Psixologik trening


Faol va empatiya bilan tinglash texnikasi va ‘zaro muloqot jarayonida sheriklarning emotsional sohasini hisobga olish


Download 0.66 Mb.
bet79/168
Sana19.09.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1681388
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   168
Bog'liq
Psixologik trening

Faol va empatiya bilan tinglash texnikasi va ‘zaro muloqot jarayonida sheriklarning emotsional sohasini hisobga olish.


  • Refleksiya va muloqot treningiarining umumiy tuzilishi.



    Tayanch iboralar: muloqot, muloqotchanlik, effektiv o‘zaro munosabatlar, verbal va noverbal muloqot, empatiya, refleksiya.


    Muloqot shaxslararo munosabatlarda biz uchun havodek ahamiyatga egadir.


    Y.Melibruda
    1. Shaxslararo munosabatlarda ijtimoiy-psixologik treninglar.


    Shaxs — ijtimoiy munosabatlar mahsuli deyilishining eng asosiy sababi — uning doimo insonlar davrasida, ular bilan o’zaro ta’sir doirasida bo’lishini anglatadi. Bu shaxsning eng yetakchi va nufuzli faoliyatlaridan biri muloqot ekanligiga ishora qiladi.
    Insoniy munosabatlar shunday o’zaro ta’sir jarayonlariki, unda shaxslararo munosabatlar shakllanadi va namoyon bo’ladi. Bunday jarayon dastlab odamlar o’rtasida ro’y beradigan fikrlar, his-kechinmalar, tashvishu-quvonchlar almashinuvini nazarda tutadi. Odamlar muloqotda bo’lgani sari, ular o’rtasidagi munosabatlar tajribasi ortgan sari ular o’rtasida umumiylik, o’xshashlik va uyg’unlik kabi sifatlar paydo bo’ladiki, ular bir-birlarini bir qarashda tushunadigan yoki “yarimta jumladan” ham fikr ayon bo’ladigan bo’lib qoladi, ayrim hollarda esa ana shunday muloqotning tig’izligi teskari reaktsiyalarni — bir-biridan charchash, gapiradigan gapning qolmasligi kabi vaziyatni keltirib chiqaradi. Masalan, oila muhiti va undagi munosabatlar ana shunday tig’iz munosabatlarga kiradi. Faqat bunday tig’izlik oilaning barcha a’zolari o’rtasida emas, uning ayrim a’zolari o’rtasida bo’lishi mumkin (ona-bola, qaynona-kelin va h.k.).
    Muloqot faoliyatini shunday shart-sharoitki, unda har bir shaxsning individualligi, betakrorligi, bilimlar va tasavvurlarning xilma-xilligi namoyon bo’ladi va shunisi bilan u insoniyatni asrlar davomida o’ziga jalb etadi.
    Har qanday faoliyatdan zerikish, charchash mumkin, faqat odam muloqotdagi, ayniqsa, uning norasmiy samimiy, bevosita shaklidan charchamaydi, yaxshi suhbatdoshlar doimo ma’naviy jihatdan rag’batlantiriladilar.
    Bugungi zamonaviy asrimizda odamning eng tabiiy bo’lgan muloqotga ehtiyoji, uning sirlaridan habardor bo’lish va o’zgalarga samarali ta’sir eta olishga bo’lgan intilishi yanada oshdi va buning qator sabablari bor.

    Download 0.66 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   168




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling