Psixologik trening
Download 0.66 Mb.
|
Psixologik trening
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Impuls”
“Doira ichida doira”Maqsad:ishtirokchilar o’rtasida o’zaro tanishuv bir birini ismini eslab qolish o’zaro yaqinlikni shakllantirish. Jarayon: ishtirokchilarni teng ikki guruhga birlashtirib olinadi, birinchi guruh doira shaklini hosil qilib turib olishlari kerak(agar trening auditoriyada bo’lsa ishtirokchilar stullardan foydalanib o’tirib olganlari maqbul), ikkinchi guruh esa birinchi guruh shakllantirgan doira atrofida yana bir doirani yuzaga keltiradilar. Shart shunday: ishki doirada o’tirgan ishtirokchilar ketma-ket o’z ismini aytib qo’shimcha sifatida o’z ismining bosh harfiga monand biror bir ijobiy sifat aytishi lozim. Masalan: Oxunjon-odobli, Davronbek-dadil…Bunda tashqi aylanadagi ishtirokchilar ichki aylanadagi ishtirokchilarning ismi va sifatini yodlab qolishlari so’ralsdi. Ichki aylanadagilarning bari ismi va sifatini aytib bo’lgach tashqi aylanadagi ishtirokchilarning har biri ichkaridagilarni har birini ismi va sifatini aytib chiqadilar. Bu jarayon o’z yakuniga yetgach, tashqi va ichki aylanadagilar o’zaro o’rin almashadilar. Endi esa ichki aylanani hosil qilgan guruh bir chekkadan hamma huddi avvalgi ishtirokchilar kabi ismi va va ismini bosh harfiga monand ijobiy sifat aytib chiqadilar. Tashqi aylanani hosil qilgan ishtirokchilar esa yuqoridagi kabi har biri ichkaridagi har bir ishtirokchi ismi va sifatini aytib chiqishlari lozim. Bu orqali ishtirokchilar bir birlarini ismini va qo’shimcha bir sifatini ham bilib olishlari mumkin bo’ladi. “Impuls”Maqsad: jismonan yaqinlik ruhiy yaqinlikni shakllantirish, diqqat va reaksiyani rivojlantirish. Kerakli resurslar: 1 ta stul va 1 ta ruchka. Jarayon: ishtirokchilardan ikkita teng guruhlar shakllantiriladi. Alohida har bir guruh bir qator bo’lib saflanishadi. Ishtirokchilar bir birlarini qo’llarini ushlab olishlari kerak. Qator oxirida turgan ishtirokchi o’zidan oldingi ishtirokchini qo’lini yengil siqish orqali keyingi ishtirokchiga impuls beradi va bu impuls shu tarzda qator boshiga yetib kelishi kerak. Impuls yetib kelgandagina qator boshidagi ishtirokchi ikkita guruhning o’rtasiga stul ustiga qo’yilgan ruchkani olishi lozim. Qaysi bir jamoaning impulsi birinchi yetib kelib uning boshidagi ishtirokchi ruchkani olishga ulgursa o’sha ishtirokchi o’z jamoasi qatorining oxiriga borib turib impuls beruvchi vazifasiga o’tadi. O’yin qaysidir bir jamoaning birinchi impulsni berib boshlagan ishtirokchisiga qaytib navbat kelgunigacha davom etadi. Va o’sha jamao g’olib sanaladi. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling