Psixologik trening haqida tushuncha. Psixologik treningni maqsad va vazifalari Trening haqida tushuncha
TRENING – shaxsda mavjud bo‘lgan yoki vujudga kelishi mumkin bo‘lgan
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
1. Trening haqida tushuncha Treningga berilgan ta’riflarning maz
TRENING – shaxsda mavjud bo‘lgan yoki vujudga kelishi mumkin bo‘lgan
muammolarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikma va malakalarni hosil qilish maqsadida turli xil o‘yin va mashqlar orqali o‘tkaziladgan mashg‘ulotdir. Trening — bu guruhiy faoliyatning intensiv shakli bo‘lib, unda asosiy urg‘u ma’lumotlarni uzatishga emas, balki ishtirokchilarda shaxsiy tajriba va ko‘nikmalarni hosil qilishga qaratiladi. Buni shunday tushunish mumkinki, treningda turli xil vaziyatlar va muammolarni o‘yin orqali o‘zida sinab ko‘rar ekan, shaxs egallayotgan tajribasi orqali real hayotdagi vaziyatlarga anchagina moslashuvchanroq bo‘lib boradi. Qisqacha aytganda, p sixologik trening shaxsga turli hayotiy vaziyatlarda zo‘riqmasdan harakat qilishga yordam beradi. Bundan tashqari, ijtimoiy iqtisodiy yo‘nalishdagi treninglar ham mavjud bo‘lib, ular ayrim tashkilotlarning rejalashtirilgan faolligini oshirishga, tashkilot ishchi- xodimlarining kasbiy bilimlarini oshirishga, kasbiy ko‘nikmalarini yaxshilashga yoki tashkilotning maqsadli faoliyati talablariga mos keluvchi attityud (ustanovka)lar modifikasiyasini o‘zgartirishga hamda jamoaning ijtimoiy xulq- atvorini korreksiyalashga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar tizimidan iborat bo‘ladi. Trening mashg‘ulotining maqsad va vazifalari Har qanday trening maqsad qo‘yishdan boshlanadi. Trenerning amalga oshiradigan ishlari, guruhni treningga tayyorlash va trening mashg‘ulotni o‘tkazish – bularning hammasi dastlabki qo‘yilgan maqsad atrofida shakllanadi va rivojlanadi. Shuning uchun dastlabki maqsad qanchalik aniq shakllantirilgan bo‘lsa, qanchalik aniq tarzda yetkazib berilsa va barcha ishtirokchilar tomonidan qabul qilinsa – mana shu narsa treningda erishilgan yutuqning nechog‘lik yuqori darajada ekanligini belgilab beradi. Aynan erishilgan yutuqning maqsadga bog‘liqlik mutanosibligi mutaxasislarning ta’kidlashlaricha, yutuqning 80%i maqsadning qanchalik aniq shakllantirilganligiga bog‘liqdir. Yaxshi shakllantirilgan maqsadning tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: 1. Maqsad erishsa bo‘ladigan bo‘lishi kerak. Ya’ni trener qo‘yilgan maqsadning natijasini ko‘ra olishi lozim. Masalan, Hindiston fuqarosi bo‘lgan odam o‘z oldiga AQSh prezidenti bo‘lish maqsadini qo‘yishiga o‘xshash noaniq natijali maqsadlar qo‘yish treningni samarsizligiga olib keladi. 2. Maqsadni shakllantirishni shunday boshlash lozimki, uning natijasi maksimal darajada trenerga bog‘liq bo‘lsin. Bittagina odamga o‘z ta’sirini o‘tkaza olmaydigan kishi butun bir guruhga o‘z ta’sirini o‘tkazishi va ularning o‘zgarishiga sabab bo‘lishi unchalik ishonarli hol emasligini hamma biladi. 3. Maqsad qo‘yishda va unga erishishda har doim aniq va eng kichik vazifalardan boshlash lozim. Shuning uchun birinchi maqsad eng qisqa muddatda erishish oson bo‘lgan maqsad bo‘lishi kerak. Bunda albatta global hayotiy maqsadlarni emas, balki kichkina kundalik maqsadlarni qo‘yishdan boshlagan ma’qulroq. Barcha mashg‘ulotlar kabi har bir trening mashg‘uloti o‘zining maqsadiga va shundan kelib chiqib ma’lum bir vazifalariga ham ega bo‘ladi. Treningni maqsadi va vazifalariga aniqlik kiritishga harakat qilamiz, odatda, psixologik treninglarning maqsadlari qo‘yilgan muammoga bog‘liq holda shakllantiriladi. Treninglarda quyidagicha maqsadlar qo‘yilishi kuzatiladi: Shaxsda muloqotchanlik ko‘nikmalarini hosil qilish; Hayotdagi qarama-qarshiliklarini to‘g‘ri tushuna olish va tahlil qilishga o‘rgatish; Shaxsning ichki holati (ruhiyati)ni o‘zgartirishga erishish; Shaxs kamoloti uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni hosil qilish; Favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qila olish ko‘nikmasini hosil qilish va h.k. Treningda vazifa sifatida har bir tanlab olingan muammo yuzasidan ma’lum jihatlar nazarda tutiladi. Lekin umumiy holda psixologik treninglarning vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin: Guruh a’zolarining bir-birlari bilan tanishuvini tashkil etish; Guruh a’zolari bilan birgalikda normalarga amal qilishga o‘rganish; Guruh a’zolarining muammolarini gapirtirishga sharoit yaratish; Guruh a’zolari o‘rtasida o‘zaro do‘stona muhit yaratish; Guruh a’zolarining o‘zaro jipsligini, ahilligini ta’minlash; Guruh a’zolarida turli xil hayotiy ko‘nikma va malakalarni hosil qila oluvchi mashg‘ulotlar tashkil etish. Guruh a’zolarining “qayta aloqa”sini tashkil etish. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling