Psixologiya nazariyasi
PSIXIKANING NAMOYON BO’LISH SHAKLLARI VA ULARNING UZARO BOG’LIQLIGI
Download 87.13 Kb.
|
XALILOVA DILAFRUZ KURS ISHI
PSIXIKANING NAMOYON BO’LISH SHAKLLARI VA ULARNING UZARO BOG’LIQLIGI
Sharqda psixologik qarashlarning paydo bo’lishida buyuk sharq mutafakkirlarining roli kattadir. Ular orasida Al- Xorazmiy (783-850), Al-Farobiy (873-950), Abu Rayxon Beruniy (973-1048), Abu-Ali Ibn Sino (980-1037), Mirzo Ulugbek (1324-1409) kabilar o’zlarining inson psixikasi va yosh avlodni tarbiyalashga doir boy fikrlari va qarashlarini me’ros sifatida qoldirganlar.Ular orasida ayniqsa Ibn Sinoning mantiq, metafizika., tabiy fanlar haqidagi fikrlari o’sha davr ilmiy taraqqiyotiga katta xissa qo’shdi. U maxsus psixologik muammolar bilan shig’ullangan olimlardan biridir. Uning ruh haqida, asab tizimi, miyaning funksional tuzilishi haqidagi fiklari xozirgi zamon psixologiyasini, psixikaning mexanizmlarini o’rganishda ahamiyatlidir. Uning temperament tiplari to’grisidagi ta’limoti psixologiyaga qoshgan eng katta xissasidir. Ibn Sino birinchi bo’lib psixoterapevtik usullarni qo’llagan olimdir. Ma’lumki, psixika o’ziga xos rango-rang olamdir. Undagi jarayonlar, xolatlar, bir-biridan yakka xolatda namoyon bo’lmaydi. Ular bir- biriga bogliq va doimo bir- biriga ta’sir etadi.Demak, qisqa qilib, psixologiyaning predmetini - konkret shaxs, uning jamiyatdagi xulq - atvori va turli faoliyatlarining o’ziga xos tomonlaridir, deb ta’riflash ham mumkin.O’z navbatida psixologiya predmeti quyidagilarni o’zida qamrab olishi keraqligini ta’kidlash maqsadga muvofiqdir. 1.Psixologik bilish jarayonlari( sezgi, idrok, xotira, va b, k) 2. Psixikaning shakllari (faoliyat, xulq, muomala) 3. Psixikaning xolatlari ( kayfiyat, xayolparishonlik) 4. Psixikaning xodisalari 5. Psixikaning xislatlari, fazialatlari, sifatlari, xossalari. 6. Psaxikaning qonuniyatlari. 7. Psixikaning mexanizmlari. 8. Psixik sharoit muxit vaziyat. 9. O’zaro sababiy boglanishalr. 10. Tadqiqot metodlari, vositalari, prinsiplari.va boshqalar. Qadim zamonlardanoq odamlar olamni har-xil tushuntirganlar. Psixologiya bundan 2-2 yarim ming yillar muqaddam qadimgi Gretsiyada vujudga kelgan. Psixologiya tarixi 2 davrga ajratiladi: 1-davr. Psixologiya fanining falsafa tarkibida rivojlangan davri. Bu davr eramizdan avvalgi VI-XIX asr o’rtasigacha 2,5 ming yillar davom etgan davrdir. 2-davr. Psixologiya fanining mustaqil fan sifatida rivojlangan davri. Bu davr XIX asr o’rtasidan hozirgi kungacha davom etib kelayotgan davrdir. Bizning qadimiy ajdodlarimiz tabiatdagi ko’p hodisalarni tushuntirishga hali ojiz bo’lganlar va shu sababli ular tabiatdagi hodisalar go’yo olamga keng tarqalgan maxsus g’ayritabiiy, moddiy bo’lmagan, ko’zga ko’rinmas kuchlar tufayli yuz beradi, deb hisoblaganlar. Odamning sezgilari, his-tuyg’ulari, fikrlarini ko’z bilan ko’rib bo’lmaydi, shu sababdan ularni odamlar moddiy bo’lmagan alohida mavjudot - jonning ishi deb bilganlar, jonni esa odam tanasida vaqtincha yashovchi va odam o’lgandan keyin tanani tark etuvchi narsa deb bilganlar. Ijtimoiy hayot ehtiyojlari qadim zamonlardan buyon kishini tevarak-atrofdagi odamlarning psixik jihatdan tuzilish xususiyatlarini farqlay bilishga va ularni o’z xatti-harakatida hisobga olishda majbur etib kelgan.O’sha davrdagi mutafakkirlar jon (ruh)ni tanadan holi ravishda o’rganishga harakat qilganlar.Bunday tasavvurlar uyqu, o’lim, hushdan ketish holatlarini noilmiy talqin qilish oqibatida tarkib topgan. Keyinchalik jamiyat taraqqiy eta borgan sari jonning moddiylikdan holi tabiati haqidagi g’oyalar paydo bo’la borgan. Bunday qarashlar keyinchalik filosofiyada o’z ifodasini topgan. Eramizdan avvalgi VII-I asrlar oralig’ida yashab o’tgan mutafakkirlar Fales, Anaksimen, Geraqlit, Demokrit, Epikur, Plotin, Lukresiylar ta’limotidan keyin ruh tanaga jon bag’ishlovchi moddiy asos, hayotiy jarayonni boshqaruvchi, idora etuvchi a’zo sifatida qaralgan. Psixika haqidagi ta’limotlarning rivojlanishi uchun Aflotun (er. av. 427-347 yillar) alohida sharoit yaratib berdi. U jonning qismlari to’g’risidagi tushunchani yaratadi. Aflotunning shogirdi Arastu (er.av.384-322y)ning "Jon to’g’risida"gi asari psixologiyaning bu davrga kelib bilimlar sohasi sifatida ajralib chiqishiga sabab bo’ldi. Arastu kishilik tafakkuri tarixida birinchi bo’lib ruh va jon tananing ajralmas qismlari ekanligi g’oyasini ilgari surdi. Shu sababli ham Arastu psixologiya fanining otasi sifatida talqin qilinadi."Psixologiya", ya’ni jon haqidagi fan so’zi (yunoncha "psyche"-ruh, jon, "logos’’-fan, ta’limot ma’nosinianglatadi) bizning davrimizda ham saqlanib qolg’an. "Bu - ruhiy dunyosi ulkan odam"- deganda biz jismsiz va abadiy barhayot narsani emas, balki psixikani nazarda tutamiz. Geraqlit, Demokrit, Aflotun, Arastularning ta’limotlari keyingi asrlarda (Dekart, Gobbs, Jon Lokk, Leybnis va boshqalar) psixologik g’oyalarning rivojlanishi uchun tayanch nuqta bo’ldi. Markaziy Osiyoda psixologik ta’limotlarning rivojlanishi VII-IX asrlarga to’g’rikeladi. Abu nasr Forobiy Yaqin va O’rta sharqda ilg’orijtimoiy-falsafiy oqim asoschilaridan biri bo’lib, "Sharq Aristoteli" degan unvonga sazovor bo’lgan mashhur mutafakkir. Uning inson tafakkuri, bilish bosqichlari (hissiy va xayoliy), sezgi turlari, Inson (ruh) jonining bir tandan, boshqasiga o’tib, ko’chib yurishi mumkinligini rad etishi (izchil emas), mantiq tizimi haqidagi ta’limoti, o’rta asrlar falsafasining katta yutug’i edi. Download 87.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling