Psixologik trening
Effektivlilik me’zonlari va D.Kirkpatrik bo‘yicha guruhiy me’zonlar: reaksiya, o‘rganish, xulq-atvor me’zoni, natijaviylik me’zoni
Download 0.66 Mb.
|
Psixologik trening
Effektivlilik me’zonlari va D.Kirkpatrik bo‘yicha guruhiy me’zonlar: reaksiya, o‘rganish, xulq-atvor me’zoni, natijaviylik me’zoni.Trening dasturlarining samaradorligini baholash. Trening amaliyoti bilan bog'liq eng muhim masalalardan biri, davom etayotgan dasturlarning samaradorligini baholashdir. Baholash natijalari aniq dasturlarni keyinchalik takomillashtirishda hisobga olinadi, shuningdek, treninglarning eng to'g'ri va samarali dasturlar va texnikalar ekanligini aniqlashdan ibotar. Hozirgi vaqtda mashg'ulotlar samaradorligi quyidagilar asosida baholanmoqda: trening qatnashchilarining mustaqil hisobotlarini tahlil qilish, psixologik diagnostika vositalaridan foydalangan holda ekspert bahosi, ish faoliyatini baholash. Hozirgi kunda eng mashhur va tez-tez ishlatiladigan bo'lib D.L. Kirkpatrik trening samaradorligini baholash modelidir. U 1959 yilda taklif qilingan. Dastlab D.L. Kirkpatrik to'rtta bahoni taklif qildi.16 Shunday qilib, trening samaradorligini baholashning zamonaviy modeli D.L Kirkpatrik fikricha quyidagi shaklga ega: Eng to'liq (va eng mashhur) bu 14 Левкин В.Э. Сотсиально-психологический тренинг для психолога: учебное пособие. М.: Берлин: Директ-Медиа, 2016. С. 77. 15 Психогимнастика в тренинге / Под ред. Н.Ю. Хрящевой. СПб.: Речь, Институт Тренинга, 2004. 256 с.; Сидоренко 16 Ничепорук Л.М. Сотсиально-психологический тренинг профессиональных навыков: проблема переноса // Организатсионная психология. 2015. №1. том 5. С. 93. D.L. Kirkpatrik tomonidan taklif qilingan trening samaradorligini baholash sxemasini ishlab chiqqan. Kirkpatrik bu trening samaradorligini baholashning to'rtta darajasiga ajratishni taklif qiladi. Keyinchalik ushbu trening samaradorligini baholsh yana beshinchi darajaga, ya'ni “investitsiyalarning daromadliligi darajasi” bilan to'ldirildi. Oxirgi daraja, trening unga sarflangan pulni qanchalik oqlaganligini baholash uchun ishlab chiqilgan. Trening samaradorligini baholashning zamonaviy modeli D.L Kirkpatrik bo’yicha: Trening qatnashchilarining individual reaktsiyalari. Mashg'ulotlar so'ngida ular olgan bilim va ko'nikmalar. Ishchilarni mashg'ulotdan so'ng ish joyidagi xatti-harakatlari. Umuman tashkilot uchun erishilgan natijalar. Investitsiyalarning daromadliligi darajasi(rentabelligi) Kirkpatrik tomonidan trening dasturlarini baholash uchun so'rovlar tashkil qilingan bo’lib, unga ko’ra: Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling