Psixologik trening asoslari fanidan


Download 1.31 Mb.
bet34/100
Sana10.12.2021
Hajmi1.31 Mb.
#179676
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   100
Bog'liq
2019 maxsus sirtqi treningg мажмуа

1.Psixodiagnostik metodika :

Birgalikdagi rasm”metodikasi.

Maqsad:Ushbu metodika yordamida shaxsning chegaralanganlik darajasi, muloqotga kirishish va munosabat o’rnatishdagi xarakteriologik xususiyatlarini o’rganishdan iborat.Ushbu metodikani hamkorlik va ishdagi munosabatlarni,ayniqsa oilaviy munosabatlar hamda ota-ona va farzand o’rtasidagi munosabatlarni o’rganishda qo’llash mumkin.

Kerakli jihozlar:A4 formatdagi oq qog’oz va rangli qalamlar.

O’tkazilish tartibi:

Ishtirokchilar ichidan bir juft ishtirokchi tanlab olinadi. Guruhning qolgan a’zolari ularning xatti-xarakatlarini diqqat Bilan kuzatib turadilar.Tanlab olingan juftga bitta A4 formatdagi oq qog’oz va bitta quti rangli qalamlar berilib,quyidagicha ko’rsatma aytiladi.

Ko’rsatma:Siz ikki kishisiz,ammo sizlarga berilgan qog’oz bitta.Siz shu yerga beriladigan uch daqiqa vaqt ichida xohlagan rasmingizni chizishingiz mumkin. Ammo chizishdan avval ham, chizish chog’ida ham suhbatlashish va kelishib olish ta’qiqlanadi.CHizgan rasmingiz umumiy ko’rinishga ega bo’lishi shart emas. Rasmlarda aniq yoki mavhum narsalarni tasvirlashingiz mumkin.Tasvirlanadigan narsangizga biror bir chegara qo’yilmaydi.Barchasi sizning ixtiyoringizga bog’liq.Eng asosiysi chizish chog’ida o’zingizning va sherigingizning xatti-harakatlariga e’tibor bering.

Muxokama:

Rasm chizib bo’lingach ishtirokchilardan chizish chog’idagi taassurotlari , birinchi bo’lib chizishni nimadan boshlagani va nima bilan davom ettirgani, bu holatda sherigining xatti-harakatlari nimadan iborat ekanligi so’roaladi va muxokama qilinadi.

Trener tahlil qilib, umumiy xulosalar beradi.



Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling