Psixologiya maktablari


Download 76 Kb.
bet2/2
Sana17.06.2023
Hajmi76 Kb.
#1539760
1   2
Bog'liq
1404027240 49934

Freydizm
Bu o`z nomini avstriya psixiatri Zigmund Freyd (1856-1939) nomidan olgan bo`lib, psixologiyadagi oqimdir.
Freyd ta‘limotiga ko`ra, shaxs psixologik hayotining asosi jinsiy lazzat olishga qaratilgan tug`ma, ongsiz mayl (institink)dir. Lekin tarixan tarkib topgan odat, axloqiy printsiplar tufayli, ijtimoiy “tsenzura”ning majudligi tufayli, bu mayl to`g`ridan-to`g`ri to`siladi.
SHunday qilib instinktiv mayllar uyat, yo`l qo`yib bo`lmaydigan, sharmanda qiladigan narsalar sifatida shaxsning ongli hayotidan siqib chiqariladi va ongsizlik sohasida o`tkazib yuboriladi “yashirin” holatga kirib oldi ammo yo`qolib ketmadi. Bu instinktiv mayllar o`z kuch-quvvatini, o`zining faolligini saqlab qolgan insoniyat madaniyati va faoliyati mahsulotining har xil formalariga kirib (sublimatsiyalashib ), ongsizlik sohasidan turib sekin-astalik bilan shaxs xulq-atvorini boshqarishda davom etaveradi. Freyd va freydistlarning ta‘limotiga ko`ra, instinktiv mayllar ongsizlik sohasida o`zlarining kelib chiqishlariga qarab, har turli “kompleklarga” birlashadilar.

XIX va XX asrdagi psixologiya - bu asosan empirik psixologiyadir. Psixologiyada XVII asrda paydo bo`lgan bu yo`nalish XIX va XX asrning boshlarida o`z taraqqiyotining eng yukori cho`qqisiga erishdi. Uning yutqlariga erishuviga sabab eksperiment metodning tatbiq qilinishi edi. Uning predmet doirasi juda kengaydi. Yuqorida aytilganday, psixologiya fanining maxsus o`z vazifalari va metodlariga ega bir qancha shahobchalari maydonga keldi.


Empirik psixologiya bir butun narsa emas edi. Bu psixologiyaning ichda bir qancha yo`nalish va oqimlar mavjud edi. Psixologiya tarixida bulardan ancha mashxur va muhimlari assotsiatsizm, intellektualizm, volyuntarizm, geshtalpsixologiya va freydizmlar edi. Assotsiativ psixologiya haqida yuqorida gapirildi.
Intellektual psixologiya - bu psixikaning asosiy elementi va psixologik faoliyatning asosiy funktsiyasi aql-intelektdir deb hisoblaydigan yo`nalish. Intellektualistlarning fikricha, turli-tuman psixik protsesslar, shu jumladan emotsional va iroda protsesslari ham sezgi, tasavvur va tushunchalarning qushilishidir deb tushuntiriladi. Assotsiativ psixologiyaning vakillari ham intellektualistlarga kiradi, chunki ular ham birlamchi va asosiy element tasavvurlardir deb hisoblaganlar. Psixologiya va pedagogikada intellektualizmning eng ko`zga kuringan vakili Gerbart hisoblanadi.
Volyuntaristik psixologiya, intellektualizmdan farq qilib psixik xayotning asosi sifatida shaxsning irodasini, aktivligini, faolligini ilgari suradi. Barcha murakkab psixik protsesslar, sususan, tafakkur ham insonning irodaviy aktivligi deb talqin qilingan.
Volyuntaristik psixologiyaning vakillari G. Linne (1889-1941 y). G.Myunsterberg (1863 -1916 y.) edilar Vilgelm Vundt ham, garchand irodaning asosi hislardir deb hisoblagan bo`lsa ham, volyuntarist edi.
Freydizm - bu o`z nomini avstriya nevropotologi va psixologi Zigmund Freyd (1856-1939 y) nomidan olgan bo`lib, psixologiya va nevropotologiyadagi alohida yo`nalishdir.
Freyd ta‘limotiga ko`ra, shaxs psixologik xayotining asosi jinsiy lazzat olishga karatilgan, tugma ongsiz mayl(instinkt)dir. Lekin tarixan tarkib topgan odat, ahloqiy printsiplar tufayli, ijtimoiy «tsenzura»ning mavjudligi tufayli bu mayil to`g`ridai-tug`ri to`siladi. Shuning uchun ham ba‘zi kishilarda bu ongsiz tabiy mayil bilan anglab turilgan vaziyat urtasida ichki ruhiy konflikt (to`qnashuv) paydo bo`ladi. Bu to`qnashuvlar ba‘zan barqaror asab kasalligiga (nevrozga) olib keladi.
Kishilik jamiyatida ko`pchilik kishilarning hayoti va taraqqiyoti protsessida bu tabiiy ongsiz mayil energiyasi mehnat faoliyatiga aqliy va ijodiy faoliyatga qaratiladi va capf etiladi. Hayotning yuksak sohasiga energiyaning shu tariqa ko`chirilishini sudlimatsiya deb ataladi. Freydning ayrim shogirdalari uning ta‘limotiga ba‘zi bir o`zgarishlar kiritganlar. Masalan, Adolf Adler (1870-1937 y.) fikricha, seksual (jinsiy) mayil emas, psixik xayotning asosini, balki ustunlikka, hokimmiyatga boshqa kishilar ustidan hukumronlik qilishga bo`lgan tabiy mayil tashkil qiladi.
Geshtalt psixologiya, yoki boshqachasiga struktura, yaxlit
psixologiya. Bu yo`nalishning asosiy vakillari X. Erenfel‘s (1859-1932 y.), V. Keller (1887 y.), K. Kofka (1886-1941 y.)lardir. Bu psixologlar barcha murakkab psixik protsesslar elementlar hodisalardan-sezgilardan tarkib topadi deb hisoblangan assotsiativ psixologiyaning tanqid qilib chikdilar. Geshtald psixologiyaning vakillari bu ta‘limotga qarama-qarshi ularoq, har bir psixik hodisaning mazmuni uning tarkibiga kirgan qism va elementlarning yg`indisiga nisbatan mazmundorroq hamda boyroqdir. Ayrim element va kismlarning yig`indisi butunning mazmunini belgilamaydi, balki,
aksincha, butun (yaxlit struktura) kism elementlarning hususiyatlarini belgilab beradi.
Bu psixik strukturaning yaxlitligi nazariyasi, avvalo idok faktlari, asosida ishlab chiqilgan edi. Idrok - bu sezgilarning yig`indisi emas, balki yaxlit obrazdir, deb ta‘kidlanardi. Psixik maxsullar va strukturalarning yaxlitligi haqidagi bu ta‘limot keyinchalik xotira, tafakkur va iroda hodisalariga ham tatbiq qilingan edi.
Bu alohida-alohida yo`nalish va oqimlar, bir qancha umumiy hususiyatga ega bo`lgan xolda (ayniqsa muhim momentlarda) «Empirik psixologiya» degan umumiy nom ostida birlashdilar.
Psixologiyaning predmeti va metodlari bir hilda tushunish bu barcha oqimlarning birlashuviga sababchi bo`di.
«Empiriklar» psixologiyani ruh haqidagi fandir, deb emas, «ruhiy hodisalar», yoki «ong hodisalari», yoki bulmasa faqatgina ong hakidagi fandir deb ta‘kidladilar. Bu «ruxsiz» psixologiyadir (N.I.Lange), «hech qanday metafizikasiz psixologiyadir» (A.I. Vvedenskiy).
Empirik psixologiyaning tarixiy xizmati shundan iboratki, uning vakillari ilmiy jihatdan o`rnanish predmeti sifatida ruhni inkor qildi. Bu holatni psixologiyaning metafizik va idealiatik qarashlardan holi bo`lish yo`lidagi katta qadam deb hisoblash mumkin.
Yuqorida aytilganiday, empirik psixologiyaning asosiy metodi ko`zatish, tajribadir. Lekin tabiat fanlaridan psixologiya sohasiga ko`chirilgan bu metod ichki metod ichki tajriba sifatida boshqacha tus oladi.
Empirik psixologiya ob‘ektiv kuzatish metodidan ham, eksperiment metodidan ham foydalangan: psixik hodisalar har xil maxsus asboblar yordami bilan mahsus labaratoriyalarda urganildi; materiallarni tekshirish va yakunlashda matematik statistika (korrelyatsiya) metodlaridan foydalanildi.
Empirik psixologiyaning psixologiya fani tarixidagi ikkinichi katta xizmati tajribadan foydalanishdan, psixologik eksperimentlar utkazishning metod va texnikasi ishlab chiqishdan iborat.
Psixologiya tomonidan eksperimentning tadbiq qilinishi tufayli inson psixologiyasi sohasida boy materiallar tuplangan. Bu materiallarning ko`pchilik qismi hozirgacha ham ahamiyatini yo`qotmagan (masalan, vundt va Ebbingao`zning eksperimental ishlari) Empirik psixologiya aniqlangan ma‘lumotlar va ishlab chiqqan eksperimental metod va usullar praktikada ham, masalan, meditsina va pedagogika sohalarida foydali bo`lib chiqdi.
Download 76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling