Psixologiya nazariyasi
Download 87.13 Kb.
|
XALILOVA DILAFRUZ KURS ISHI
Al Xorazmiy (997 yil vafot etgan)ning tib, odam anatomiyasi va fiziologiyasi sohasidagi bilimi hissiy sezgining moddiy asoslarini qidirishga yordam beradi. "Shaxsiy ruh - u miyada bo’lib, undan badan a’zolariga asab orqali tarqaladi" deydi, aqlni odam nafslarining kuchlaridan biri deb hisoblaydi.
Abu Ali ibn Sinoning (980-1037) psixologik falsafiy qarashlari "Tib qonunlari" asarida inson fiziologiyasi va psixologiyasi asosida talqin etiladi. Ibn Sino sezgini tashqi va ichki turlarini, miyani nerv sistemasining markazi ekanligini, inson tana va jondan tashkil topishi, miya insonni boshqarib turuvchi markaz ekanligi kabi fikrlari noyob oltin xazina hisoblanadi. Abu Rayhon Beruniy (973-1043) fikricha inson hayvondan aqli bilan farq qiladi, deydi va bu tushunchani xudoga murojaat qilib, insonni xudo azaldan shunday yaratgan deydi. U jamiyat yuzaga kelishida kishilarning moddiy ehtiyojlari rolini ko’ra oladi, aql, mehnat, erkin tanlash inson hayoti va ijtimoiy holatini belgilaydi, inson o’z ehtiyojlarini mehnat tufayli qondiradi, deydi. Rudakiy, Umar Xayyom va VIII asrdagi islom ta’limotlari psixologik ta’limotlar uchun ahamiyatlidir. Psixologiya fan sifatida qariyb barcha universitetlarda, meditsina pedagogika va boshqa oliy o’quv yurtlarida o’qitiladi. Xorijiy mamlakatlarda Garvard Kolumbiya, Stanfort (A.Q.Sh), Kembridj, Oksford, London (Buyuk Britaniya), Mokreol (Kanada), Parij (Fransiya), Berlin (G.D.R), Praga (Chexoslovakiya) Vorshava (Pol’sha) universitetlari psixologiya ta’limining mashxur markazlaridir . Psixologiyaga doir bir qancha xalqaro tashkilot va jamiyatlar bor. Psixologiya fanlari xalqoro ittifoqi xozirgi davrdagi asosiy xalqaro ilmiy psixologik tashkilot bo’lib, 4- ta milliy jamiyatni birlashtiradi. Ayrim mamlakatlarda maxsus psixologiya jamiyatlari mavjud. Xususan, Rossiyada Pedagogika Fanlari Akademiyasi xuzurida Psixologlar ilmiy jamiyati tuzilgan. O’zbekistonda Psixologiyani o’rganishga asosan Oktyabr revolyutsiyasidan so’ng kirishildi. 1931 yili Samarqand pedagogika institutida psixologiya laboratoriyalari ochildi. Respublikada psixolog kadrlarni ko’plab tayyorlash maqsadida 1972 yil ToshDU da psixologiya bo’limi ochildi. O’zbekistonda psixologiya fanining taraqqiy etishida professor P.I. Ivanovning xizmati katta. Uning rahbarligida Nizomiy nomli Toshkent pedagogika institutida psixologiya kafedrasi va psixologiya labaratoriyasi ishga tushdi.1965 yil shu institutda bog’cha yoshidagi bolalar pedagogikasi va psixologiyasi fakulteti ochildi. Endilikda O’zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy tatqiqot institutida psixologiya sektori, Toshkent Davlat Universitetida ijtimoiy psixologiya fakul’teti, Nizomiy nomli Toshkent pedagogika institutida hamda respublikanining barcha institutlarida psixologiya va pedagogika fakultetlari ishlamoqda. Zamonaviy psixologiya faninini o’qitishda, fanning ilmiy salohiyatini oshirishda O’zbekistonda ham qator ilmiy izlanishlar olib borilgan va olib borilmoqda Quyida keltirilgan olimlarning ishlari O’zbekistonda ilmiy psixologiyani rivojlanishiga xissa qo’shmoqda deb aytib joizdir.Jumladan: M.G.Davletshin “Maktab O’quvchilarining psixik qobiliyati psixologiyasi” degan mavzuda doktorlik dissertatsiyasi yoqladi. U O’zining ilmiy ishida O’quvchilarni maktabda O’qitish jarayonida texnik qobiliyatning shakllanishini aniqlab beradigan eksperimental tadqiqotlar O’tkazdi. O’zbekistonda psixologiya soxasida 30 dan ortiq fan kandidati bor: malaka oshirish instituti ) S.Sh.Aytmetova, A.Z.G’afforov, R.V .Karimova, V.A.Ivanova, X. Gofurova (Toshkent pedagogika instituti), A.B.Bekbosov (Nukus Davlat Universiteti), M.A. Muzaffarov, M.Mamajonov, T. Yusufjonov (Namangan pedagogika instituti), A.Asqarov(Fargona pedagogika instituti), O.Tursunov (Buxoro pedagogika instituti), va boshqalar. Psixologiyaning turli masalalari yuzasidan samarali ilmiy tadqiqot ishlari olib bordilar. Rossiyada 1955 yildan psixologiyaga oid maxsus “Вопрос o психология” jurnali nashr etila boshladi. Psixologiyaga doir masalalarni shuningdek “вопрос o философии”, “Российская школа”, “Журнал невропотологии И психиотрии им Корсокова”, “Журнал нервной деятелности им И.П.Павлова”, “Sovet maktabi” (O’zbekistonda)” “ Bola va zamon” kabi Jurnallarda va boshqa vaqtli matbuotda yoritilishi bugungi kunda bu fanga berilayotgan e’tiborni katta ekanligidan dalolat beradi. Demak psixologiya soxasi bo’yicha olib borilayotgan izlanishlarni O’rganar ekanmiz avvalo uning tarixiga fan sifatida yuzaga kelishiga e’tibor beramiz. Psixologiya – juda qadimiy va shu bilan birga navqiron fandir. Psixik xodisalarning ilk talqini qadimiy yunon olimi Aristotel (eramizdan avvalgi 384-322yillar) ning “Ruh haqida” nomli traktatida berilgan. Psixik xodisalar va ularning qonuniyatlariga ta’luqli ilmiy tadqiqot ishlari XIX asrning ikkinchi yarmida, ilmiy psixologiya asoslari esa XIX va XX asrlar O’rtasida yuzaga kelgan. Yani Psixofiziologiya – Psixikaning moddiy asosini o’rganuvchi fan soxasi sifatida talqin etilgan. “Psixofiziologiya” terminini dastlab 1830 yilda “Fransuz” filosofi N.Massiaj qo’llagan. Keyinchalik nemis psixologlari V.Vundt va T.Sigenlar tomonidan ishlab chiqilib, sezgi organlarini fiziologiyasi, psixik jarayonlarning miya “markaz”larini o’rganishga, xissiyotning nerv, gumorol mexanizmlarini va boshqalarni tekshirishga tadbiq etish natijasida Psixologiyaga ta’luqli bir qancha qimmatli ma’lumotlar olindi. Biroq psixofiziologiya asosan psixofizik parallelizm doirasida cheklanib qolg’anligi tufayli psixikaning reflektorlik tabiati asoslab berilgunga qadar, psixofiziologik tadqiqotlarning ko’p qismi psixika jarayonlarining mohiyatini xaqiqiy ilmiy ravishda tushuntira olmadi. Xozirgi zamon fanida psixofiziologiyaning rivojlanishi I.M.Sechenov va I.P.Pavlovlarning reflector nazariyalari bilan bog’liq. XULOSA Hozirgi zamon psixologiyasi yaxlit fanning o‘zidan emas, balki mustaqil fan bo‘lishga da’vogarlik qiluvchi ilmiy fanlar majmuasidan iborat. Bu majmuadan psixologiyaning ta’lim bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy va amaliy, umumiy va maxsus sohalari o‘rin olgan. psixologiya fanining asosiy sohalari odamlarning aniq bir faoliyat bilan shug‘ullanishidan qat’iy nazar, odamlarning hulq-atvor psixologiyasini bilish va tushuntirib berishda umumiy ahamiyatga ega. fanning bu sohalari odam hulq-atvori va psixologiyasi bilan qiziquvchilarga birday zarur bo‘lgan bilimlarni berishlari kerak. ba’zida umumiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ular «umumiy psixologiya» atamasi bilan umumlashtiriladi. umumiy psixologiya sohasidagi tadqiqotlar natijalari psixologiya fanining barcha soha va bo‘limlarining rivojlanishi uchun asos bo‘lib hisoblanadi. Qaysi bir bilim sohasini olib qaramaylik, uning taraqqiyoti ko’p jihatdan o’tmish tajribasiga mustahkam bog’liq bo’lganligining guvohi bo’lamiz. Bu ayniqsa, pedagogika fani taraqqiyoti uchun xosdir. Bu masalada biz milliymadaniy meros va uni o’zlashtirishga tayanib ish ko’ramiz. Chunki o’tmish progressiv tajribalariga, metod va usullariga tayanmasdan turib, yosh avlodni yuksak axloqli qilib tarbiyalash mumkin emas. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, «Tarix millatning haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlaritarixiy xotiramizni jonlantirib, yangi fuqarolik ongini shakllantirmoqda. Axloqiy tarbiya va ibrat manbaiga aylanmoqda». Sharq xalqlari ko’p asrlarga borib taqaluvchi madaniyatga ega ekanligi hammaga ayon. Ana shu madaniy yodgorliklar inson qo’li, aqli, mahorat va malakasi o’tmishdan qabul qilib olgan hayotiy tajribasi natijasidagina milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga, san’at va adabiyot asarlariga aylangan demak, madaniyat o’z-o’zidan paydo bo’lib qolmay, ko’p darajada ta’lim va tarbiya mevasi sifatida shakllangan. Download 87.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling