3 bo’lim - Psixokorrektsion
Bu bo’lim ikkita dastur orqali amalga oshiriladi.
Individual-korrektsion dastur
Dastur asosi:
SHaxsning stressga barqarorligini oshiruvchi, “stress stsenariysini” korrektsiya qiluvchi psixokorrektsion metodlarning, mashg’ulotlarning individual tarzda tanlanishi.
Maqsad:
Individual psixokorrektsion mashg’ulotlar yordamida shaxsning stressga barqarorligini oshirish.
Vazifalar:
Turli relaksatsion psixotexnika ko’nikmalarini egallash.
Stressning oldini olish ko’nikmalarini egallash.
“Stress kundaligi”, “Xursandchilik, quvonch kalendari” ni olib borish ko’nikmalarini egallash
Muammoli vaziyatlarda pozitiv, konstruktiv tafakkur ko’nikmalarini egallash.
Turli stress holatlarida stress rivojlanishining individual grafigini tuzish.
Individual psixokorrektsion ishlar dasturda asosiy yo’nalish hisoblanadi.
Dasturning maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun ba’zi asosiy mashqlarni keltirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |