Trening ishlanmasi.
O’smir va o’spirinlarning bilish jarayonlarini,
shaxs xususiyatlarini korrektsiya qilish va rivojlantirishga
qaratilgan trening mashg’uloti.
Psixolog:
Maqsad: O’smir va o’spirinlarning bilish jarayonlarini, shaxs xususiyatlarini korrektsiya qilish va rivojlantirish.
Vazifasi:
- o’quvchilarning bilish jarayonlari va shaxs xususiyatlarini korrektsiya qilish ;
- o’zlashtirishi sust o’qvchilarning bilish jarayonlarini rivojlantirish.
Kutilayotgan natijalar:
-o’quvchilarning diqqat, xotira, hayol va tafakkur xususiyatlarini rivojlantirish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish;
-o’quvchilarda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan salbiy buzilish va nuqsonlarni bartaraf etish ko’nikmalarini egallab, o’z bilim va tajribalarini oshirishga muvaffaq bo’lish.
Trening o’tkazishning o’ziga xos xususiyatlari:
Ushbu treningdan psixologlar treninglar tashkil etishda; maktab, kollej, akadamik litsey o’quvchilarida psixokorrektsion tadbirlarni amalga oshirishda foydalanishlari mumkin.
Uslublar: “Birgalikdagi rasm”, «CHo’loq maymun», “Domino”, “Qarama-qarshi buyumlar”, “Baxtiyor damlar” , “Kayfiyat” mashqi, “Taqdir va hayot mazmuni” metodikalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |