Psixologik trening


Psixogimnastik treninglar. “Bosh xarflar gimastikasi”


Download 0.66 Mb.
bet138/168
Sana19.09.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1681388
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   168
Bog'liq
Psixologik trening

Psixogimnastik treninglar. “Bosh xarflar gimastikasi”


Maqsad: ishtirokchilarni faollashtirish.
Jarayon: barcha ishtirokchilardan bir biridan 1 metr masofada erkin turib olish so’raladi, so’ngra o’z ismlarini bosh harfini birinchi o’ng qo’li bilan havoda katta qilib chizish so’raladi. Chizishda iloji boricha vertikal va gorizontal eng uzoq nuqtalargacha cho’zilib harfni havoda yozishga harakat qilish so’raladi. Harakat birinchi o’ng qo’lda bajarilgach, huddi shu harakat (ya’ni ismining bosh harfini havoda katta qilib chizish) chap qo’lda, so’ngra ikki qo’lda bajarilishi kerak bo’ladi. Ushbu mashg’ulot, asosan, ishtirokchining qon aylanish va suyak to’qima tizimini faollashtirishga, buning natijasida esa uning aqliy ishlash qobiliyati hamda diqqat ko’lamini ortishiga zamin yaratadi.


“Tug’ilgan kun”




Maqsad: ishtirokchilarni o’zaro yaqinlashtirish, tana harakati orqali fikrni bayon qilishni o’rganish.
Jarayon: ishtirokchilardan umuman gapirmasdan, lab-yuz mimikalaridan foydalanmay tana harakatlari orqali bir birining qaysi sanada tug’ilganligini bilib olish hamda bir qator bo’lib yil oylari (yanvar, fevral, mart…) ketma- ketligida saflanish so’raladi. Hamma turib olgach, sanalar ketma-ketligi to’g’ri ekanligini tekshirish uchun trener yanvar oyida tug’ilgan ishtirokchini aniqlaydi va undan keyingi turganlar navbati bilan o’zi tug’ilgan sanani aytishi lozim sanalar esa o’z o’rnida ketma-ket tarzda bo’lishi kerak.


“Ovozsiz qurilish”




Maqsad: jamoaviylikni shakllantirish, o’zaro tushunishni tarkib toptirish; ijodkorlik va tasavvurni rivojlantirish.
Jarayon: ishtirokchilardan ikkita teng jamoa hosil qilinadi. Jamoalar alohida alohida turib olishlari kerak. Shundan so’ng shart tushuntiriladi. Jamoalarga biror bir shakl yoki narsani nomi aytilganda jamoa bilan birgalikda
20-30 sekund (ko’pi bilan 1 minut vaqt berish mumkin agar shunda ham qiynalishsa trener ularga ayrim narsalarni aytib yordam berishi maqsadga muvofiq) ichida o’sha shakl yoki narsani ifodalovchi yodgorlik yoki haykal ko’rinishini hosil qilishlari lozim. Ushbu qurilish jarayonida umuman gapirish mumkin emas, faqat tana harakati, qo’llar va mimika bilan bir biri bilan gaplashishlari, tushuntirishlari mumkin. Ishtirokchilarga shart tushunarli bo’lgach ularga 1-uchburchak shaklini hosil qilish buyrug’i beriladi, bu sinov vazifasini otab ular shartni to’g’ri bajarishni o’rganib olishlari uchun, undan keyingi shartlar biroz qiyinlashib boradi. 2-besh burchak shaklini hosil qilish buyrug’i beriladi; 3-toshbaqa hayakali ko’rinishini hosil qilih; 4- jangovor tank ko’rinishini hosil qilish; 5-boqiylik yodgorligini hosil qilish (bunday haykal yo’qligini hisobga olib ulardan shartga ijogkorona yondoshish so’raladi); 5- mustahkam sevgi haykalini hosil qilish; 6-minoradagi soat shaklini hosil qilish; 7-donishmandlik haykalini hosil qilish; 8-bemanilik haykalini hosil qilish.
Mashg’ulot ohirida ayni bir jamoa g’olib bo’ldi deb aytilmaydi, faqatgina qaysidir bir jamoa qaysidir shartda tezroq yoki aniqroq shartni bajarganliklarini (har ikki jamoadan ham misollar keltirib) ta’kidlab o’tishi mumkin. SHundan so’ng trener ishtirokchilardan nimalarda qiynalishgani, nima oson kechgani, qanday qilib bir birlarini tushunishgani, qanday ko’nikmalar ularga qo’l kelgani, real hayotda ham biror vazivafani bajarishda ham shu mashg’ulotdan olingan ko’nikmalar ularga qo’l kelishi mumkinmi kabi savollar beriladi va ixtiyoriy ishtirokchi savolga qisqacha javob berishi mumkin. Bunda savollar muhokamasiga 15-20 daqiqa ajratish kifoya hamda ishtirokchilar o’z fikrlarini ifoda etishayotganlarida qisqa va aniq gapishirish so’ralishi maqsadga muvofiq



Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling