Psixologik trening


Keng mahnodagi psixogimnastika


Download 0.75 Mb.
bet163/168
Sana08.05.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1442254
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   168
Bog'liq
Psixologik trening

Keng mahnodagi psixogimnastika – bu maxsus mashg’ulotlar kursi bo’lib, uning yo’nalishi bilishga oid va shaxsiy emotsional tomondan rivojlantirishga va korreksiya qilishga qaratilgandir.
Labillik (lot. labilis - beqaror, o’zgaruvchan) - nerv hujayralarining tezlik bilan qo’zg’alish holatidan tormozlanish va tormozlanishdan qo’zg’alish holatiga o’tish xususiyati.
Munozara metodlari- bu turkumga asosan guruh doirasida o’tkaziladigan munozaralar, bellashuvlar, kundalik amaliy faoliyatda uchraydigan turli hodisalarni tahlil qilishlar, axloqiy xulq — atvor shakllarini muhokama qilishlar kiradi. Ba’zan bu toifa usullar xulq —atvor treningi yoki amaliy muloqot treningi deb ataladi.
Melanxolik (yunon. Melas - qora, chole - o’t, safro) - temperament turlaridan, psixik faollikning sust, tez ta'sirlanuvchanlik, hatto arzimagan narsalar uchun xam juda chuqur ta'sirotga berilishi bilan xarakterlanadi.
Muloqot - hamkorlikda faoliyat ehtiyoji bilan taqazolangan aloqa o’rnatish va uni rivojlantirish jarayoni, sub'ektlarning belgilar tizimi orqali o’zaro ta'sirlanishuvi.
Milliy xarakter (yunon. charakter - xususiyat, belgi) - biror bir millatga xos xususiyatlar.
Milliy sterotip (yunon. Stereos - qattiq typos - iz shakl) - ma'lum millatning obrazi bo’lib, u o’zida o’sha millatga xos shaxs xususiyatlari, madaniyati, xulq - atvorini namoyon qiladi.
Monotoniya – stressning qarama-qarshi holatidir. Masalan, bu holat ko’proq ishda, shaxsiy hayotda kuzatiladi.
"Men" - konsepsiya (lot. conceptio - qabul etish - odamning o’zi to’grisida nisbatan barqaror, aniqlangan, o’z kechinmalarida ifodalanadigan taassurotlar
O’yin metodlari- bunga didaktik va ijodiy o’yinlar; boshqaruv faoliyatiga taalluqli amaliy o’yinlar; rolli o’yinlar, xulq - atvor shakllariga qaratish, o’yinli psixoterapiya, psixodramatik korreksiya; kontr o’yinlar kiradi. Ko’pincha, bu turkum metodlarni qisqacha rolli trening deb atashadi.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling