Psixologiya fanining dolzarb vazifalari, predmeti va metodlari


O‘smirlarning intelektual rivojlanishi


Download 0.52 Mb.
bet75/106
Sana02.01.2022
Hajmi0.52 Mb.
#201774
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   106
Bog'liq
psixologiya ma`ruza

O‘smirlarning intelektual rivojlanishi.

Nutqning  rivojlanishi.O‘smirlik davrida nutqning rivojlanishi bir tomondan so‘z boyligining oshishi hisobiga bo‘lsa, ikkinchi tomondan tabiy va jamiyatdagi narsa, voqea va xodisalarning mazmun mohiyatini anglashlari hisobiga bo‘ladi. Bu davrda o‘smir til yordamida atrof –borliqni aks etirilishi bilan bir qatorda inson dunyo qarashini ham belgilab berish mumkinligini his qila boshlaydi. Aynan o‘smirlik davridan boshlab inson aynan nutq bilish jarayonlarining rivojlanishini belgilab berishini tushuna boshlaydi. O‘smirni ko‘pincha muomilada so‘zlarni ishlatish qoidalari – «Qanday qilib to‘g‘ri yozish kerak?», «Qanday qilib yaxshiroq aytish mumkin?» kabi savollar juda qiziqtiradi. O‘smirlar maktabdagi o‘qituvchilar, kattalar, ota–onalar nutqidagi kamchiliklariga juda tez e’tibor beradilar, kitob, gazeta, radio va televidenie diktorlari xatoliklariga tez e’tibor beradilar. Bu holat o‘smirning bir tomondan o‘z nutqini nazorat etishga o‘rgatsa, ikkinchi tomondan kattalar ham nutqqoidalarini buzishlari mumkinligini bilishlariga va o‘zida mavjud xotoliklarni bir muncha barham toptirishlariga olib keladi.

O‘smir so‘zlarining kelib chiqish tarixiga, ularni aniq mazmuni va moxiyatiga juda qiziqadi. U endi o‘z nutqida yosh bola singari emas, balki zamonaviy katta odamlar singari so‘zlarni tanlashga xarakat qiladi. Nutq madaniyatini egallash borasida o‘smir uchun o‘qituvchi albatta namuna bo‘lishi shartdir. Aynan maktab ta’limi o‘smir bilish jarayonlarini rivojlanish yo‘nalishini sifat  jihatidan o‘zgarishda asosiy kuchli omil bo‘lib xizmat qiladi. Bilish jarayonlarining rivojlanishida nutq xam og‘zaki , ham yozma mavjud bo‘lishi bilan ham kuchli vosita hisoblanadi. Maktabdagi o‘quv jarayonlarining to‘g‘ri tashkil etilish va amalga oshirilish bilan o‘smir nutqining to‘g‘ri rivojlanishiga sharoit yaratiladi. Nutqni o‘zlashtirishga xarakat bu o‘smirning muomala, bilish va ijodiy faoliyatga kirilishiga extiyoj va intilish hisoblanadi.

O‘smirlik davrda o‘qishva yozma  monologik nutqham jadal rivojlanadi. 5–sifndan boshlab to 9–sinfgacha o‘qish to‘g‘ri, tez va ifodali bo‘lish darajasidan, yoddan ifodali, ta’sirli aytib bera olish darajasigacha ko‘tariladi. Monologik nutq esa asardagi kichik bir parchani qayta so‘zlab berishdan, mustaqil ravishda nutq va chiqishlar tayyorlash, og‘zaki muloxaza yuritish, fikr bildirish va ularni asoslab berishgacha o‘zgaradi. Yozma nutqham yaxshilangan holda o‘smirlar endi ularga berilgan erkin mavzu bo‘yicha mustaqil holda insho yoza oladilar. O‘smirlarning nutqi to‘la tafakkur bilan bog‘liqholatida amalga oshiriladi. 5–6 –sinflardagi o‘quvchilar og‘zaki va yozma matn uchun rejasini tuza oladilar va rejaga amal qila oladalar.


Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling