Psixologiya maktablari
Download 76 Kb.
|
1 2
Bog'liq1404027240 49934
- Bu sahifa navigatsiya:
- Geshtaltpsixologiya
- Vyurtsburg psixologiya maktabi.
Psixologiya maktablarni vujudga kelishi Reja:
Intellektual va volyuntaristik psixologiya. Freydizm. Geshtaltpsixologiya. Bixeviorizm. Vyurtsburg psixologiya maktabi. Geshtaltpsixologiya Germaniyada psixologiyaning sheshtaltpsixologiya yo`nalishi vujudga keldi. Uning ko`zga ko`ringan namoyondalari X.Erenfels (1859-1932), V.Keler (1887-1967), K.Kofka (1861-1941) va boshqalar. Geshtaltchilar barcha murakkab psixik protsesslar oddiy holatlarda, yani sezgilardan iborat deb hisoblangan assotsionistlarni tanqid qildilar. Ularning talimotiga ko`ra, har qanday psixik protsess va holat yaxlit obrazdan, geshtaltdan, yani yaxlit strukturadan iborat deb tushuntirshga harakat qiladilar. Ularning fikriga qaraganda har bir psixik hodisaning mazmuni uning tarkibiga kiruvchi qism va elementlarni birgalikda aks ettrishdan ko`lam jihatdan keng, mazmun jihatidan rang-barangdir. Geshtarltchilarning ushbu tezislari mazkur talimotning g`oyasini ochib berishga xizmat qiladi: alohida olingan qism va elementlarning yig`indisi yaxlit struktura mazmunini belgilab bera olmaydi, aksincha yaxlit struktura qism va elementlar xususiyatlari va hodisalarini belgilab berishga qurbi yetadi. Geshtaltpsixologiyaning markaziy nazariyasi6 har qanday psixologik protsesslarning bosh mohiyati-ularning sezgilarga o`xshash alohida elementlari emas, balki forma yoki geshtaltlarning yaxlit yaratilishidan iboratdir. Ularning eksperimentlar tadqiqot bosh obektni-idrok hisoblanib, keyinchalik undan olingan ayrim xulosalar tafakkurni o`rganishga tadbiq qilingandir. Geshtaltpsixologiya namoyondalarining ilmiy tekshirish ishlari tafakkur predmeti va uning tadqiqot metodlarini boshqacha tariflashga malum darajada o`z ulushlarini qo`shdilar. Geshtaltchilar tafakkur psixologiyasining qator problemalarini ko`tarib chiqdilar, chunonchi ijodiy tafakkurning o`ziga xosligi, tafakkur protsessida yangilkning vujudga kelishi bilimlar bilan tafakkur nisbati, topshiriqni bajarish protsessida asta-sekin va birdaniga yechish yo`lini qo`llash kabilar. Tafakkurni psixologik o`rganishda funktsional rivojlanish g`oyasini amaliyotga tadbiq qilish ham malum darajada geshtaltpsixologiya namoyondalarining xizmati hisoblanadi. Dunkerning topshirini funktsional va batamom yechish g`oyasi, masala yechish printsipini qidirish, yechishning asosiy g`oyasini topish, ularni tekshirish va amalga oshirish bosqichlari juda muhim ahamiyatga ega. Funktsional rivojlanish protsessi sifat jihatidan turli bosqichlardan iboratligidan tashqari, vaziyatni ayni bir turdagi elementlarni topshiriq yechimining har xil bosqichlarida sinaluvchilarga turlicha ahamiyat kasb etishidir. Hozirgi davrda funktsional rivojlanish problemasi tafakkur psixologiyasi uchun muhim ahamiyatga ega. Vyurtsburg psixologiya maktabi. XX asr boshlarida jahonning ko`plab universitetlarida eksperimental psixologiyaning unlab laboratoriyalari faoliyat ko`rsatar edi. Birgina AQSH ularning soni 40dan ortiq edi. Ularning yo`nalishi har xil bo`lib: sezgini tahlil qilish, psixofizika, psimetriya, assitsiativ eksperiment va hokozo. Psixologiya fani tarqqiyotida nemis psixologiya maktabi muhim o`rinlardan birini egallada. O`tgan asrning boshlari Germaniyada Vyurtsburg psixologiya maktabi deb nomlangan yangi yo`nalishiga ega bo`lgan psixologik oqim paydo bo`ldi. Bu yo`nalishning vakillari O.Kyulpe (1862-1915), K.Byuller (1879-1922), A.Messer (1837-1937), Ax Nartsis (1871-1946) va boshqalar. Vyurtsburg psixologiya maktabi namoyondalari psixologiya tarixida keng o`rin egallagan assotsitiv psixologiyani tadqiq qilib chiqdilar. Ular sinaluvchilarni o`z-o`zini kuzatish metodigan suyangan holda, tajribala o`tkazish uslubi bilan, yuksak darajada tarqqiyot etgan psixik jarayonlarni, jumladan tafakkurni hissiy bosqichda turgan psixik jarayonlarga ajratib o`rganishda ratsional bosqichdagi murakkabpsixik jarayonlar ana shu ajratilgan jihatlardan mexanik ravishda vujudga keladi deb tushuntirish mumkin emasligini eksperimental yo`l bilan isbotlashga harakat qildilar. Eksperimental ishlarning ijodkorlari va tashabbuskorlari Byuller, Messer, Kyulpelar psixologik tajribalarni dastavval o`z-o`zini kuzatish metodi yordamida o`zlari ustida o`tkazganlar. Lekin ular olinadigan natijalarning obektiv bo`lishiga kamroq etibor berganlar. Bu psixologlar o`zlari ustida o`tkazgan tajribalari natijalarini atroflicha tahlil qilib, fikr yuritish, yani tafakkurni aniq o`lchash imkonini beradigan fursatni, vaqtni talab qiladi deb izohlashga urindilar. Ular tafakkur jarayonining mazmuni va mohiyatini zudlik bilan fikr obektiga tushurish va uzatish mumkin emas, chunonchi tafakkur tarkibiga kiruvchi sezgilar, tasavvurlar va tushunishlarni, shuningdek yaqqol tasavvurga ega bo`lgan elementlarni ana shu tarzda zehn orqali qamrab olish mumkin emas, degan xulosaga keldilar. Ular tafakkurni bilishning yuqori darajasi, ratsional bosqichi bo`lishiga qaramay, sezgilar kabi birlamchi hodisadir. Tafakkur o`z spitsifik xususiyatiga ega bo`lib, uning tajribalariga hech qanday bog`liqligi yo`q, deb asoslashga harakat qildilar. Vyurtsburg psixologiya maktabi yaratgan tafakkur funktsiyasining birlamchiligi va o`ziga xosligi talimotining tafakkur ruhning alohida qobiliyatidir degan tafakkur to`g`risidagi sxolastik talimotga, ruhning alohida moddiy bo`lmagan mohiyatidir deb tariflovchi talimotga juda yaqindir. Vyurtsburg maktabi namoyondalari tafakkur ichki harakat (akt)dir deb qaray boshladilar. Bu maktab pozitsiyasi umuman nihoyatda chigilliklarga, qarama-qarshiliklarga egadir. SHunga qaramasdan bu maktab o`z oldiga qo`ygan keng ko`lamdagi gipotezalar, problemalar tafakkur psixologiyasining taraqqiyotiga keng istiqbollar ochib berdi. Vyurtsburg maktabi namoyondalaridan biri O.Zelts tafakkurni intellektual operatsiyalar harakati sifatida qabul qilgan. U o`z oldiga fikr yuritish faoliyatining u yoki bu jihatlari qay yo`sinda shakllanishini kuzatish, aqliy faoliyat bosqichlarini ko`rsatish, aqliy faoliyatining produktiv va reproduktiv ko`rinishdagi ziddiyatlarni bartarf qilish vazifasini qo`ydi. O.Zelts fikriga ko`ra, maqsad qo`ya olish umumiy intellektual operatsiyalarni aktuallashtirish sari yetaklaydi. O.Zelts asosiy intellektual operatsiyalar qatoriga kompleksga qo`shimcha qilish, abstraktsiya, o`xshashlik reproduktsiyasi kabilarni kiritdi. Uning fikriga, birinchi aqliy operatsiya , yani kompleksga qo`shimcha qilish berilgan predmet va jismlar tasvirini so`z orqali ifodalashni o`z ichiga qamrab oladi. Ikkinchi operatsiya, yani abstraktsiya-predmetlar xarakatreistikasini har xil yo`llar bilan ochib berish, kompleks azolari o`rtasida munosabatlarni o`rnatish kabi funktsiyalarni bajardi. Uchinchi operatsiya - o`xshashlik reproduktsiyasi deb atalib, berilgan kompleks ichidagi tushunchalar va predmetlarni aniq va muhim amaliylarga (belgilarga) bo`lish vazifasini o`taydi. O.Zelts psixologiya tarixida 1-bo`lib tafakkurni protsess sifatida eksperimental metodlar bilan tadqiq qilgan. Download 76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling