Psixologik trening


Download 0.66 Mb.
bet141/168
Sana19.09.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1681388
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   168
Bog'liq
Psixologik trening

«Yuqori energiya»




Maqsad: qisqa muddatli energiya quvvati va uni to’g’ri qo’llay bilish mahoratini shakllantirish.
Bajarish vaqti: 3 daqiqa.
Bajarish tartibi: tungi yorqin osmonni tasavvur qiling. O’zingiz uchun eng charaqlagan yulduzni tanlang. Mana endi … uni yutib yuboring , u sizning
ichingizda yorilib ketib, butun tanangizni energiya bilan to’ldiradi.
Energiya organizmingizning barcha hujayralariga kirib boradi va sizni nimadir qilish, biror narsani o’zgartirish yoki to’g’rilashga undaydi. Dadilroq harakat qiling!


«Davolovchi xotira» (Kuzatuv texnikasi)




Maqsad: ijobiy emotsiyalar faollashuvi, ichki resurslarni tiklash, ijobiy tafakkur darajasiga ko’tarish va tushkunlik holatidan olib chiqish.
Bajarish vaqti: 5 daqiqa.
Bajarish tartibi: qulayroq o’tirib yoki yotib oling. CHuqur nafas olib, uni 10 soniya ushlab turing, shundan so’ng nafasingizni bir tekisda chiqaring.
Mashqni uch marotaba takrorlang. Nafas olishning tabiiy surhatiga qayting. Har safar nafas olganingizda tanangiz va ongingiz bo’shashayotganini his qilasiz
… Shovqinlar, tovushlar, yuz tuzilishlari, muammolar suv kabi oqib ketadi … Borgan sari nari ketib boradi ….
O’tmishda siz bilan bir qancha yoqimli hodisalar sodir bo’lgan. Siz anchadan buyon ular haqida o’ylamaysiz. Bahzilari juda ahamiyatli, bahzilari esa unchalik emas. Biroq ular sizni xursand qila olgan va baxt keltirgan.
O’zingizning baxtli onlaringiz, daqiqalaringizni, sizni baxtli qila olgan, sizga eng orombaxsh lahzalarni bera olgan eng go’zal kunlarni hayotingizga qaytaring.
Sevgan va sevimli bo’lgan soatlarni, lahzalarni qaytaring. Omad cho’qqilarida sarmast bo’lib yurgan vaqtingizga qayting. Mana shu baxtli o’tmishga qayting, uni eshiting, ko’ring va his qiling.
Takrorlanmang, shoshilmang, har bir obrazga o’zini yana namoyon qilishi uchun imkon bering. Seans so’ngida beshgacha sanang va asta-sekin real hayotga qayting!



Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling