Psixologik trening


Trening qonunlarining maqsad va vazifalari


Download 0.75 Mb.
bet15/168
Sana08.05.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1442254
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   168
Bog'liq
Psixologik trening

Trening qonunlarining maqsad va vazifalari.


  1. Trening guruhini umumiy qonunlar asosida jipslashtirish.

  2. Guruhiy trening o’tkazishning asosiy tashkiliy tartibini belgilab berish.

  3. Qabul qilingan qonunlar asosida guruhni boshqarish imkoniyati.

  4. Trening qonunlarining trening maqsadi va vazifalariga yo’nalganligi guruhning qo’yilgan maqsadga erishishiga yordam beradi.

2.Treningni moddiy texnik jihozlash. Odatda trening mashg’ulotlari maxsus xonalarda yoki maxsus tanlangan joylarda (tabiat quchog’ida) o’tkaziladi. Lekin joyning tayyorlanishidagi asosiy talab shuki, shu guruh a’zolari bir biriga hissiy yaqin bo’lishlari o’zaro bevosita ta’sir ko’rsatish yoki ko’zlariga boqish imkoniyatlariga ega bo’lishi kerak.
Masalan: yumaloq stol atrofida kishilarning to’planishi yuzma-yuz o’tirish va hakozolar. Bu “Men - o’yinda” deb ataluvchi holat bo’lib, ishtirokchilar, boshlovchi ham doira shakldagi stol atrofida joylashadilar va o’rtaga tashlangan mavzu yuzasidan erkin fikr almashish, hattoki, ayrim ishtimoiy rollarga ham kirish imkoniyatiga ega bo’ladi.

Guruh a’zolarining qanday shakli stol atrofida o’tirishlari, yoki bir- birlariga nisbatan fazoviy joylashishlariga qarab, shaxslarni o’zlarini ruhiy his qilishlari ham har xil bo’ladi. Masalan: agar trening guruhi a’zolari to’rt burchak stol atrofida joylashgan bo’lsalar bunda har bir a’zoning fazoviy tavvurlari va munosabatlari bahs-munozaraga moyil bo’ladi va bunday holat “Men- munozaradaman” deb ataladi.

Yoki taxminan 1,5 metrga 2 metr diametr yumaloq stol atrofida o’tkazilayotgan suhbatdagi shaxs holati ‘Men o’yindaman’ deb atalsa yumshoq yuza (Krislo, gilam va devan) ustida xohlagan qulay holat bo’lsa “Men- o’zimda” deb ataladi.

Trening muloqotlarida yana bir umumiy jihat borki, bunda muloqot yoki ishtirokchilari o‘rtasida samimiy, iliq munosabatlar o‘rnatilishi, ular bir-birlariga ishonishlari lozim. Buning uchun boshlovchi o‘yin boshida shunday sharoit yaratadiki, natijada ishtirokchilar bir-birlarini tanib, iliq munosabatlarga moyillik sezishlari shart.
Shuningdek,mashg`ulotni katta, keng yaxshi shamollatish imkoniyatiga ega bo`lgan shinam xonada o`tkazish lozim. Xonada ishtirokchilar soniga teng miqdorda stullar bo`lishi kerak. Mashg`ulotda qulay, rohat baxsh etadigan, ko`ngil (dil) ochadigan osoyishta, sokin sharoit yaratilgani yaxshi (ayniqsa, dastlabki, mashg`ulotlarni o`tkazishda|, yarim qorong`ulik, muloyim) yaxshisi lirik va minor ovozli| musiqa, derazalarga nozik, nafis pardalar tutilgani ma'qul va hakazo.
Shunday qilib har bir ijtimoiy psixologik vaziyat, uning maqsadi va boshlovchining niyatlariga qarab ishtirokchilarning fazoviy qay yo’sinda
joylashishlari, xonaning tuzilishi, jihozlarning joylashishi, xona va trening ishtirokchilarining izoliyatsiyalanganligi ham trening samaradorligini belgilaydi.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling