Psixologiya” kafedrasi 4-kurs talabasi bobonov sardorning
Kurs ishning ilmiy ahamiyati
Download 201.65 Kb.
|
BOBONOV SARDOR1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining tuzilishi.
- "Sotsial fakt"
- Chunki
Kurs ishning ilmiy ahamiyati.
O‘zbekistan Respublikasi Oliy majlisining IX sessiyasida davlatimizning Birinchi prezidenti I.A.Karimov oliy ta’limni isloh qilishda va malakali kadrlarni tayyorlashda sotsial psixologiyaning fan sifatida alohida o‘rni borligiga jamoatchilik diqqatini qaratdi. Darhaqiqat, yetuk kadr bo‘lish uchun shaxs nafaqat o‘z iqtidori, bilimi va saviyasini oshirishi zarur, balki jamiyatda turlicha sotsial munosabatlar tizimiga tayyor bo‘lmog‘i, sotsial faoliyatni boshqarishning ilmiy qonuniyatlari va qoidalarini mukammal egallamog‘i zarur. Boshqaruv, menejment va marketing, ta’lim va tarbiya sohalarida, ayniqsa, inson omili va uni boshqarishning psixologik tizimini bilishi – jamiyatda sog‘lom insoniy munosabatlarni shakllantirish orqali uni kamol toptirish yo‘lidir. Shuning uchun bugungi kunda I.A.Karimov ta’kidlaganidek, sotsial psixologiya va umuman, sotsial faoliyat bilan shug‘ullanuvchi fanlarning asosiy vazifasi barkamol avlod tarbiyasini ta’minlovchi barcha ma’naviy, ruhiy va insoniy munosabatlar mohiyatini tahlil qilish, ularni boshqarishning eng samarali usullarini hayotga tadbiq etishdir. Bu o‘rinda, ayniqsa sotsial tafakkurning, yangicha dunyoqarash va munosabatlarning shakllanishini, insonning o‘ziga va o‘zgalarga ta’sir etishning mexanizmlarini o‘rganish eng dolzarb masalalardandir. Kurs ishining tuzilishi. Kirish, 3 bob, 6 paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat. 1-BOB. Antik davr mutafakkirlari ishlarida sotsial psixologik ta`limotlarning rivojlanishi Sotsial psixologiyaning fan sifatida rivojlanish tarixiga nazar tashlar ekanmiz, uning jamiyatning tarixiy rivojlanishi bilan bog’liq tarzda rivojlanganligining, ilmiy jihatdan esa, falsafiy qarashlar ta`sirida bo`lib, sof sotsial psixologik nazariyalarning juda oz sonli bo`lganligining guvohi bo`lishimiz mumkin. Insoniyat tarixini o`rganar ekanmiz mutafakkirlar, olimlar, allomalar sotsial psixologik hodisalar bilan juda qiziqqanliklarining guvohi bo`lamiz. Lekin ular bu hodisalarni o`z davri ruhida, o`z nazariy va sotsial qarashlari, hattoki, turli oqimlar orasida tushunishga uringanlar. Shuning uchun ham sotsial psixologiyaning fan sifatida taraqqiyotini o`rganish uchun sotsial psixologik muammolar yoritilgan asar yoki olimning yashagan davri, uning siyosiy qarashlari, jamiyatning taraqqiyot xususiyatlarini ham o`rganish lozim. Ilmiy manbalar sotsial psixologiyaning davlat va huquq nazariyasi, siyosiy iqtisod, etika, falsafa fanlarining rivojlanishi bilan uzviy bog’liqligini ko’rsatadi. Ayniqsa, fan taraqqiyotiga falsafa fani o`zining sezilarli ulushini qo’shgan. Shuning uchun ham amerikalik olim G.Olport sotsial psixologik g’oyalarning yaratilishi va rivojlanishi falsafa bilan, uning ko`zga ko’ringan arboblaridan hisoblangan Platon nomi bilan bog’liq, deb yozgan edi. Platon o`zining "Davlat" va "Qonunlar" deb atalgan dialoglarida shaxsning jamiyat bilan aloqalari masalasiga to’xtalib, jamiyat individga nisbatan o`zgarmas bir birlikki, uning taraqqiyoti jamiyat rivojlanishi qonunlarga buysunadi, degan fikrni himoya qilgan. Unga qarama-qarshi fikrni Aristotel bayon etib, individni barcha sotsial o`zgarishlarning sababchisi, chunki unda bunga imkon beruvchi psixologik tizimlar bor, deb yozadi. Ya`ni, shaxs va jamiyat o’rtasidagi munosabat masalasi Platonda jamiyat foydasiga hal bo`lgan bo`lsa, Aristotelda bu narsa shaxs foydasiga yechilgan. Ulardan keyingi yangi davr faylasuflarini Gobbs, Gal’vetsiy, Lokk, Russo, Gegel’, Makiavelli, Sharq faylasuflaridan Beruniy, Forobiylar ham barcha asarlarida shaxs va jamiyat qarama-qarshiliklarini ilmiy asosda sharxlashga urindilar, lekin hech qaysisi bu muammoni sotsial psixologik muammo darajasiga ko’tara olmadi. XIX asrning o’rtalariga kelib, kapitalistik munosabatlarning keskinlashuvi, turli davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarning tobora o’sib borishi, turli xalqlarning bir mamlakatdan ikkinchisiga ko’chishi, ya’ni migratsiya munosabati bilan qator sotsial fanlar rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar paydo bo`ldi. Ayniqsa, tilshunoslik, antropologiya, etnografiya, arxeologiya, huquqshunoslik va boshqa fanlar shakllanib, rivojlandi. Masalan, ingliz olimi E.Teylor ibtidoiy jamoa tuzumidagi madaniyatni to’liq o`rganib chiqdi, amerikalik etnogrof L.Morgan hindular turmush tarzini tahlil qilib chiqdi, fransuz olimi Levi-Bryul’ esa ibtidoiy odam tafakkuri xususiyatlarini o`rganar ekanlar, ular u yoki bu etnik, milliy guruhning psixologiyasini, ularga madaniy maishiy muhitning ta`sirini o`rganishga majbur bo`lishdi. Ya`ni ular alohida individ u yoki bu yillar vakili psixologiyasi sotsial jarayonlar bilan nechog’li bog’liq ekanligini nazariy jihatdan isbot qildilar. Ayni shu davrda psixologiya fani ham ancha oyoqqa turgan mustaqil fanga aylandi. Lekin u atomistik, ya`ni alohida individ psixologiyasinigina o`rganadigan fan bo`lib, u odamlarni o`zaro muloqoti jarayonida ularda ro’y beradigan sirli o`zgarishlarga e`tiborini endi-endi qaratayotgan edi. Ayniqsa, patopsixologiya, pedagogik psixologiya sohalariga individ bilan boshqa individlar munosabati masalasini chetlab o`tish mumkin bo`lmay qoldi. Lekin sotsial psixologiyani ilmiy manbalari sohasida sotsiologiya fanining xizmatini ko’rsatib o’tmay bo`lmaydi. Sotsiologiyaning asoschilari hisoblangan Ogyust Kont, Gerbert Spenser va boshqalar, jamiyatdagi sotsial hodisalarni o`rganish uchun albatta, o`ziga xos, ayrim psixologik holatlarni o`rganmoq lozim, degan fikrni qat`iy turib isbot qildilar. Ular har bir sotsial voqeada ruhiy hodisalar borligini isbot qilishga urindilar. Masalan, fransuz sotsiologi Gabriel Tard har bir individda "Sotsial fakt" boriligini, bu narsa uning miya doirasidagina emas, balki bir qancha miyalar aloqasi tufayli mavjuddir, deb hisoblaydi. Sotsial xulq-atvor modeli, uning fikricha doimo individlararo munosabatni o`z ichiga olib, bunda bir individ boshqa individga doimo taqlid qiladi, shuning uchun ham shaxsni o`rganish boshqa shaxslarni inkor qilmasligini talab qiladi. Shunday qilib, sotsiologiyada psixologik yo`nalish paydo bo`ldi. Tarddan keyin L.Uord, F.Giddings va boshqalar sotsiallik qonunlarini jamoa ruhiy holati bilan uzviy ravishda o`rgana boshladilar. Ularning fikricha, sotsial fakt bu sotsial aql, tafakkur bo`lib, u "Jamiyat psixologiyasi" yoki sotsiologiyaning bahs mavzusidir. Shunday qilib, yuqorida qayd qilingan ilmiy, falsafiy, sotsial manbalar, shart-sharoitlar tufayli sotsial psixologik g’oyalar shakllanib bordi. Bu qarashlar sof psixologiyaga ham o’xshamagan, sotsiologiya doirasidan chiqib ketadigan alohida fan sotsial psixologiyaning paydo bo`lishi uchun katta rolini uynaydi. Har qanday fan boshqa fanlardan faqatgina mavzu bahsi yoki paydo bo`lish tarixi bilangina emas, balki faktik ma`lumotlar to’plash, u yoki bu g’oyani isbotlash uchun ishlatiladigan uslublari bilan ajralib turadi. Uslublar mukammalligi aslida nazariy taraqqiyotni, fan taraqqiyotini belgilovchi asosiy omildir. Hozirgi zamon fanlarining taraqqiyoti shu bilan o`ziga xoski, ularda metodologik muammolarga qiziqish ancha yuqoridir. Buning bir qancha sabablari mavjud bo`lib, ular avvalo jamiyatda ro’y berayotgan keskin o`zgarishlarning sabablaridan biri hisoblangan fan-texnika taraqqiyoti maqsadlari bilan fan maqsadalarining uyg’unlashuvi, amaliyotning fan oldiga qo’yayotgan talablari darajasining tobora ortib borayotganligi, tadqiqot qilish vositalarining murakkablashib borayotganligi va nihoyat har bir fanda ro’y berayotgan o`z tadqiqot printsiplari va tekshirish usullarning qayta ko’rib chiqishga intilishning yaqqol namoyon bo`layotganligidir. Sotsial psixologiya to’g’risida gapiriladigan bo`lsa, shuni aloxida ta`kidlash lozimki, avvalo jamiyatning bu fan oldiga qo’yayotgan talablari o`ziga xos bo`lib, bu talablarga javob berish uchun uning tekshirish uslublari u darajada mukammal emasligidadir. Chunki shu davrgacha sotsial psixologiyada kuzatilgan narsa shu bo`ldiki, bu yerda nazariy ishlar tadbiqiy ishlardan ancha ko`pdir. Shuning uchun ham, G.M.Andreeva sotsial psixologiyaning metodologik muammolariga to’xtalar ekan, uning bu boradagi intilishlari, vazifalari ko`pligini ta`kidlaydi. Metodologik muammolarga qiziqish, deb yozadi u, sotsial psixologiyaning kuchsizligi emas, balki uning yetilish davriga kirganligining belgisidir. "Metodologiya" tushunchasining ilmiy mohiyati nimada? Bu tushunchani turli nazariy qarashlardagi olimlar va turli tilda turlicha sharhlaydilar va tushunadilar. Masalan. Amerikalik psixologlar metodologiya deganda, tadqiqot jarayonida ishlatiladigan barcha tadqiqot uslublari va texnik jarayonlarini tushunadilar. Lekin "metodologiya" tushunchasi aslida uslublar yigindisidan kengroq tushunchadir. Hozirgi zamon Yevropa mamlakatlaridagi olimlar, xususan, rus olimlari fandagi metodologiya deganda, ushbu fan falsafiy asoslari va nazariy qonuniyatlaridan kelib chiqadigan bilimlar bilan tekshirishning konkret usullari majmuasini tushunadilar. Ya`ni, "metodologiya" tushunchasi "konkret metodlar" yoki texnik usullar tushunchalaridan kengroqdir. Sotsial psixologik tadqiqotlarning metodologik muammolariga quyidagilar kiradi: Birinchidan, empirik ma`lumotlar muammosi, ya`ni ko’p turdagi ma`lumotlarni sotsial psixologik ma`lumotlar sifatida qabul qilish mumkin. Chunki, bixevioristlar bunday ma`lumotlar sifatida ko`z bilan ko’rib qayd qiladiganlar xulq-atvor shakllarini qabul qilishsa, kognitiv psixologiya vakillari faqat ongga taalluqli bo`lgan belgilarini tushunadilar. Demak, har qanday tadqiqotchi ish boshlamay turib, avvalo nimani empirik birlik qilib olishini aniq tasavvur qilishi va uning nazariy jihatlari to`g’risida tasavvurga ega bo`lishi kerak. Bundan tashqari, tadqiqot birligi aniqlangan taqdirda, qanday hajmdagi birliklar tadqiqotchini qanoatlantirishi masalasi ham muhimdir. Masalan, sotsial psixologiya bo’yicha sof eksperimental ish qilinganda, ilgari sinalgan usul yordamida cheklangan miqdordagi kishilar yoki guruhda tadqiqot o’tkazish mumkin bu eksperimental ma`lumotlar deyiladi. Lekin, ba`zan tadqiqotchi ko`p sonli tekshiruvchilar bilan ish ko’radiki, bunda turli guruhlarni o`zaro taqqoslash bilan ma`lumotlarning to`g’ri yoki noto`g’riligi aniqlanadi. Bunday tadqiqotlar korrellyatsion tadqiqotlar deb ataladi. Ikkinchi metodik muammo bu u yoki bu sotsial psixologik nazariya asosida qonuniyatlar yaratish va ilmiy taxminlar qilish muammosi. Ilmiy tadqiqot boshlashdan oldin tadqiqotchi ma`lum taxminlar yuritadi, lekin bu taxminlarning aniq chiqishi o’sha muammo bo’yicha pishiq puxta nazariyaning bor ekanligiga bevosita bog’liq. Shuning uchun ham ko`pincha fan sohasiga endigina qadam qo’ygan yosh olim yoki tadqiqotchi gipotezalar, taxminlar bayon etishga qiynaladi, chunki sotsial psixologiyada ayniyatlar ayrim, alohida tadqiqotlardan umumiy xulosa olish orqali o`tkazilmaydi. Uchinchi muammo bu sotsial psixologik muammolarning sifati masalasi, ya`ni qanday ma`lumotni sifatli, ishonarli deb atash mumkinligi masalasidir. Sotsial pspxologik ma`lumotlarning ishonchliligi. Sifat haqida gap ketganda, tadqiqotchining tadqiqot ob`ektini qanchalik to`g’ri tanlangani hamda to’plagan ma`lumotlarining ishonchliligini qanday usullar bilan tekshirganligi nazarda tutiladi. Ba`zan tadqiqotchi tekshiruvchilarni taxminan, tartibsiz tarzda tanlaydi. Bu narsa uning reprezentativlilik qonunini buzganligi belgisidir. Yo`l qo’yilishi mumkin bo`lgan yana bir kamchilik bu o’sha o`rganish ob`ektining hajmi yoki soni xususida. Chunki amaliyotda ko`pincha tekshiriluvchi qanchalik ko`p bo`lsa, ma`lumot shunchalik ishonchli bo`ladi, degan noto`g’ri fikr mavjud. Agar tadqiqotchi ish boshlashidan oldin, ayni maqsadlarini, vazifalarini tadqiqotning nazariy asosini yaxshi bilgan holda to`g’ri ilmiy taxminlar gipotezalar ilgari surilgan bo`lsa, u kichikroq guruhda o’tkazgan eksperimentlarning ma`lumotiga ham ishonishi mumkin (masalan, hozirgi moddaga munosabatni talabalarning bir qancha akademik guruhida o’rganish mumkin). Download 201.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling