Psixologik trening
«Vahimadan qutulish usuli» (Kuzatuv texnikasi)
Download 0.66 Mb.
|
Psixologik trening
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Billur sayohat» (Kuzatuv texnikasi)
«Vahimadan qutulish usuli» (Kuzatuv texnikasi)Maqsad: vahimadan qutulish, xavotirlilik, kutilayotgan stressli vaziyatga tayyorgarlik. Bajarish vaqti: 5–10 daqiqa. Bajarish tartibi: bo’shashing, oydin kun, maysalar bilan bezangan ajoyib bir o’tloqda o’tiribman, deb tasavvur qiling … Osmonga kamalak o’zining baxmaldek nurlarini taratib turibdi. Bu tarovatning bir qismi sizga tegishli … u quyoshdan-da yorqinroq … Uning nurlari boshingiz va tanangizni mayin va yoqimli silab o’tyapti, butun tanangizga singib borgani sari o’zingizdan xavotirlikli, tashvishli, salbiy hissiyotlarga to’la xayollar, qo’rquvlarning ortga chekinib borayotganini his qilasiz Tanangizdagi nosog’lom qismlar mayin shamolga singib ketadigan qora tutunga aylanib, sizni tark etishini his etasiz. Siz xavotirlikdan xolisiz, siz suvdek beg’uborsiz, kayfiyatingiz ham ko’tarinki!!! «Billur sayohat» (Kuzatuv texnikasi)Maqsad: emotsional hordiq, o’z muammolarini anglash va ularni yengish choralarini topish, ijobiy emotsiyalarga erishish. Bajarish vaqti: individual. Bajarish tartibi: qulay o’tirib oling, bo’shashing, ko’zlaringizni yuming. Tasavvur qiling: siz olmazorga kirib bordingiz, xiyobon bo’ylab sekin-asta qadam qo’ydingiz, dimog’ingizga oq, pushti gullarning yoqimli hidlari urildi va siz undan bahramand bo’lasiz. Tor yo’lakdan yurib borar ekansiz, qandaydir eshikka duch kelasiz, uni ochganingizda esa yoqimli tarovat taratib turgan maysazordan chiqib qolasiz. Maysalar mayin shabbodada ohista tebranib turibdi, hasharotlarning tabiat bilan uyg’unlashib ketgan ovozlari, mayin shabada esa sochingiz, yuzingizni silab o’tmoqda … qarshingizda keng, yastangan ko’l … suv ko’m-ko’k, tiniq, guyo kumushrang tus olgandek. Siz sohil bo’ylab orol tomonga yura boshladingiz va sharsharaga yaqinlashdingiz … uning o’rtasiga kirib borar ekansiz, boshingizdan to oyoqlaringiz uchigacha beg’uborlik suvida tozalanayotganingizni his qilasiz. Obihayot sizni kuch va energiya bilan to’yintirmoqda. Sharshara ortida g’or bor. U joy sokin bo’lib, unda tanho qolish imkoniyatingiz bor. Ana endi ortga qaytish vaqti yetdi. Endi xayolan o’z yo’nalishingizdan ortingizga qayting va olmazordan chiqing. Shundan so’ng, ko’zlaringizni oching. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling