Psixologik trening asoslari fanidan


Download 1.31 Mb.
bet7/100
Sana10.12.2021
Hajmi1.31 Mb.
#179676
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   100
Bog'liq
2019 maxsus sirtqi treningg мажмуа

Trening ishtirokchilarning yoshi iloji boricha taxminan teng bulishi, Ya’ni ular orasidagi farq 4-5 yoshni tashkil etishi maqsadga muvofik. Aloxida qayd etish lozim, 45-50 yoshdan kattalar uchun trening juda katta va axamiyatli ta’sirga ega bo’lmasligi va ular kutganchalik natija bermasligi xam mumkin

Trening mashgulotlarning davomiyligi kuyidagicha bo’lishi maksadga muvofik:

1. Xaftasiga 4-5 kun 8 soatdan (orada 1 soat, 30 minut tanaffus beriladi). Bu eng samarali natija beradi.

2. Xaftasiga 2-3 kun xar kuni 4-5 soat samarali natija beradi.

3. Xaftasiga 1 kun 3-4 soatdan kamrok Samara berishi kutiladi.

Xar kanday trening trenerning kiskacha ma’lumot berish bilan boshlanadi. Bunda u treningning maksadi, vazifalari, shuningdek, ishtirokchilar egallashi mumkin bo’lgan natijalar xakida gapiradi. Ya’ni ishtirokchilarga trening xakida tushuncha, uning kanday tashkil kilinishi, utkazilishi va ishtirokchilar trening oxirida kanday natijalarga erishishi mumkinligi tushuntiriladi.

Trening mashgulotlarini tashkil etishda yana kuyidagi xolatlarni xam xisobga olish lozim. Psixologik trening mashgulotlarida (nogironlar bilan o’tkaziladigan maxsus treninglarni xisobga olmaganda) tashki jismoniy kamchiliklarga ega bo’lgan va psixolog xolatida bo’zilishlar bo’lgan kishilar ishtirok etmasligi lozim. Negaki, bunday xolatlarda aynan ana shuningdek kamchilikka ega bo’lganlarda aks ta’sir bo’lishi extimoli kuchlirokligi xar kanday mutaxasis uchun tushun arli bulsa kerak.


Treningda muammosi bir xil bo’lgan odamlarni tuplash kerak. Trening ishtirokchilari iloji boricha bir-biriga notanish bulishlari lozim. Xar bir ishtirokchi
o’zi uchun o’zi pul topishi shart. Bu esa ishtirokchilarning treningda katnashishidagi tashkiliy jarayonida yordam beradi va ularning motivatsiyasini kuchaytiradi. Rasmiylashgan gurux bulishiga yul kuymaslik lozim. Trenerdan auditoriya erkin bulishini ta’minlash va auditoriyani yaxshi bilish talab etiladi.
TRENINGNI BOSHLANGICHbosqich

Treningni birinchi kuni

Trening mashgulotining boshlangichbosqich trening samaradorligini ta’minlashda asos bulib xizmat kiladi. Bu boskich birinchi kundagi kuyidagi boskichlarini o’z ichiga oladi:

1. Guruxiy normalarni ishlab chikishbosqich;

2. Tanishuv bosqich;

3. Kutishlarini aniqlash bosqich;

Guruxiy norma (tamoyil, qoida) larni ishlab chikishbosqichTrening jarayonida albatta utkazilishi kerak bo’lgan boskich – guruxi normalarni ishlab chikishbosqichdir. Guruxiy normalar guruxda mashgulotning dastlabki soatlaridanok samimiylik, o’zaro ishonch, o’zaro xurmat muxitini vujudga keltirish maksadida qabul qilinadi. Guruxiy normalarni ishlab chikish jarayonida ishtirokchilar bilan bu normalarga albatta rioya kilish kerakligi tugrisida kelishish va xar bir a’zoning roziligini olish kerak. Bu koidalarga rioya etish treningning maksadiga erishish va kulay psixolog iklimining yaratilishida katta axamiyatga ega xisoblanadi.
Guruxiy normalar trener bilan gurux ishtirokchilarning xamkorligida ishlab chikish shart. Mashgulot jarayonida kanday koidalarga amal kilish lozimligi tugrisida gurux a’zolarining o’zi takliflar, fikrlar berish kerak va bu fikrlarni asoslab bergandan keyin qabul qilinadi. Buning uchun trener «akliy xujum» usulidan foydalangan xolda fikrlar yigilishiga xarakat qilinadi.Ko’pgina xollarda trenerning o’zi yunaltiruvchi fikr sifatida birorta koidani taklif etadi. Trening jarayonida guruxda ishlarni tashkil kilishga doir normalar kuyidagilardan iborat bo’lishi mumkin.
Intizomga kat’iy rioya kilish yoki «O-O koidasi». Bunda xar bir gurux a’zosi mashgulotga o’z vaktida kelish, o’z vaktida ketish kerakligi zarurligini xis etishi lozim va unga kat’iy amal kilish kerak. CHunki trening mashgulotiga biror bir a’zo kechikib kelganda odatda uni kutishga tugri keldi. SHuning uchun bunday xolning bo’lishi ba’zi ishtirokchilarni jaxlini chikarishi, gashiga tegishi, mashgulotlarning tuxtab kolishi va noroziliklarga olib kelishi mumkin.
* «Maxfiylik». Trening jarayonida bayon etilgan kimningdir, anikrogi biror-bir gurux a’zosining xayotiga oid ma’lumotlar, fikrlar, xissiyotlarning ifodalanishi, uyin va mashklarni bajarish jarayonida nokulay xolatlarga tushib kolishlar trening doirasidan chetga chikmasligi lozim.

 « SHu erda va xozir». Guruxlardagi muomala-munosabat mashgulot jarayoniga bevosita alokador, Ya’ni xozirgi zamonga boglik bo’lishi zarur. Xattoki ishtirokchilardan birortasi utgan zamondagi vokeani xikoya kilayotganda xam, uning shu erda va ayni paytda nimani xis kilayotganligi muxim axamiyat kasb etadi. SHuningdek trener xam, xar bir ishtirokchi xam barcha ma’lumotlarni unutib, o’zini fakat «SHu erda va xozir» xolatida xis kilish lozim.




Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling