Referat mavzu: Pedagogik konfliktlarni boshqarish tartiblari va usullari


Download 16.02 Kb.
Sana20.01.2023
Hajmi16.02 Kb.
#1104507
TuriReferat
Bog'liq
REFERAT


REFERAT
MAVZU: Pedagogik konfliktlarni boshqarish tartiblari va usullari.


Reja:

  1. Pedagogik nizolarni boshqarish va bartaraf qilish.

  2. Tarkibiy-tashkiliy usullar.

  3. Strategik usullar.



Bajardi: Qosimova Sevara

Tayanch so’z va iboralar: konflikt, pedagogic konflikt, ijtimoiy-psixologik muhit, boshqarish, tashkiliy usullar, strategic usullar, konfliktli vaziyat, ichki hissiyotlar, maslahat, ijtimoiy aloqalar, jamiyat, psixologik muhit, konflikt manbalari, rag’batlantirish, integratsiya
Nizoli vaziyatlarni boshqarishning bir qator samarali usullari mavjud. Ularni quyidagi ikki yirik guruhga bo‘lish mumkin. Ular quyidagilar: tarkibiy – tashkiliy usullar va strategik usullardir. O‘z navbatida tarkibiy – tashkiliy usullar to‘rt usuldan iboratdir: bular
• O‘qishga bo‘lgan talabni tushuntirish;
• Muvofiqlashtirish va integratsiyalash;
• Umumtashkiliy kompleks maqsadlar;
• Rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish;
Strategik usullar esa o‘z navbatida besh usuldan tashkil topgan bo‘lib bular quyidagilardan iboratdir: • Uzoqlashish;
• Silliqlashish;
Majburlash;
• Kelishuv;
• Muammoni hal qilish usullaridir.
Ta’kidlaganimizdek, pedagog nizoli vaziyatlarning kelib chiqish sabablarini faqat o‘quvchilar xarakatlaridagi tafovutlardan deb bilmasliklari kerak. Albatta, bu ham qandaydir anik holatda nizoli vaziyatning vujudga kelishida muhim omil vazifasini bajarishi mumkin. Ammo u ta’sir etuvchi omillarning faqat bittasidir. Shu sababli, pedagog, eng avvalo nizoni keltirib chiqaruvchi omillarning tahlilini qilishi, so‘ngra esa u yoki bu usulni qo‘llash bo‘yicha qaror qabul qilishi kerak.
Tarkibiy-tashkiliy usullariga quyidagicha ta’rif berishimiz mumkin.
O‘qishga bo‘lgan talabni tushuntirish usuli. Bu usul disfunksional usulga mutlaqo zid bo‘lib, bunda har bir o‘quvchi va guruhlardan qanday natija kutilishi tushuntiriladi. Bu yerda ularga quyidagilar eslatiladi:
• erishishi lozim bo‘lgan natija ko‘lami;
• vazifalarni qay tartibda topshiradi va kim uni qabul qiladi;
• mas’uliyat, javobgarlik va huquq tizimi;
aniq siyosat, tartib-qoidalar va hokazolar.
Pedagog bu masalalarni o‘zi uchun aniqlashtirish maqsadida emas, balki har bir vaziyatda, har bir o‘quvchi va guruh qay tarzda yo‘l tutishini, ularni nima kutishini tushuntirib bermog‘i lozim.
Muvofiqlashtirish va integratsiyalash usuli. Bu usul og‘zaki buyruq zanjiri deb yuritiladi.
Ta’lim jarayonida o‘quvchi burchlari ierarxiyasini, ya’ni bilim darajasiga ko‘ra darajama-daraja bevosita yordam berish yoki konsultatsiyalar tashkil etish, bilim saviyasini tartibini o‘rnatish o‘quvchilarning o‘zaro xarakatlarini, ta’lim jarayoniga bog‘liq axborotlar oqimini, qarorlar qabul qilishni tartibga tushiradi, muvofiqlashtiradi.
Agar ikki yoki undan ko‘proq o‘quvchilar o‘rtasida u yoki bu vazifa yuzasidan qarama-qarshilik, kelishmovchilik chiqib qoladigan bo‘lsa, bunday ixtilofni ularning shu sohadagi o‘qituvchiga ayttirib hal qilish mumkin. Bu yerda yakka hokimlik prinsipi juda ham qo‘l keladi.
Maqsadli guruhlar va yo‘nalishlararo majlislarni integratsiyalash ham juda katta ahamiyatga ega. Majburlash – bu o‘qituvchi o‘quvchiga xohish-irodasini, so‘zini majburan, zo‘rlab qabul qildirishdir. So‘zini o‘tkazmoqchi bo‘lgan o‘qituvchi o‘quvchining fikri bilan qiziqmaydi, uni inkor etadi. Bunday strategiyani qo‘llaydigan pedagog tajavvuzkorlik bilan o‘z xohishinio‘quvchiga majburlab o‘tkazadi. Bu usulni ko‘proq pedagog ta’lim olish jarayonida sust qatnashadiganlarga nisbatan qo‘llashadi.
Majburlash strategiyasi tashabbusni bug‘adi, ta’lim jarayonida "ruhiy iqlim" ning beqarorligiga olib keladi. Ayniqsa, bu usul yuqori kattaroq o‘quvchilarga, nisbatan yosh o‘quvchilarda nafrat uyg‘otadi.
Kelishuv. Nizoli holatdan muvaffaqiyatli chiqishning eng muhim sharti — bu murosaga kela olishdir. Kelishuv bilan yuz bergan nizolarni hal etish, bu yuqori baholanuvchi strategik usul bo‘lib, bunda ikkala tomonni qanoatlantiruvchi yechimga kelinadi.
Muammoni hal qilish. Bu usul barcha pedagog va o‘quvchini qanoatlan-tiruvchi yechimni topish uchun nizoni chaqiruvchi sabablarni chuqur tahlil qilish va barchaning fikrlarini inobatga olishga asoslanadi. Bu usul tarafdorlari o‘z maqsadiga boshqalar maqsadi orqali emas, balki pedagogik nizoning eng oqilona yechimini topish evaziga erishishni xohlaydilar. Ta’lim muassasida pedagog va o‘quvchilar o‘rtasida yuzaga keluvchi nizo "butun jamoaga" emas, balki "tanlangan" odamlargagina yomon ta’sir etishi mumkin. Bunday nizoni bir yo‘la, katta hajmda uddalash, bartaraf etish mumkin emas. Bu nizoni bartaraf etishda pedagog oqilligi, adolatliligi, madaniy saviyasi bilan hamkorlikka intilishi kerak. Ya’ni, ushbu nizoli vaziyatda mavqeida emas, balki teng huquqiylik asosida yechimni topishi lozim. Masalan, bu jarayonda quyidagilar juda ham muhimdir: o‘quvchi yoki o‘qituvchini tan olishi; gapni bo‘lmay tinglash; o‘zga kishi sifatida tushuna olishni namoyish qilish; nizo jarayonidagi holatni o‘zga pedagog yoki o‘quvchi qanday qabul qilishi (tushunishi)ni anglash; muhokama qilinayotgan mavzuni aniq tasavvur qilish; mavzuga nisbatan umumiy qarashlarni hosil qilish; murosa qilinayotgan oqibatni aniqlash; nizo mazmunini yozib chiqish (tahlil) qilish; nizoni bartaraf etish uchun hamkorlikda yagona yo‘l tanlash; hamkorlikda umumiy xulosa(murosa)ga kelish. Bunday yo‘l mashaqqatli, ammo oqilona yo‘ldir. Buning uchun tajriba kerak. Hozirgi sharoitda o‘qituvchi faqat o‘z sohasini yaxshi bilibgina qolmay, balki yaxshi tashkilotchi, ruhshunos (psixolog) va tarbiyachi bo‘lmog‘i lozim. Buning uchun har bir o‘qituvchi sotsiologiya, psixologiya, pedagogika, kasbiy etika fanlarini mustaqil egallashi kerak.
Guruh a’zolariga, har bir o‘quvchining qalbiga yo‘l topa bilish o‘qituvchining ish faoliyatida asosiy ahamiyatga ega. Buni bilgan o‘qituvchi o‘z jamoasi ichida ta’lim jarayonida vujudga keladigan har xil nizolarni o‘quvchi bilan, guruh o‘quvchilari bilan birga, yuqoridagilarga chiqarmasdan o‘zida hal qilishga qodir bo‘ladi.
Bunday o‘qituvchi o‘z ishini to‘g‘ri tashkil qiladi, guruh oldiga qo‘yilgan maqsad va reja topshiriqlarini o‘z vaqtida muvaffaqiyatli bajaradi. Har bir nizoli vaziyatni pedagog bosiq, hovliqmasdan hal etishi kerak.
Download 16.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling