Psixologiya nazariyasi


O’ZBEKISTONDA PSIXOLOGIYANING RIVOJLANISH


Download 87.13 Kb.
bet3/11
Sana01.03.2023
Hajmi87.13 Kb.
#1242930
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
XALILOVA DILAFRUZ KURS ISHI

O’ZBEKISTONDA PSIXOLOGIYANING RIVOJLANISH
MUNDARIJA
KIRISH
I BOB O’ZBEKISTON PSIXOLOGIYANING RIVOJLANISH TARIXI
1.1. Psixologiyaning rivojlanishida xissa qo’shgan olimlar
1.2 O’zbekistonda yetishib chiqan pisxolog olimlar
II BOB PSIXOLOGIYA FANINING TARAQQIYOTI
2.1 . Psixologiya fanining taraqqiyot tarixi va rivojlanish bosqichi.
2.2 XX asrning psixologiyasi
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


KIRISH
Zamonaviy hayotni bugun ilm-ma’rifat va ta’limning taraqqiyotisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Jahonning yetakchi davlatlarida ta’limni rivojlantirish birinchi galdagi vazifa sifatida belgilanishi ham bejiz emas. Negaki, mamlakatning kelgusi ravnaqi aynan shu sohada qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan chambarchas bog‘liqdir.
Mamlakatimizda 2019-yilning oktyabrida O‘zbekiston Respublikasi oily ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi. Ushbu hujjatga intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish singari vazifalar asos qilib olindi. Konsepsiya mazmuni mamlakatimiz oily ta’lim tizimini isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini aks ettiradi. Unda oily o‘quv yurtlarida qamrov darajasini kengaytirish hamda ta’lim sifatini oshirish, raqamli texnologiyalar va ta’lim platformalarini joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, innovatsion tuzilmalarni shakllantirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish, xalqaro e’tirofga erishish hamda boshqa ko‘plab aniq yo‘nalishlar belgilab berilgan. Bularning barchasi ta’lim jarayonini yangi sifat bosqichiga ko‘tarish uchun xizmat qiladi.
Pedagogika va psixologiya bakalavriat taʼlim yoʼnalishi negizida. “Pedagogika va psixologiya” magistratura mutaxassisligiga kiruvchi talabgorlar uchun taʼlim yoʼnalishi oʼquv rejasiga asosan 4 ta umumkasbiy va ixtisoslik fanlari boʼyicha: “Pedagogika nazariyasi va tarixi”, “Ijtimoiy pedagogika”, “Pedagogik mahorat”, “Psixologiya nazariyasi va tarixi”, “Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik-psixologiya” fanlaridan yozma ish savollari shakllantirilgan. Bu fanlar o`z negizida qamrab olingan ma’lumotlar quyida batafsil keltirilgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyun kungi PQ-5157-son qaroriga ko’ra magistratura mutaxassisligiga qabul 2 bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda universitetda mutaxassislik fanlaridan imtixon topshiriladi. Ikkinchi bosqichda Davlat test markazi tomonidan chet tili bo’yicha test sinovlari o’tkaziladi.
Mutaxassislik fanlaridan kirish imtixonlari yozma ish ko’rinishida o’tkaziladi.
Jamiyatimizda bugungi kunda yangi «Uyg`onish» davri, ya’ni «Uchinchi renessans» poydevorini yaratish asosiy maqsad qilib belgilangan bir davrda o`rta asr mutafakkirlarining ma’naviy merosini o`rganishga yanada e’tiborli bo`lish, didaktik asarlar tarjimalarini amalga oshirib, keng ommaga yetkazish, pedagogik tahlilini yaratib, ta’lim jarayonida unumli foydalanish dolzarb vazifalardandir. Chunki, «buyuk ajdodlarimizning betakror va noyob ilmiy-ma’naviy merosi biz uchun doimiy harakatdagi hayotiy dasturga aylanishi kerak. Bu o`lmas meros hamisha yonimizda bo`lib, bizga doimo kuch-quvvat va ilhom bag`ishlashi lozim. Avvalambor, milliy ta’lim tizimini ana shunday ruh bilan sug`orishimiz kerak1». Ushbu yondashuv ta’lim tizimining yuksak cho`qqilarga chiqishida amaliy dasturdir. O`rta asrlarda yashab ijod etgan Movarounnahr va Xurosonlik alloma va mutafakkirlarning bugungi kungacha yetib kelgan ma’naviy meroslari ta’lim-tarbiya mazmuniga beqiyos manba sifatida xizmat qiladi. Ularning aksariyati YUNESKOning madaniy meros ro`yxatidan o`rin egallagan. Bugungi kunda Sharq alloma va mutafakkirlarning Respublikamiz muzey-qo`riqxona «Hujjatlar» hamda kutubxona fondlarida, shuningdek, Rossiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Misr, Hindiston, Eron, Turkiya kabi ko`plab xorijiy mamlakatlardagi kutubxonalarning «oltin fondi»da ko`plab qo`lyozma shaklidagi didaktik asarlar saqlanmoqda. Ushbu didaktik asarlarni tarjima qilish, tadqiqotga jalb etish va ilmiy muomalaga kiritish, mavjud tarjimalarning ilmiy, ma’rifiy, falsafiy hamda pedagogik tahlillari va sharhlarini yaratishni zamonning o`zi kun tartibiga qo`ymoqda. So`ngi yillarda o`rta asr Sharq alloma va mutafakkirlarning ilmiy, falsafiy, ma’naviy merosini har tomonlama tadqiq qilish, ilmiy-amaliy ahamiyatini yoritish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2021 yil 19 yanvar kuni ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirishga oid videoselektor yig`ilishida: «Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo`lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir», – degan edilar. Yangi O`zbekistonni barpo etishda 1 https://uza.uz/uz/posts/prezident-ituvchi-va-ziyelilarga-murozhaat-ilmo-da-30-09-2020 8 ikkinchi mustahkam ustun ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyat, ezgulik, odamiylik, gumanizm g`oyasiga tayanamiz. Buning uchun fikr tarbiyasini, milliy va umuminsoniy qadriyatlar tarbiyasini tashkil etish va xalqimizning necha ming yillik hayotiy tushuncha va qadriyatlariga suyanish va ilmiy nazariy, kompleks tadqiqotlarni olib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu o`quv qo`llanmada: – IX - XII asrlar sharq uyg`onish davrida pedagogik fikrlarning rivojlanishi borasida Najmiddin Kubro (1145-1221)ning ta’lim va tarbiya haqidagi ta’limoti hamda Fariduddin Attor (1147-1219) asarlarida ta’lim va tarbiya haqidagi qarashlar yoritilgan. – XII asrning ikkinchi yarmi va XIV asrning birinchi yarmigacha Movarounnahr va Xurosonda tarbiya, maktab, pedagogik fikrlar rivojini yoritishda Orif Revgariy (1165-1262)ning «Orifnoma» risolasidan ta’lim va tarbiya haqidagi qarashlar, Muhammad Avfiy Buxoriy (1172-1242)ning ibratli hikoyalaridan namunalar, Sayfiddin Boharziy (1190-1261)ning ta’lim va tarbiya haqidagi qarashlari, Nosiriddin Tusiy (1201-1274)ning «Axloqi Nosiriy» kitobidan namunalar, Jaloliddin Rumiy (1207-1273)ning «Masnaviyi ma’naviy» asaridan hikoyalar va hikmatlar, Sa’diy Sheroziy (1210-1292)ning «Guliston» va «Bo`ston» asaridan ta’lim va tarbiyaga oid hikmatlar, Aziziddin Nasafiy (1220-1305)ning «Zubdat ul-haqoyiq» va «Komil inson» kitobidagi ma’rifiy g`oyalari hamda Pahlavon Mahmud (1247- 1326)ning ta’lim va tarbiya haqidagi qarashlaridan foydalanildi. – XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movaraunnahr va Xurosonda tarbiya, maktab, pedagogik fikrlar rivojini yoritish uchun Burhoniddin Rabg`uziy (1250-1330)ning «Qisasi Rabg`uziy» asaridagi ta’lim va tarbiya, Amir Xusrav Dehlaviy (1253-1325)ning ta’lim va tarbiya haqidagi qarashlari, Ubayd Zakoniy (1280-1370)ning ibratli hikoyalaridan hamda Mahmud Shabustariy (1288-1340)ning «Gulshani roz» asaridagi namunalardan saralab olindi

Download 87.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling