Psixologiya fani haqida tushuncha va uning rivojlanish tarixi Reja


Download 55.3 Kb.
bet9/11
Sana04.02.2023
Hajmi55.3 Kb.
#1165854
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Psixologiya fani haqida tushuncha va uning rivojlanish tarixi Re

Laboratoriya metodi yordami bilan diqqatning sifatlari, sezgi, idrok, xotira va tafakko`rning xususiyatlari, emotsional hamda irodaviy va aqliy zo’riqish singari murakkab psixik holatlar tekshiriladi. Ko’pincha laboratoriya sharoitida kishilar (uchuvchi, shofyor, operator, elektronchilar) va kutilmagan tasodifiy vaziyatlar (halokat, portlash, izdan chiqish, shovqin ko’tarilishi)ning modellari yaratiladi. Asboblarning ko’rsatilishi bo’yicha o’zgarishlar, rivojlanish dinamikasi, jismoniy va aqliy toliqish, emotsional-irodaviy, asabiy zo’riqish, jiddiylik, tanglik qanday sodir bo’layotganini ifodalovchi ma’lumotlar olinadi.
Tajriba (ekspement) aniqlovchi, tarkib toptiruvchi (tarbiyalovchi) va tekshirish (nazorat) qismlariga bo’linadi. Eksperimentning aniqlovchi qismida psixik xususiyat, jarayon yoki holat, o’yin, mehnat, o’qish kabi faoliyatlarda tadqiq qilinadi. Tadqiqot ob’ektining aynan shu paytdagi holati, imkoniyati aniqlanadi, lekin tekshiruvchi sinaluvchiga sub’ektiv ta’sir o’tkazmaydi. Shu pallada sinaluvchiga xatto, yo’llovchi savollar bilan ham bermaslik eksperimentning printsipi hisoblanadi.
Tarkib toptiruvchi (shakllantiruvchi) eksperimentda (tajribada) sinaluvchilarda biror fazilatni shakllantirish, shuningdek, ularga maqsadga muvofiq muayyan malaka, yo’l-yo’riq va usulni o’rgatish rejalashtiriladi. Eksperiment yakka, guruh va jamoa tarzida o’tkazilishi mumkin. Buning uchun tajriba materialining hajmi, ko’lami, qancha vaqtga mo’ljallanganligi, nimalar o’rgatilishi, sinaluvchilarni psixologik jihatdan tayyorlash oldidan belgilab qo’yilishi shart.
Tekshirish yoki nazorat eksperimentida (tajribasida) tarkib toptiruvchi (shakllantiruvchi) bosqichda shakllantirilgan usul, vosita, yo’l-yo’riq, ko’nikma, malaka va shaxs fazilatlarining darajasini, barqarorligini aniqlash, ta’sirchanligiga ishonch hosil qilish uchun mohiyati har xil mustaqil topshiriqlar beriladi. Tekshirish (nazorat) tajribasi orqali tarkib toptiruvchi sinaluvchiga mutlaqo yordam berishi mumkin emas, aks holda tadqiqot o’tkazish printsipi buziladi.

Download 55.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling