Psixologiya fannining prinsiplari va tarmoqlari
Determinizm (lotincha determinata)
Download 43.27 Kb.
|
Psixolog faoliyati prinsiplari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ong bilan faoliyat birligi prinsipini psixologiya
Determinizm (lotincha determinata) belgilayman ma’nosini bildiradi) prinsipi tabiat va jamiyat hodisalari, shu jumladan, psixik hodisalarning ob’ektiv sabablar bilan belgilanishi haqidagi ta’limotdir. Shu boisdan psixika, ongning ob’ektiv borliq va nerv sistemasi bilan belgilanishi ilmiy psixologiyaning buyuk yutug‘i hisoblanadi. Shuning uchun determinizm psixikaning turmush tarzi bilan belgilanishini va turmush tarzi o‘zgarishiga mutanosib ravishda u ham o‘zgarishini anglatadi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, hayvonlar psixikasining rivojlanishini biologik qonun tarzidagi tabiiy tanlash mezoni bilan o‘lchanadi. Hayvonlardan farqli o‘laroq insonda ong shakllanishining paydo bo‘lishi muayyan bosqichlar orqali rivojlanishi moddiy ishlab chiqarilish vositalarini yaratish hamda takomillashtirish, mahsulotlarni qayta ishlash qonunlari bilan belgilanadi. Inson ongining ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot xususiyatiga ega ekanligini anglashi (tushunish) shaxs ongining ijtimoiy borliqqa (makro, mikro, mize muhitiga) bog‘liqligi xaqidagi ham tabiatshunoslik, ham insonshunoslik umumiy prinsipga asoslangan buyuk xulosa kishilik jamiyatining olamshumul tantanasidir. Hozirgi davrda determinizmning teskari aloqa, sistemalilik, statiklik ko‘rinishlari mavjud.
2.aOng bilan faoliyat birligi prinsipini psixologiya fanida qabul qilinishi shunday ma’noni anglatadi: a)ong bilan faoliyat bir-biriga qarama-qarshi voqelik emas; b) ong bilan faoliyat aynan biror-biriga o‘xshashi ham emas; v) ong bilan faoliyatning birligi ularning hukm surishi mexanizmidir (kursiv E.g‘.). Faoliyat o‘zining tuzilishi bo‘yicha ichki va tashqi tarkiblariga ega bo‘lsa–da, voqelik tashqi ifodasi bilan ajralib turadi. Ong bo‘lsa faoliyatning ichki rejasini, uning dasturiy jabhasini aks ettiradi. Real vaqtlarning o‘zgaruvchan (rivojlanishini anglatuvchi) modeli ongda yuzaga keladi, odam atrofmuhit bilan munosabatga kirishganda undan mo‘ljal oladi, natijada nuqsonlarga yo‘l qo‘ymaydi. Faoliyat ong yordamida amalga oshadi va o‘z navbatida ong mazkur jarayonda takomillashadi (muammo va uning yechimi variatsiyalar, invariantlar turtki vazifasini o‘ynaydi). Ilmiy tadqiqot nuqtai nazaridan ong bilan faoliyat birligi prinsipi, birinchidan, xulq-atvor, faoliyatni maqsadga muvofiq amalga oshirishga kafolat beradi; ikkinchidan, harakat, sa’i-harakatlarni muvaffaqiyatlarga erishishni ta’minlovchi ichki psixologik mexanizmni aniqlashga imkon beradi; ularning birligi psixikaning ob’ektiv qonuniyatlarini ochishga muhim imkoniyati, puxta shart-sharoit yaratadi. Agarda psixika faoliyat samarasi va mahsuli sifatida talqin qilinsa, u taqdirda psixika va ongning faoliyatda rivojlanish prinsipi to‘g‘ri tushunilgan bo‘ladi. Mazkur prinsip rus psixologlari L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontev, B.M.Teplov, B.G.Ananev va boshqalarning ilmiy tadqiqotlarida o‘z ifodasini topgan. XULOSA Xalq ta`limi tizimidagi psixologik xizmatning maqsadi shaxsning o`sishini ta`minlash psixologik taraqqiyotini ta`minlovchi yuqori darajadagi shart-sharoitlar yaratish, o`rta maktabdagi o`quv tarbiya ishlarini yaxshilash, bu sohada pedogogik jamoaga ilmiy-uslubiy jihatdan yordam ko`rsatishdan iboratdir. Psixologik xizmat xalq ta`limi tizimning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Psixologik xizmatda tadqiqot va ta`sir o`tkazish ob`yekti maktab o`quvchilari,oqituvchilar, ota–onalar bo`lib hisoblanadi. Psixologik xizmat mutaxassislari barcha muammolarni hal qilishda, har qaysi shaxs pedogogik, o`quvchi, ota –ona manfaati va uning har tamonlama uyg`un kelib chiqishini o`rgangan holda yondashadi. Psixolog o`quvchilar xarakterida mavjud bo`lgan yutuqlarni rivojlantirish va kamchiliklarni tuzatish, o`z xatti-harakatlarini kuzatish, tahlil qilish, baholash, o`zining kayfiyat va xulq atvorini boshqarish, ko`nikma va malakalarni rivojlantirish haqida tavsiyalar beradi. Umum o`rta ta`lim maktablarida ish olib borayotgan amaliyotchi psixologlar o`z faoliyati davomida ta`lim muassasining ijtimoiy muhitini muvofiqlashtirishni ta`minlaydi, va ijtimoiy moslashmaslik ularning zo`riqishlarini yuz berishini oldini olish uchun psixologik xizmatning o`rni beqiyos. Psixologik xizmat faoliyati o`quvchilar aqliy faoliyat taraqqiyoti va shaxsiy xususiyatlarini diagnostika qilishga, ta`lim-tarbiyasidagi buzilishlarning psixologik sabablarni aniqlashgagina qaratilmasdan, balki bunday buzilishlarni yo`qotish va oldini olishga qaratiladi. Bunday psixologning aniqlagan va to`plagan ma`lumotlari o`quvchilarni korreksiya qilishda faol ishtirok etish zarurligi kelib chiqadi. Download 43.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling