Psixologiya” kafedrasi 4-kurs talabasi panjiyev sanjarning


Kurs ishning ilmiy ahamiyati


Download 71.08 Kb.
bet6/9
Sana14.11.2023
Hajmi71.08 Kb.
#1773476
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kurs ishi mavzu “ Muomala jarayonida o’zaro tasir etish usullari-fayllar.org

Kurs ishning ilmiy ahamiyati.
O‘zbekistan Respublikasi Oliy majlisining IX sessiyasida davlatimizning Birinchi prezidenti I.A.Karimov oliy ta’limni isloh qilishda va malakali kadrlarni tayyorlashda sotsial psixologiyaning fan sifatida alohida o‘rni borligiga jamoatchilik diqqatini qaratdi. Darhaqiqat, yetuk kadr bo‘lish uchun shaxs nafaqat o‘z iqtidori, bilimi va saviyasini oshirishi zarur, balki jamiyatda turlicha sotsial munosabatlar tizimiga tayyor bo‘lmog‘i, sotsial faoliyatni boshqarishning ilmiy qonuniyatlari va qoidalarini mukammal egallamog‘i zarur.
Boshqaruv, menejment va marketing, ta’lim va tarbiya sohalarida, ayniqsa, inson omili va uni boshqarishning psixologik tizimini bilishi – jamiyatda sog‘lom insoniy munosabatlarni shakllantirish orqali uni kamol toptirish yo‘lidir. Shuning uchun bugungi kunda I.A.Karimov ta’kidlaganidek, sotsial psixologiya va umuman, sotsial faoliyat bilan shug‘ullanuvchi fanlarning asosiy vazifasi barkamol avlod tarbiyasini ta’minlovchi barcha ma’naviy, ruhiy va insoniy munosabatlar mohiyatini tahlil qilish, ularni boshqarishning eng samarali usullarini hayotga tadbiq etishdir. Bu o‘rinda, ayniqsa sotsial tafakkurning, yangicha dunyoqarash va munosabatlarning shakllanishini, insonning o‘ziga va o‘zgalarga ta’sir etishning mexanizmlarini o‘rganish eng dolzarb masalalardandir.
Kurs ishining tuzilishi. Kirish, 3 bob, 6 paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.


MUOMALA JARAYONIDA О‘ZARO TA’SIR ETISH USULLARI
1.1.Jamoadan tashqaridagi xulk-atvor vaziyatlaridata‟sir kursatish muammolari.
Muloqot maqsadlari kishilarning birgalikdagi faoliyati ehtiyojlarini aks ettiradi. Bu hol quruq safsatabozlikning, ya‟ni fatik muloqotning, kommunikatsiya vositalarining birgina muloqot jarayonining о„zini hosil qilishdan iborat yagona maqsad yо„lida tuturuqsizlik bilan foydalanilishini mustasno etmaydi.
Kishilar muloqotga kirishar ekan, savol berish, buyruq, iltimos qilish, biror narsani tushuntirish bilan birga о„z oldiga boshqalarga ta‟sir etish, shu narsani ularga tushuntirish maqsadini qо„yadi. Muloqotning maqsadi kishilarning birgalikdagi faoliyatiga ehtiyojini aks ettiradi. Bunda muloqot shaxslararo о„zaro ta‟sir sifatida namoyon bо„ladi, ya‟ni kishilarning birgalikdagi faoliyati jarayonida paydo bо„luvchi aloqa va о„zaro ta‟sirlar yig„indisidir. Birgalikdagi faoliyat va muloqot ijtimoiy nazorat sharoitida rо„y beradi. Jamiyat ijtimoiy normalar sifatida maxsus xulq-atvor namunalari tuzilishini ishlab chiqqan. Ijtimoiy normalar kо„lami nihoyat keng-mehnat intizomi harbiy burch va vatanparvarlik xushmuomalalik qoidalari ana shular jumlasidandir. Ijtimoiy nazorat muloqotga kirishuvchilar bajaradigan rolning “repertuar”iga mos holda namoyon bо„ladi.
Psixologiyada “rol” deganda ijtimoiy (sotsial) mavqeni egallab turuvchi har bir kishidan atrofdagilar kutadigan, normativ tomonidan ma‟qullangan xulq- atvor namunasi tushuniladi. (Yosh, mansab, jins va oiladagi, о„qituvchi va о„quvchi shifokor va bemor, katta kishi yoki bola, boshliq yoki xodim, ona yoki buvi, erkak yoki ayol, mehmon yoki mezbon rolida namoyon bо„lishi mumkin). О„z navbatida har bir rol о„ziga mos talablarga javob berishi kerak.
Bir kishi turli muloqot vazifalarida turli rollarni bajarishi mumkin. Masalan, xizmat joyida direktor, kasal bо„lsa vrach kо„rsatmalariga itoat etuvchi bemor, oilada keksa ota - onasining qobil farzandi, mehmondо„st oila boshlig„i bо„ladi. Turli rollarni bajaruvchi kishilarning о„zaro munosabati rolli kutishlari bilan boshqariladi. Xohlaydimi yoki yо„qmi atrofdagilar undan ma‟lum namunaga mos keluvchi xulq - atvorni kutadilar. Agar rol yaxshi bajarilmasa ijtimoiy-nazorat tomonidan baholanadi, ozmi-kо„pmi cheklanishlar qilinadi.
Turli xil rollarni bajarayotgan kishilarning о„zaro birgalikdagi harakati rollar ehtimoli bilan boshqariladi. Rolning qanday bajarilishi sotsial nazorat ostida bо„ladi, ijtimoiy jihatdan baholanadi, namunadan chetga chiqish esa qoralanadi. Jumladan, ota-onalar mehribon, xushmuomala, bolaning aybiga nisbatan shafqatliroq bо„lishlari kerak-bu rollar ehtimoliga mos bо„lib tushadi va ijtimoiy jihatdan ma‟qullanadi. Ammo atrofdagilarga ota-onaning xushmuomalaligi haddan oshib ketayotgani sezilib turadi va qoralanadi. Vaqti kelganda ota-ona bolaga nisbatan qattiqqо„l, talabchan bо„lishlari lozim. Shunday qilib, о„zaro birgalikda harakat qilayotgan kishilar xulq-atvorining bir-birlaridan kutgan taxminlariga mosligi muloqot jarayonida muvaffaqiyatga erishishning zarur sharti hisoblanadi.
Kishining boshqalardan eshitishga yoki ularda kо„rishga tayyor bо„lgan
narsani ulardan kutish mumkinligini bexato va aniq taxmin qilish qobiliyati, malakasi odob deyiladi. Odobsizlik-bu muloqot jarayonida muloqotga kirishganlarning о„zaro birgalikdagi harakatlarining izdan chiqishiga olib keladigan va ba‟zan mojaroli vaziyatlarni vujudga keltiradigan darajada buzilishi demakdir. Odobsiz xulq-atvor nisbatan beg„araz tabiatga ega bо„ladi. Pedagogik odobning tegishli aloqa о„rnatish chog„ida tarbiyachiga in‟om etadigan imkoniyatlaridan foydalanish о„quvchining rivojlanishi uchun istiqbol yaratib bergan holda uning shaxsini shakllantirish jarayonini ancha qulay sharoitlarda amalga oshirish imkonini beradi.
Muloqotning bevosita muvaffaqiyatining sharti о„zaro ta‟sir etuvchi kishilarning har biridan kutilayotgan harakatlarga mos keluvchi xulq - atvor namunasini qо„llanishidadir. Kishining boshqalar undan nimani kutayotganini, nimani eshitishga va undan nimani kо„rishga tayyor ekanligini tо„g„ri, aniq, xatosiz kо„chira olish qobiliyati takt deb ataladi.
О„qituvchi о„quvchilar jamoasi kishilardan tashkil topganligini unutmasligi har bir о„quvchi shaxsini e‟tibordan chetda qoldirmasligi kerak. О„quvchilar bilan psixologik aloqaning qisqa muddatga bо„lsada yо„qolishi, og„ir oqibatlarni vujudga keltiradi.
Har bir guruh ichidan liderlar(yetakchi) yetilib chiqadi. Rahbar yuqoridan buyruq asosida tasdiqlanadigan administrator bо„lsa, liderlar norasmiy boshliq hisoblanadi. Guruh a‟zolari mana shu norasmiy liderning aytganini qiladi. Undan barcha ishlarga rahbarlik qilishini, maslahat berishini kutadi. Shuning uchun jamoaning tayinlangan rahbari jamoa ichidan yetilib chiqqan lider bilan hamqorlikda ish olib borishi lozim. Norasmiy liderlar ishda boshqa, baliq ovlagani borganda boshqa, tashkiliy ishlarda boshqa bо„lishi mumkin. Demak, bitta guruh ichida bir necha norasmiy liderlar bо„lishi mumkin. Rahbar mana shu liderlar orqali guruh a‟olariga ta‟sir qilishi oson bо„ladi. Lider bilan rahbar doimo birgalikda harakat qilishlari yaxshi natijalarga olib keladi. Lekin ayrim hollarda lider bilan rahbarning hamqorligi qarama-qarshi fikrga aylanishi mumkin. Ular uzoq vaqt dо„stona munosabatni amalga oshira olmaydilar. Chunki rahbar doim ham guruhning talabini bajaravermaydi. Yoki aksincha, rahbarning talabini har doim guruh a‟zolari bajaravermaydi. Shunda ziddiyatlar kelib chiqadi. Bu nizoni bartaraf qilish uchun yana lider harakat qilishi lozim. U rahbar bilan guruh a‟zolarini kelishtirishi kerak. Ayrim hollarda esa lider ma‟muriy ishlarga aralashib ketishi, rahbar guruh a‟zolarining ichki ishlariga aralashib ketishi mumkin. Norasmiy lider guruh a‟zolarining qiziqishlarini himoya qilsa, rahbar tashkilotning manfaatini himoya qiladi. Tashkilot manfaati bilan a‟zolar manfaati har doim ham tо„g„ri kelavermaydi. Tashkiliy-texnologik va iqtisodiy tizimlar bir-biriga doim ham tо„g„ri kelavermaydi. Jamoa a‟zolari birgalikda bajarayotgan ishlarini о„zlarining shaxsiy ishlaridek bajarsalar keyin jamoaning ishi yaxshi samara beradi.
Shaxsda tug„iladigan ziddiyat maqsadga tо„g„ri yо„naltirilgan bо„lsa о„z samarasini beradi. Maqsadli ziddiyat bir necha bosqichdan iborat bо„ladi. Birinchi bosqichda ziddiyat shaxsiy maqsad asosida kelib chiqadi. Ikkinchi bosqichda ziddiyatli vaziyatning maqsadini tuzatgan holda ayrim qismlari tahlil qilinadi.
Ziddiyatni keltirib chiqaruvchi tashkilotchisi bо„ladi. Ziddiyatda maqsadga yо„naltirilgan hatti-harakatlar tug„iladi. Maqsad ishonchli bо„lmasa u kuchini yо„qotadi. Turli maqsadlar о„zining yutug„i uchun turli usullarni talab qiladi. Shuningdek, ishonchli bо„lmagan maqsad - “deklarativ maqsad” dir. Masalan, bir narsani talab qilib boshqa narsa kо„zda tutiladi. Shaxs nizoni keltirib chiqarayotgan paytda xuddi boshqalarni manfaatini kо„zlab harakat qilayotgandek kо„rsatadi о„zini, aslida esa о„zini manfaatini kо„zlaydi. Nizodagi hatti-harakatlar faqat maqsadga qaratilgan bо„lmasdan, realistik tabiatga ega bо„ladi. Intellekt darajasi, ishlab chiqarish muammosi bо„yicha bilim ayni paytdagi ziddiyatni hal qilish uchun vaziyatni tо„g„ri kо„rish kafolatini bermaydi. Shaxs ziddiyatga borayotganida anglanilmagan motivlar asosida hatti-harakat qilishi mumkin. Demak, shaxs nizo tug„ilayotgan paytda о„zining aniq maqsadiga va anglanilgan motivlariga(asosi) ega bо„lishi zarur. Ziddiyatlarni bartaraf qilish uchun о„z shaxsiy manfaatinigina kо„zlamasdan, bо„tun jamoani manfaatini kо„zlab ish olib borish lozim. Ideal “men”imiz hech qachon real “men”imiz bilan tо„g„ri kelavermaydi.
Ziddiyatli vaziyatning obyektiv rejasini idrok qilish. Ziddiyatni bartaraf qilayotganda chegarani his qila bilish kerak. YA‟ni “kutish” va “harakat qilish” orasidagi chegarani aniqlash kо„nikmasi bо„lishi zarur.
О„z-о„ziga baho berishning past bо„lishi passiv bо„lishga olib keladi: aslida u voqealarga faol yondosha olishi, atrofdagilar kutayotgan xulq-atvorni namoyon qila bilishi zarur. Opponent uchun о„ziga yuqori baho berish ziddiyatli vaziyatni tо„g„ri idrok qilaolmaslikka, tez va oson g„alabaga erishishni kutishga olib kelsa, о„ziga past baho berish vaziyatning murakkabligini kо„chaytirib idrok qilish, muvaffaqiyatga erishishga ishonmaslik, ziddiyatdan kelib chiqadigan salbiy oqibatidan himoyalanishga olib keladi.
Ish usullarini tanlash. О„ziga yuqori baho beradigan opponent ziddiyatli vaziyatda ishonch bilan, qat‟iy turib о„zining nuqtai nazarini bayon qiladi. О„ziga past baho beradigan opponent esa о„zini himoya qilishga harakat qiladi. О„ziga yuqori baho beradigan opponent egoistik (lavozimidan ajrab qolishdan qо„rqish, moddiy manfaatdorlik, о„zining havfsizligini saqlab qolish) motivlarini asosiy о„ringa quygan holda harakat qiladi. Uning usullari maqsadga emas, opponent shaxsiga qarshi yо„naltirilgan bо„ladi. Ziddiyatli vaziyatda opponentlarda, ayniqsa о„ziga past baho beradigan kishida qо„rquv hissi paydo bо„ladi. Natijada u osongina chekinadi. Opponent kasal bо„lib qolishi ham mumkin.
1.2.Muomalada o’zaro tasir etish usullari
Kelishuvchanlik munosabati. Bu sо„zning ma‟nosi о„zaro chekinishga rozi bо„lish deganidir. Ziddiyatning maqsadiga kelishuvchanlik yо„li bilan qisman erishish mumkin. Maqsadga erishish imkoniyatlari tо„la yо„qolgan bо„lsa kelishuvchanlik vujudga keladi.
Omadsizlikka munosabat. Bunday holat ziddiyatni bartaraf qilayotganda tug‘ilishi mumkin. О‘ziga past baho beradigan opponentda bunday holat sodir bо‘lishi mumkin. Omadsizlikka konstruktiv munosabat hatolarni tan olish, о‘zining kuchsiz tomonlarini his qilishda kо‘rinadi. О‘ziga yuqori baho beradigan
opponent yutqazsa ham aybni boshqa qatnashchilarga qо‘yadi. Past baho beradigan opponent esa о‘zidan ayb qidiradi. Ziddiyatga borayotgan opponentlar oldindan о‘ylab, suhbatga tayyorgarlik kо‘rib harakat qilishlari lozim. Aks holda obrо‘larini yо‘qotib qо‘yishlari mumkin. Nizoga borayotganda nima uchun bu nizo kelib chiqqanligi, oqibati nimalarga olib kelishi, qanday yutuqlarga erishish mumkinligini о‘ylab harakat qilish lozim.
Tashkilotlardagi ziddiyatlar turli hollarda vujudga kelishi mumkin. Masalan, xodimlar quyidan kayfiyatlari buzilib kelsa, boshqa hamkasbi bilan ham nizoga borib qolishi mumkin. Ishga mas‟uliyatsizlik bilan yondoshilsa ham ziddiyat kelib chiqishi mumkin. Shaxslararo ziddiyatlar vujudga kelishi bilan bartaraf qilinmasa u jamoaning barcha a‟zosiga ta‟sir qilishi mumkin. Nizoning bir turi faqat tashkilotgagina taalluqli bо„lishi mumkin. Ziddiyatlarning vazifasi tadqiqotchilarning diqqat markazida turadi. Hozirgi kunda kishilar о„rtasida umumiy ziddiyatlar kelib chiqishining oldini olishga harakat qilish lozim. Chunki turli buzgunchi g„oyalar asosida “islom”dinini niqob qilib olgan akidaparastlar, esktremistlar kishilarimiz о„rtasida adovat urug„ini sochishga harakat qilmoqdalar. Har bir tashkilotdagi rahbar xodimlarini turli buzg„unchi g„oyalarga ishonmasligiga harakat qilishi lozim.
Tashkilotdagi faoliyatni chumolilar, asalarilar harakatiga о„xshatish mumkin. Lekin inson ongli mavjudot bо„lgani uchun har bir qiladigan harakatini avvaldan о„ylab, aniq bir maqsad asosida faollik kо„rsatadi. Ziddiyatlar bо„tunlay yо„q bо„lib ketmaydi, balki u davom etishi, shaxslararo munosabatlarga aylanib ketishi mumkin. Ammo kishilar tashkilotning qonun-qoidalariga albatta rioya qilishlari kerak. Aks holda nizolar kelib chiqishi mumkin. Shuning uchun jamoada rahbar intizomni yо„lga qо„yishi lozim.
Tashkilotda ichki ziddiyatlarning kelib chiqishiga avvalo rahbar sababchi bо„ladi. U har bir xodimni hurmat qilishi, barcha xodimni teng kо„rishi, tо„g„ri munosabatda bо„lishi zarur. Rahbar demokratik usulda jamoani boshqara olsa, bu jamoada ziddiyatlar kam paydo bо„ladi. Xodimlar о„rtasidagi chaqimchilik, bir habarni boshqacha talqinda yetkazish, vaxima tarqatish orqali ham ziddiyatlar kelib chiqishi mumkin.
Ziddiyat-bu faoliyat. Kishilar ziddiyat orqali faoliyatda bо„ladilar. (nutq orqali, verbal va noverbal muloqot orqali).
Demak, barcha tug„iladigan ziddiyatlarning oldini olish, uni tezroq bartaraf qilish mumkin. Buning uchun rahbarda tashkilotchilik qobiliyati yaxshi shakllangan bо„lishi kerak.
Insonning uning o`rab turgan olamga o`zaro ta`siri ob’ektiv munosabatlar tizimida namoyon bo`ladi, ob`ektiv munosabat va aloqalar so`zsiz har qanday real guruhlarda paydo bo`ladi. Guruh a`zolarining bu ob`ektiv o`zaro munosabatlari sub`ektiv shaxslararo munosabatlarda aks etadi. Har qanday ishlab chiqarish odamlarning o`zaro birlashishini talab qiladi. Hech bir kishilik jamiyati agar unda odamlar bilan munosabat o`rnatilmasa, ular bir - birini to`g`ri tushunmasdan to`laqonli, birgalikdagi faoliyatni tashqil eta olmaydi. Masalan, o`qituvchi o`quvchilarga biror narsani o`rgatish uchun ular bilan munosabatga kirishishi kerak.
Muloqot kishilarning hamkorlikdagi faoliyati ehtiyojlari asosida tug`iladigan ular o`rtasidagi aloqa rivojlanishining ko`p qirrali jarayonidir. Muloqot hamkorlikdagi faoliyat qatnashchilari o`rtasida axborot almashinishni o`z ichiga oladi, bu muloqotning kommunikativ tomonini ifodalaydi. Odamlar bir - biri bilan munosabatga kirishishda tildan muomala vositasi sifatida foydalanadilar. Muloqotning ikkinchi tomoni muomalaga kirishuvchilarning o`zaro ta`siridir. Bunda faqat so`zlar emas, balki harakat va holatlar ham almashinadi. Masalan, sotuvchi bilan haridor o`rtasida biror so`z aytmasdan muomalaga kirishish mumkin. Muloqotning uchinchi tomoni muomalaga kirishuvchilarning bir - birini idrok qilishidir. Muomalaga kirishuvchilarning bir -birini to`g`ri tushunishi muhim ahamiyatga ega. SHunday qilib, muloqotning shartli uch tomonini ajratish mumkin: kommunikativ (axborot berish), interaktiv (o`zaro ta`sir) va pertseptiv (o`zaro idrok qilish). Muloqotning bu uch tomonining birligi muomalaga kirishuvchi kishilarning o`zaro munosabati va hamkorlikdagi faoliyatining tashqil etish usuli sifatida namoyon bo`ladi. Muloqotning qonuniyatlarini, malaka va qobiliyatlarining shakllanishi bilish pedagog uchun g`oyat muhimdir. Bu to`laqonli pedagogik muloqotni yoki muomalani yo`lga qo`yishini ta`minlaydi. Pedagogik muloqot-pedagog va o`quvchilarning o`zaro ta`sir etish usullari yig`indisidir. Muloqotning mazmuni - axborot almashish, o`qituvchi tomonidan turli kommunikativ vositalar yordamida o`quvchilar bilan o`zaro tushunish va o`zaro munosabatlarni tashqil etishdir. Pedagoglarning tarbiyaviy va didaktik vazifalarni o`qituvchi hamda o`quvchilar jamoasi o`rtasida munosabatlarni ta`minlamay turib amalga oshirib bo`lmaydi.



Download 71.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling