Psixologik trening


Guruh ishtirokchilarining


Download 0.75 Mb.
bet19/168
Sana08.05.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1442254
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   168
Bog'liq
Psixologik trening

Guruh ishtirokchilarining rasmiy mavqei, ma’lumoti, kasbiy mansubligi va milliy va diniy mansublik.Treningning asosiy maqsadi shaxsni psixologik, ya’ni ruhiy jihatdan erkinlikka chiqarish, unda tabiiy erkinlikni his etish, o’z guruhi va undan tashqari munosabatga kirishish va aloqa o’rnata olishni shakllantirishdan iboratdir.
Ma’lumki, yangilik doim ayrim qiyinchiliklar yoki kishilar ongidagi to’siqlardan o’tib, hayotda o’z aksini topadi. Ijtimoiy psixologik treningning shaxs tarbiyasi, madaniyati va texnikasining vujudga kelishi ham muhim ahamiyatga ega. Lekin bunga o’xshash texnologiyalar insoniy munosabatlar sohasida yangi bo’lib, ularni keng amaliyotda joriy etishda xalqning psixologiyasi, uning ming yillar davomida shakllanib, ongi va xotirasida saqlanib, mustahkam o’rnashib ketgan an’anlar, rasm-rusumlar va odatlar qatorida o’z o’nini topishiga aloqador mahalliy hamda milliy o’ziga xoslikni hisobga olish zarur.
O’zbek xalqi va O’zbekistonda yashayotgan boshqa millat vakillarida asrlar davomida shakllanib, sayqal topgan muomala madaniyati, odob-axloqqa aloqador fazilatlar va qadriyatlar borki, ular dunyo sivilizatsiyasi doirasida juda yuqori baholanib kelinmoqda. Lekin anashu olijanob insoniy fazilatlarda ayrim jihatlar borki, ular aynan psixologik treningni tashkil etish va o’tkazishda o’ziga xos xususuyatlarni keltirib chiqaradi. Masalan, o’zgalar fikrini tushunishga erishish, shaxs, yoshi va hayotiy tajribasini, jamiyatdagi obro’ etiborini har qanday sharoitda ham hisobga olish, tanqid yoki o’z-o’zini tanqid qilishda yuz xotirlik fazilatlari, o’z hissiy kechinmalarini o’zgalar oldida ochiq oydin izhor qilmaslik, Yevropa mamalakatlari standartlari bo’yich ijtimoiy psixologik treningni tashkil qilish va o’tkazishga monelik qilishi mumkin.
Xalqning, ayniqsa, yoshlarning yangiliklarga intiluvchanligi, yangi innovatsion texnologiyalar, xorijiy tillarni o’rganishga intiluvchanligi va bu boradagi yoshlar iqtidorini hisobga oladigan bo’lsak, ularda jahon talablari darajasida treninglarni uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo’g’inlarida,
shuningdek, ijtimoiy muhitni sog’lomlashtirish, faollikni oshirish borasida har qanday vaziyat yoki omil doirasida etnopsixologik va hududiy o’ziga xosliklarni hisobga olib, mashg’ulotlarni tashkil etilishi va o’tkazilishi foydadan holi bo’lmaydi.
Ijtimoiy psixologik treningni tashkil etishning hududiy va milliy jihatlarini hisobga olib tashkil qilishda quyidagi tamonlarga e’tibor qaratish mumkin:
Birinchidan, har bir treningning maqsadiga oydinlik kiritilayotganda, uning qaysi toifali kishilarga mo’ljallanganligiga qarab tahlil qilish kerak. Masalan, ayrim psixodramatik o’yinlarda kattalar va kichiklar, erkaklar va ayollar, xattoki, turli kasb egalari va nasab vakillari aralash ishtirok etilavergan. Lekin bizning sharoitimizda agar katta yoshlilar bilan yoshlarni, mansabdorlar bilan oddiy fuqarolarni, erkaklar bilan ayollarni qo’shib trening o’tkazish rejalashtirilsa, u o’zining yaxshi samarasini bermasligi mumkin. Tajribalardan shu narsa ayon bo’ladiki, treningni boshlashdagi kirish qismida ishtirokchilar o’rtasidagi psixoemotsional tanglikning oldini olish uchun erkin muloqot yoki xushomadlar qilish mashqlari ham aralash jinsli auditoriyalarda juda qiyinchilik bilan kechadi. Yoki boshliq bilan xodim birga bo’lgan hyollarda,odatda rollar almashinuvi mavjud bo’lib, ular sun'iy ravishda o’zgartirilganda ham, ular xulqida tortinchoqlik, xavotirlanish, ko'nglidagi bor gaplarni ayta olmasliklarni uchratish mumkin. Shuning uchun qisqa vaqt oralig’ida o’tkazilgan treninglarda guruh a'zolarini yuqorida keltirib otilgan o’ziga mos toifalarga qo’shish jonliroq, samaraliroq muloqotlarga sabab bo’ladi.
Ikkinchidan, treningda ishtirokchilarning yashash shart-sharoitlari, yashash xududi ham hisobga olinishi zarur. Masalan, shahar va qishloq ishchilar shaharchasi vakili bilan dehqonlar o’rtasidagi muloqotlardan tez samara olish ham oson emas. Xattoki, bunday toifali insonlar ‘tiliga’ xos jihxatlar ham mavjudki, ular muloqot paytida qiyinchiliklar va ruhiy anglashilmovchiliklarni keltirib chiqaradi.
Uchinchidan, o’yin usullarini T-guruhlarda qo’llashda ham kutilgan natijaga erishish uchun milliy qadriyatlar, milliy ta'b va did hisobga olinishi kerak. Kattalar guruhida o’yinni tashkil etish uchun guruh ishtirokchilarini ko’proq psixoemotsional qo’nikishlariga imkon yaratish, bir-birlarini yanada yaxshi tanib olishlariga sharoitlar yaratish zarur. Chunki bizning xalqimizda begonalar oldida o’z hissiyotlarini yashirish, tortinchoqlik istihola qilish sifatlari borki, shu sababli odam sun'iy o’yin sharoitiga ko’nikish uchun ma'lum vaqt talab qilinadi.
To’rtinchidan, kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, masalan, qizlar guruhi alohida o’yin sharoitiga qo’yilganda, bemalol, emotsional jihatdan boy treninglar ko’rsatadilar, unda ular ham erkak ham ayol, ham katta, ham kichik rollariga bemalol kira oladilar. Yigitlarning sof guruhida ham ikkala rolni uddalash hollari kuzatiladi. Lekin aralash guruhlar sharoitida bunday samaraga erishish uchun ko’proq vaqt, psixologik-pedogogik mahorat va qaytarishlar talab qilinadi. Shuning uchun ham O’zbekiston sharoitida ijtimoiy psixologik treningni tashkil etishga juda puxta tayyorgarlik ko’rish, guruhlarni shakllantirishda yosh, jins va mavqeiga bog’liq jihatlarni hisobga olish, mashqlantirishni (trenirovkalarni) ma'lum ma'noda o’zroq muddatli qilib tashkil etishga e'tibor berish zarur. Ayniqsa, bu o’rinda boshlovchi-trener shaxsiga beriladigan e'tibor katta. Chunki, agar u ko’proq tashabbuskorlik qilib, o’z ‘eruditsiyasini’ namoyon qilib qo’ysa, munozara qisqa bo’lishi, yoki tajribasizligi ayon bo’lib qolsa ham muloqot samarasiz yakunlanishi mumkin. Shuning uchun ham jiddiy tayorgarlikdan o’tgan, trening tajribasiga ega bo’lgan malakali mutaxassis bo’lishi maqsadga muvofiq u nafaqat ayrim shaxslar va guruhlar psixologiyasini, balki milliy psixologiyani maxsus ravishda o’rgangan, o’ta kuzatuvchan va bilimdon shaxs bo’lishi zarur.
O’zbekistonda mavjud bo’lgan psixologlar tayyorlovchi oliygoh ham o’z dasturlari doirasida ana shunday nazariy hamda amaliy malakalarga ega bo’lgan mutaxassislarni tayyorlashga alohida e'tiborni qaratmoqlari, psixologiya oliygoh1ari va boshqa yo’nalishdagi o’quv yurtlarida ham ijtimoiy psixologik trenerning o’sha ixtisoslikka aloqador mashqlarini o’quv dasturlariga kiritish lozim. Faqat shundagina, biz sinfga kirib o’quvchilardan cho’chimaydigan, balki ular faoliyatini ilmiy jihatdan to’g’ri tashkil eta oladigan bilimdon o’qituvchilarni, o’z jamoasidagi har bir a'zo bilan, boshliq yoki bo’ysunuvchi xodim (tobe odamlar) bilan to’g’ri munosabatlar o’rnata oladigan ziyoli shaxslarni ijtimoiy faoliyatning turli sohalariga oldindan qisman tayyorlagan bo’lamiz. Shu narsani yana hisobga olish lozimki, IPTlar mehnat jamoalaridagi ijtimoiy xodimlar - psixolog, sotsiolog va boshqalarning ham odatiy ishlaridan biriga aylanishi, joylardagi mutaxassislarni psixologik korreksiya qilishda treninglardan unumli foydalanish kerak. Ana shundagina, mamlakatimizda demokratik jarayonlarga odamlarni va yaxlit guruhlarni tayyorlash ishi yanada jadallashadi va sharqona demokratik tamoyillar har bir shaxsning ongi (shuuri)ga aylanadi.

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling