Psixologik treningni tashkil etish. Trenerning shaxsi va kvalifikatsiyasi m. m abdukarimov


TRENINGNI BIRINCHI KUNIDAGI ASOSIY QISMLAR HAQIDA TUSHUNCHA


Download 10.8 Kb.
bet3/4
Sana12.11.2023
Hajmi10.8 Kb.
#1768297
1   2   3   4
Bog'liq
2-MAVZU. PSIXOLOGIK TRENINGNI TASHKIL ETISH

TRENINGNI BIRINCHI KUNIDAGI ASOSIY QISMLAR HAQIDA TUSHUNCHA

Trener birinchi navbatda nima haqda o`ylashi lozim? Eng avvalo mavjud guruhning motivatsiyasi, guruhdagi har bir ishtirokchining motivlari haqida (ongli holdami yoki ong osti holatidami) bilishga harakat qilishi lozim.

Treningni birinchi kuni ishtirokchilarning joylashuvi bilan boshlanadi.

GURUHIY NORMALARNI ISHLAB CHIQISHNING MAQSADI VA AHAMIYATI

Har qanday trening trenerning qisqacha informatsiya berishi bilan boshlanadi. Bunda u treningning maqsadi, vazifalari, shuningdek, ishtirokchilar egallashi mumkin bo`lgan omillar haqida gapiradi. Ya’ni ishtirokchilarga trening haqida tushuncha, uning qanday tashkil qilinishi, o`tkazilishi va ishtirokchilar trening oxirida qanday natijalarga erishishi mumkinligi tushuntiriladi.

Keyingi bosqichda trener guruh a’zolari bilan mashg’ulot davomiyligini kelishib olishi kerak. Mashg’ulot davomiyligi quyidagicha bo`lishi maqsadga muvofiq:

1. Haftasiga 4-5 kun 8 soatdan (orada 1 soat, 30 minut tanaffus beriladi). Bu eng samarali natija beradi. Haftasiga 2-3 kun har kuni 4-5 soatdan.

2. Haftasiga 1 kun 3-4 soatdan. Kamroq samara berishi kutiladi. Trener guruhning motivatsiyasini aniqlash uchun guruhga qabul qilinadigan har bir ishtirokchi bilan individual suhbat olib borishi lozim.

TANISHUV TRENING JARAYONIDA QO’ILANILADIGAN TANISHUV TURLARI

«Yaqinlaringiz sizni nima uchun qadrlashadi?»

«Aynan qaysi jihatingiz o`zingizga ko`proq yoqadi?»,

«Boshqalardagi qanday hislatlarni qadrlaysiz?»

«Bolaligingizda sizni qaysi nom bilan chaqirishgan»

«O’zingizni qaysi multik qahramoniga qiyoslagan bo’lardingiz?»

1. Intervyu usuli. Bunda ishtirokchilar trener tomonidan juftliklarga bo`lib chiqiladi. Buning uchun ishtirokchilar mevalar, gullar, daraxtlar, hayvonlar, qushlar va h.k.larning qaysi birini yoqtirishiga qarab ajratiladi. Guruhga bo`linayotganda 1,2,3 deb raqamlar asosida guruhlarga bo`lish tavsiya etilmaydi. Juftliklarga bo`linganlaridan so`ng ular bir-birlaridan intervyu oladilar. Buning uchun savol javoblar uchun ularga 10-15 min. vaqt beriladi. Shundan keyin har bir ishtirokchi o`zining sherigini guruh a’zolariga qisqa, lo`nda va iloji boricha batafsilroq tarzda tanishtirishi lozim bo`ladi.


Download 10.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling