Psixologik trening


Download 0.75 Mb.
bet85/168
Sana08.05.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1442254
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   168
Bog'liq
Psixologik trening

3. Munosabat o‘rnatish va uni maromida ushlash texnikasi. Muomalaga kirishuvchi tomonlarning o’zaro bir-birlarini tushunishga olib keluvchi yo’l yoki marom o’z navbatida o’sha shaxslarning o’zaro bir- birlarini mavqe bo’yicha bilishni ta’minlaydi. Muloqotning psixologik tizimidan shu narsa ma’lumki, uning uch asosiy qismi, ya’ni muomala sub’ektlarining o’zaro bir-birlari bilan axborot, hissiy kechinmalar va fikr almashinuvini ta’minlovchi kommunikativ, o’zaro bir-birlarining xulq - atvorlariga ta’sirlarini belgilovchi interaktiv va bir-birlarini to’g’riroq, aniqroq idrok qilish va baholashlarini ta’minlovchi pertseptiv tomoni mavjud. Ushbu tizimning har bir tomoni muomalaning zaruriy va muhim tarkiblari hisoblanib, uning uchinchi bo’lagi shaxslararo ta’sir o’tkazish uchun juda muhimdir. Chunki muomalaga kirishuvchi shaxslar bir-birlarini yaxshi tushunishlari uchun, avvalo, suhbatdoshning yuzi, hissiy kechinmalarini idrok qilgan holda fikran uning mavqeyda tura bilishi, o’zini uning o’rnida his qilib, o’zida hukm surayotgan his-tuyg’ular doirasida uning holatiga kirishga intilish (identifikatsiya), qolaversa, bu jarayonda individual va ijtimoiy ongda mavjud bo’lgan mutlaq stereotip, ongda o’rnashib qolgan tasavvurlardan foydalanishi (stereotipizatsiya) ushbu jarayon to’g’ri kechishini ta’minlab turadi. Lekin bu jarayonlar shunchalik tez va qisqa fursatda kechadiki, shaxs ba’zan o’zidagi ana shunday qiyoslashlarni ongsiz ravishda, hayotiy tajriba orqali o’rnashib qolgan shablonlar - qoliplar asosida amalga oshiradi, shuning uchun ayrim hollarda muloqot samarasiz yoki xato kechishi mumkin. Ana shunday xatoliklarga olib keluvchi jarayon ijtimoiy psixologiyada kauzal atributsiya deb atalib, uning mohiyatini shaxsning ko’pincha o’z hissiy kechinmalari va tasavvurlarida o’rnashib qolgan qoliplardan notqg’ri foydalanish natijasi tashkil qiladi. Masalan, tashqi qiyofasi ko’rimsiz talabaning imtihon savollariga javob berayotganligini idrok qilgan professor, negadir, uning qoniqarsiz javob berishi, bilimi yetarli emasligi haqidagi noto’g’ri tasavvurga ega ekanligi kauzal atributsiyaning aynan ozidir. Ana shunday jihatlarning oldini olish va muloqotning samaradorligini oshirish maqsadida uning ijtimoiy psixologik omillarini hisobga olish va shu asosda har bir shaxsning ijtimoiy bilimdonligini yuksaltirish amaliy ahamiyatga ega.


  1. Download 0.75 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling