Stress va agressiv holatlarni yengillashtirishga mo’ljallangan psixokorreksion (meditativ) mashqlar to’plami
“Mobilizatsiya” (safarbarlik) mashqi
Maqsad: kuch va energiyani tiklash, boshlangan ishni davom ettirishga kirishish uchun umumiy tayyorgarlik.
Bajarish vaqti: 5 daqiqa.
Bajarish tartibi: Chuqur nafas olib, chiqaring. Ushbu harakatni 5 marotaba takrorlang. Xayolan quyidagi iborali formulani takrorlang:
Men yaxshi dam oldim ....
Mening kuchlarim yana tiklandi ....
Butun tanamda energiya manbaini his etyapman ....
Fikrlarim aniq va tushunarli ....
Mushaklarim hayotiy kuch bilan to’lmoqda ....
Ishlashga tayyorman, huzurbaxsh dush qabul qilgandekman ....
Tanamda yoqimli titroq va shabada his qilyapman ....
CHuqur nafas olyapman … keskin nafas chiqaryapman ... salqinlik ....
Boshimni ko’taryapman (yoki turyapman) ... ko’zlarimni ochyapman ....
Meditativ nafas konsentratsiyasi (Nafas texnikasi)
Maqsad: to’laqonli bo’shashish, nafas jarayonini bir maromga keltirish, ichki barqarorlik, emotsional reaktsiyaga erishish muvaffaqiyati.
Bajarish vaqti: 3–5 daqiqa.
Bajarish tartibi: qulay joylashib oling. Tanangizni bo’shashtiring. Diqqatingizni nafas olishga qarating. Nafas olishning tabiiy usulini o’zgartirmang, biroq uni nazorat qiling.
O’zingizga: «Men nafas olayotganimni his qilyapman nafas
chiqarishimni his qilyapman», deb ayting. Mashq bir necha marotaba bajarilgandan so’ng, parishonlik holati yo’qolib, diqqatning bir joyga jamlanishi mukammallashib boradi.
Izoh: oddiy ekanligiga qaramay, ushbu mashq juda samaralidir. Faqat uni to’g’ri qo’llay bilish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |