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda yoshlar tarbiyasida ularni yangicha ijtimoiy munosabatlarga o’rgatishning ayrim jihatlari haqida fikr yuritamiz.



Birinchidan, ijtimoiy munosabatlar yoshlar tarbiyasining barcha bosqichlari va jabhalarida e’tiborga molik ob’ekt sifatida qaralmog’i lozim. Ya’ni oilaviy munosabatlardan tortib, to mehnat jamoalaridagi munosabatlarda inson shaxsi, individualligi, betakrorligini hurmat qilish, uning o’z iqtidori, maslagi va imkoniyatlarini qanday bo’lsa, xuddi shundayligicha tabiiy tarzda qabo’l qilish va shu asosda uning rivoji uchun maqbo’l shart-sharoitlar yaratish maqsadga muvofiqdir. Oliy o’quv yurtlarida bo’lg’usi mutaxassislar tayyorlashda ularda kasbiy mahoratning o’sishini ta’minlovchi ma’naviy omillardan biri - talabaning shaxsiy intilishi, qiziqishi, maslagi nuqtai nazaridan o’z bilimiga va malakalariga muayyan talablar qo’ya bilishdir. Boshqacha qilib aytganda, biz ta’lim "standart" lariga to’la javob beradigan shaxsni mutaxassis sifatida bir qolipda tarbiyalashimiz qiyin, lekin maqsadli ta’lim-tarbiya zaminida xar bir talabaning rivojiga turtki berish, uning muomala tafakkuri usishiga ta’sir etish usullarini qullashda eng samarali muomala shakllarini amaliyotga tatbiq etish zarur. Demokratik teng huquqlilikka asoslangan o’zaro munosabatlargina talabaga o’zini o’zi anglash, kelajakda jamiyatga nima bera olishi tasavvurlarga ega bo’lish, uz ruhiyatida "ichki tartib-intizom"ni joriy etish va shu asosda o’zini-o’zi ruhiy-ma’naviy jixatdan tarbiyalash tizimini amalga oshirishga imkon beradi. Zero, shaxs ma’naviyati rivoji ham avvalo o’zini o’zi anglash, keyinchalik o’z manfa’atini ang­lash va nihoyat jamiyatni tanish bosqichlarini taqozo etadi.

Ikkinchidan, aynan yangicha demokratik munosabatlar yoshlarni kasbga tug’ri yunaltirish, uz iqtidori doirasida kasb tanlash, unga tug’ri munosabatda bo’lish, boshqacha qilib aytganda, bozor munosabatlari extiyojlari va talablariga xos hamda har bir shaxsning layoqatiga va maslagiga mos kasbni tanlashga yo’naltiradi. Bu jarayon keyinchalik mutaxassis uchun zarur bo’lgan kasb maxorati va professionalizm uchun muhim zamin xozirlaydi.

Ilmiy adabiyotda faol ijtimoiy psixologik tayyorlov metodlari shartli ravishda uch guruhga bo’linadi:



1. Munozara metodlari. Bu turkumga asosan guruh doirasida utkaziladigan munozaralar, bellashuvlar, kundalik amaliy faoliyatda uchraydigan turli hodisalarni tahlil qilishlar, axloqiy xulq — atvor shakllarini muhokama qilishlar kiradi. Ba’zan bu toifa usullar xulq —atvor treningi yoki amaliy muloqot treningi deb ataladi.

2. O’yin metodlari. Bunga didaktik va ijodiy o’yin — lar; bosh - aruv faoliyatiga taalluqli amaliy uyinlar; rolli uyinlar — xulq — atvor shakllariga o’rgatish, uyinli psixoterapiya, psixodramatik korrektsiya; kontruyinlar kiradi. Kupincha, bu turkum metodlarni qisqacha rolli trening deb atashadi.

3. Pertseptiv treninglar. bu turkumga asosan maxsus T — guruxrarda olib boriladigan sezgirlik treninglari, senzitiv treninglar kiradi. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad — shaxslararo muloqot jarayonida shaxsiy qiyinchiliklarni boshdan kechiradiganlarda o’ziga ishonch, sezgirlik va insoniy munosabatlar sirlarini o’rgatish va shaxsning o’zi hamda yaxlit psixofiziologik tasavvurlarni yanada oydinlashtirishga yordam berishdir. Oxirgi paytlarda ushbu va boshka maqsadlarda xam videotrening usuli paydo bo’ldiki, bu fan — texnika taraqqiyotining insoniy munosabatlar soxasiga xam kirib kelganligidan dalolat beradi. Videotrening ko’proq shaxsiy xulqni korrektsiya qilish — tuzatish maqsadlariga xizmat qiladi. Ijtimoiy psixologiyada barcha trening metodlari bo’lgan quyidagi umumiy sifat yoki xususiyatlar farqlanadi;

- Eng muhim xususiyat — bu faollikdir, ya’ni trening guruhi a’zolari mashgulotlarning qaysi turi bo’lmasin, avvalo faol shaxsiy mavqeda bo’lishlari va uni mashg’ulot oxirigacha saqlashlari shart, bu xolat umuman ushbu uslubning faolligini bildiradi; — Trening xususida gap ketganda har doim konkret ijtimoiy guruh nazarda tutiladi, ya’ni albatta konkret, kompakt, real guruhning bo’lishi xam treningning muhim jixatlaridandir;

- Guruhning har bir alohida shaxs psixikasi va missiy xolatlariga


ta’sirining ro’y berishi ham uning har bir turiga xos bo’lgan xususiyatidir;

- Mashg’ulotlarning bir necha marta qaytarilishi, ya’ni trening samaradorligi bir martalik mashg’ulot bilan cheklanmay, odatda 4—8 martagacha davom etishi mumkin;



- Mashg’ulot boshqaruvchisi yoki trener bo’lishi, ya’ni treningda guruhning faolligi etirof etilsada lekin bari bir uning instruktori, tashabbuskori va boshlovchisining o’rni va roli katta ahamiyat kasb etadi;

T - guruh xajmiga qo’yiladigan talablar, yani bevosita samarali muloqotning bo’lishi uchun mashg’ulotlar o’tkaziladigan guruhdagi odamlar soni 9—12 kishi bo’lishi maqsadga muvofiqdir;

Maqsadning aniq va ravshan bo’lishi, tanlangan mavzu yoki muxokama, baxs yuritiladigan vaziyat, albatga, maxal - liy shart - sharoitlarga mos bo’lishi, kishilarning talab - extiyojlari va malaklari doirasidan chiqib ketmasligi kerak. SHunday qilib, O’zbekiston sharoitida o’tkaziladigan trening uslublarini qo’llashdan maqsad avval undan ko’zlanayotgan oxirgi natija boshlovchi yoki murabbiyga aniq bo’lishi va guruhga odamlarni tanlashda albatta ularning muloqoti strategiyasi va texnikasi, gaplashish «tilining» mosligini inobatga olish kerak. Bundan tashqari, T - guruh a’zolari mashg’ulotlar o’tkazilish davrida muayyan ma’noda uzgarmas bo’lishi, mashg’ulot o’tkazish joyi ham imkoni boricha almashtirilmasligi maqsadga muvofiq.

Ma’lumki, muloqotning maqsadi va uning qay darajada amalga oshirilishiga ko’ra samaradorligi xaqida fikr bildirish mumkin. Ya’ni muloqot extiyojlaridan kelib chiqib uning qondirilishi, muammo yechimi bilan bog’lik vazifalarning bajarishiga asoslanib, muloqotning samarali yoki samarasizligi tug’risida xulosa chiqarsa bo’ladi. SHaxslararo munosabat muloqotga kirishuvchilarning o’zaro bir-birlarini tushunishga olib kelsa, bunday o’zaro munosabatlar samarali va foydali hisoblanadi.


Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling