Psixologiya va pedagogika 19-bilet 1


Download 1.13 Mb.
bet1/10
Sana03.02.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1156655
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Psixologiya 19-25-bilet


Psixologiya va pedagogika
19-bilet
1.Muloqot vositalari va turlari
Muloqot – odamlar o‘rtasida birgalikda faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog‘lanishlar rivojlanishining ko‘p qirrali jarayonidir.
Muloqotning psixologik vositalari. Odamlar bir-birlari bilan muomalaga kirishar ekan, ularning asosiy ko‘zlagan maqsadlaridan biri – o‘zaro bir-birlariga ta’sir ko‘rsatish, ya’ni fikr-g‘oyalariga ko‘ndirish, harakatga chorlash, ustanovkalarni o‘zgartirish va yaxshi taassurot qoldirishdir. Turli vositalar yordamida insonlarning fikrlari, hissiyotlari va xatti-harakatlariga ta’sir ko‘rsata olish – psixologik ta’sir deyiladi.
Psixologiyada psixologik ta’sirning asosan uch vositasi farqlanadi:
Verbal ta’sir – bu so‘z va nutq orqali ko‘rsatadigan ta’sirlardir. Har qanday nutq ko‘rinishida odam o‘zidagi barcha so‘zlar zaxirasidan foydalanib, eng ta’sirchan so‘zlarni topib, sherigiga ta’sir ko‘rsatishni xohlaydi.
Paralingvistik ta’sir – bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillari bo‘lib, bunga nutqning baland yoki past tovushda ifodalanayotganligi, artikulyatsiya, tovushlar, to‘xtashlar, duduqlanish, yo‘tal, til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar kiradi.
Noverbal ta’sir «nutqsiz» ko‘rinishga ega bo‘lib, bunga suhbatdoshlarning fazoda bir-birlariga nisbatan tutgan o‘rinlari, holatlari (yaqin, uzoq, intim), qiliqlari, mimika, pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita his qilishlar, tashqi qiyofa, undan chiqayotgan turli signallar (shovqin, hidlar) kiradi. Ularning barchasi muloqot jarayonini yanada kuchaytirib, suhbatdoshlarning birbirlarini yaxshiroq bilib olishlariga yordam beradi. Agar muloqot jarayonini yaxlit bir faoliyat sifatida undagi asosiy maqsad – muomalaga kirishgan shaxslarning umumiy muammolarini yechish bo‘ladigan bo‘lsa, muloqotning tashabbuskori bo‘lgan shaxsning ta’siri qanchalik adresatga – ta’sir yo‘naltirilgan kimsaga yetib borishi katta amaliy ahamiyatga ega. Shuning uchun ham olimlar muloqotning samaradorligi ko‘proq qaysi vositalarga bog‘liqligiga qiziqadilar. Amerikalik olim Mexrabyanning ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi uchrashuvda biz boshqalardan kelayotgan noverbal signallarga 55% ishonamiz, ulardan ta’sirlanamiz; 38% – paralingvistik va 7% gina nutqning bevosita mazmuniga ishonamiz. Shuning uchun ham obrazli tarzda “Kiyimga qarab kutib olinadi, aqlga qarab kuzatiladi” deyiladi. Keyingi uchrashuvlarda bu mutonosiblik, tabiiy, o‘zgaradi.
Muloqot mazmuniga ko‘ra quyidagi turlarga ajraladi: Moddiy muloqot deganda subyektni dolzarb ehtiyojlarni qondirish vositasi sifatida, ayni paytda shug‘ullanayotgan faoliyatining mahsulotlari va predmetlarini ayirboshlash tushuniladi.
Kognitiv muloqot deb shaxslarning hamkorlikdagi faoliyatida narsa va hodisalarni o‘rganish, ma’lumotlarni bilib olish jarayonida o‘zaro bilim almashinuviga aytiladi.
Konditsion muloqotda psixologik va fiziologik holatlar ayirboshlanadi. Masalan, shifokor bemorning tushkun kayfiyatini ko‘tarishi yoki aksincha, ona qizining o‘ksinib yig‘layotgan holatiga yig‘i bilan munosabat bildirishi va hokazo.
Motivatsion muloqot muayyan yo‘nalishda hamkorlikda harakat qilish uchun o‘zaro maqsadlar, qiziqishlar, motivlar, ehtiyojlar almashinuv jarayoni bilan izohlanadi.
Faoliyat muloqoti kognitiv muloqot bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, bunda harakatlar, operatsiyalar, ko‘nikma va malakalar ayriboshlanadi. Bu muloqot jarayonida ma’lumotlar uzatiladi, bilim doirasi kengayadi, qobiliyatlar rivojlanadi, takomillashadi.
Muloqot maqsadiga ko‘ra biologik va ijtimoiy ko‘rinishda bo‘ladi. Biologik muloqot nasl qoldirish, organizmni rivojlantirish, himoyalash kabi tabiiy ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liq bo‘lsa, ijtimoiy muloqot esa shaxslararo munosabatlarni kengaytirish, mustahkamlash, takomillashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish vositasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Muloqot vositasiga ko‘ra bevosita va bilvosita bo‘lib, bunda jonli mavjudotning tabiiy a’zolari yordamida ya’ni qo‘li, boshi, tanasi, tovushi yordamida axborot ayirboshlasa – bu bevosita bo‘ladi, agar muloqotni tashkillashtirish va ma’lumot almashishda maxsus qurol va vositalardan foydalanilsa – bu muloqot bilvosita deyiladi.
2.Shaxsning bilish jarayonlari
Diqqat deb inson his-tuyg‘usi va ongini bir nuqtaga to‘plab, muayyan bir obyektga faol qaratilishiga aytiladi. Inson faoliyati jarayonida idrok va tasavvur qiladigan har bir narsa, har bir hodisa, o‘zi qilgan ishi, o‘y va fikrlari diqqatning obyekti bo‘la oladi.
Diqqatning biror obyektga yo‘nalishiga ko‘ra sensor (perseptiv), aqliy (intellektual), harakatlantiruvchi (harakat) shakllari mavjud.
Diqqat muayyan obyektga to‘planishi ko‘p jihatdan insonning histuyg‘usi, irodaviy sifati, qiziqishi kabilarga bog‘liqdir.
Psixologiyada diqqatning obyektiga ko‘ra tashqi va ichki; faoliyat shakliga ko‘ra individual, guruhiy yoki jamoaviy; hosil bo‘lish xususiyati va amal qilish usuliga qarab ixtiyorsiz, ixtiyoriy, ixtiyoriydan so‘nggi turlarga bo‘linadi.
Tashqi diqqat deb ongimizning obyektiv voqelikdagi narsa va hodisalarga, ularning ayrim belgi va xususiyatlariga yo‘naltirilishi, ularda faol to‘planishiga aytiladi. Tashqi diqqat faqat idrok qilish jarayonidagina namoyon bo‘lmasdan, balki fikr yuritilayotgan narsalarga ham qaratiladi. Jumladan, ixtirochining o‘zi yaratgan narsasini tasavvur qilishi, rassomning obrazlarni kashf qilish jarayoni, muhandisning to‘g‘on qurilishini ko‘z o‘ngiga keltirish bilan bog‘liq holatlar bunga misol bo‘la oladi.
Ichki diqqat esa ongimizning o‘z subyektiv taassurotlarimiz, his-tuyg‘ularimiz va intilishlarimizga qaratilishidan iboratdir. Inson ongining o‘zida sodir bo‘layotgan o‘z hissiyotlarini, fikrlarini, orzu istaklarini va shu kabilarni kuzatishda tashqi diqqatdan farqli o‘laroq ichki diqqat yuzaga kelar ekan, bunda diqqatning har ikkala ko‘rinishi ham faoliyatning muvaffaqiyatli yakunlanishiga munosib hissa qo‘shish imkoniyatiga egadir.
Bir kishi ongining muayyan obyektga qarata yo‘naltirilishi va unga to‘planishiga individual; bir guruh yoki ko‘pchilikdan iborat kishilar jamoasining ongi psixik faoliyatning biror obyektga qarata yo‘naltirilishi va shu obyekt ustida to‘planishiga guruh yoki jamoa diqqati deb yuritiladi.
Diqqatsizlik – diqqatni obyektga yo‘naltira olmaslik va to‘play olmaslik, atrofdagi kishilarga nisbatan e’tiborsizlik yoki iltifotsizlikdan iborat shaxsning yana bir salbiy xarakter xislatidir.
Sezgi oddiy psixik bilish jarayoni bo‘lib, moddiy qo‘zg‘atuvchilarning muayyan retseptorlarga bevosita ta’sir etishi orqali real olamdagi narsa va hodisalarning ayrim xususiyatlarini va shuning bilan birga, inson organizmi (uning a’zolari)ning ichki holatlarini alohidaalohida aks ettirishdan iborat bilishning dastlabki bosqichidir. Inson atrof-muhitdagi moddalar shaklini, harakatlar ko‘rinishini, ularning xossalarini o‘ziga xos xususiyatlarini sezgi a’zolari yordamida, sezgilar orqali biladi, xolos.
Psixologiyada sezgilarning fiziologik asosi va mexanizmlarini analizatorlar ta’siri natijasida yuzaga keluvchi asab (nerv) jarayoni, uning tizimi, tuzilishi tashkil qiladi. Fiziolog va psixologlarning ta’limotlariga ko‘ra, analizator uchta tarkibiy qismlardan iborat:
1) tashqi kuch-quvvatni (energiyani) asab (nerv) jarayoniga aylantirib beruvchi periferiya qismdan, ya’ni retseptordan;
2) analizatorlarning periferiya qismini markaziy qism bilan bog‘lovchi afferent (markazga intiluvchi asab tolasi), o‘tkazuvchi asab yo‘llaridan;
3) periferiya qismlaridan keluvchi nerv impuls (harakat)lariga qayta ishlanuvchi analizatorlarning miya po‘stidagi qismlar.Periferik nervlarning uchlari (ko‘z, quloq, teri va burun kabilar), ta’sirotni eltuvchi (afferent), javob qaytaruvchi (efferent) nerv tolalari, analizatorlarning orqa va bosh miya markazlari analizatorini tashkil qiladi.
Ch.Sherrington sezgilarni quyidagicha klassifikatsiya qiladi:tashqi muhitdagi narsa va hodisalarning xususiyatlarini aks ettirishga moslashgan hamda retseptorlarga tananing sirtqi qismiga joylashgan eksterioretseptiv sezgilar (retseptorlar);
− ichki tana a’zolari holatlarini in’ikos etuvchi hamda retseptorlari ichki tana a’zolarida, to‘qimalarida joylashgan interioretseptiv sezgilar;
− tana va gavdaning holati hamda harakatlari haqida ma’lumot (axborot, xabar) beruvchi, muskullarda, bog‘lovchi paylarda, mushaklarda joylashgan proprioretseptiv sezgilar.
Idrok sezgilarga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon bo‘lib, barcha ruhiy holatlar, hodisalar, xususiyatlar, xossalar va inson ongining yaxlit mazmuni, egallangan bilimlar, tajribalar, ko‘nikmalar bir davrning o‘zida namoyon bo‘ladi, bevosita aks ettirishda ishtirok etadi.Idrokning (lot. «perceptio» – qabul qilish, idrok) yuqori bosqichi «appersepsiya» deyiladi. Appersepsiya – idrok jarayonini shaxsning oldingi bilimlari, shaxsiy va ijtimoiy tajribalari, qiziqishlari, motivatsiyasi, ehtiyojlari va odatlari, umuman, ruhiy hayotning barcha mazmuni bilan belgilanishidir.
Idrokning vaqtni, harakatni, fazoni idrok qilish turlari mavjud.
Idrok jarayonida uning fenomenlari (yunon. “phainomenon” – noyob, g‘ayriodatiy holat) muayyan hodisalarni aks ettirishda ishtirok etadi, in’ikosning turlicha aniqlikda namoyon bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida ma’lumot beradi. Ular gallyusinatsiya (lot. “hallucinatio” – alahlash, bosinqirash, valdirlash, yo‘q narsalarning ko‘rinishi, eshitilishi, sezilishi), illyuziya (lot. “illusio” – xato, adashish, yanglishish), attraksiya (frans. “attraction” – o‘ziga tortish, mahliyo etish, jalb qilish), yaqqol ko‘rinish (rus. “yasnovidenie” – yaqqol oldindan ko‘rish, yaqqol g‘oyibdan xabar olish) tushunchalari orqali nomlanadi.
Individning o‘z tajribasida esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi. Bunda xotira – atrof-muhitdagi narsa va hodisani bevosita va bilvosita, ixtiyoriy va ixtiyorsiz ravishda, passiv va aktiv (faol) holda, reproduktiv va produktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va mexanik yo‘l bilan aks ettiruvchi esda olib qolish, esda saqlash, qaytadan esga tushirish, unutish hamda tanish, eslashdan iborat psixik jarayon, ya’ni taassurotlarni ijodiy qayta ishlashga yo‘naltirilgan mnemik (yunon. “mnema” – xotira) faoliyat sifatida namoyon bo‘ladi.
Xotira insonning hayoti va faoliyatining barcha sohalarida qatnashishi tufayli uning namoyon bo‘lish shakllari, holatlari, shart-sharoitlari, omillari ham xilma-xil ko‘rinishga egadir. Odatda, xotiraning ikki turi mavjud: 1) tug‘ma (irsiy) xotira; 2) orttirilganxotira.
Tug‘ma xotira oddiygina qilib tushuntirganda shartsiz reflekslar yig‘indisi bo‘lsa, orttirilgan xotira esa shaxsning hayot va faoliyati jarayonida shakllanib, rivojlanib boradi. Orttirilgan xotiraning o‘zi muayyan turlarga bo‘linadi:
Harakat xotirasi – turli harakatlar va ularning bajarilish tartibi, tezligi, sur’ati, tizimini esda qoldirish, saqlash esga tushirishdan iborat xotira turiga aytiladi. Agar insonda harakat xotirasi bo‘lmaganda edi, u bironta harakatni amalga oshirish tugul o‘sha harakatning aynan o‘zini har gal “boshdan boshlar” va o‘rganar edi.
Ixtiyoriy va ixtiyorsiz xotira. Ixtiyoriy xotira deganda ma’lum maqsadni ro‘yobga chiqarish uchun, muayyan davrlarda aqliy harakatlarga suyangan holda amalga oshirishdan iborat ong boshqaruvidagi xotira jarayoni tushuniladi.
Ixtiyorsiz xotiraning muhim xususiyatlaridan biri – maxsus mnemik maqsadsiz, aqliy, asabiy, irodaviy zo‘r berishsiz hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan keng ko‘lamdagi ma’lumot, xabar, axborot, taassurotlarning ko‘pchilik qismini aks ettirishidir.
3.Bilish jarayonlari professional faoliyat
Inson faolligini mujassamlashtiruvchi harakatlar jarayoni faoliyatdeb yuritilib, u (faoliyat) – inson ongi va tafakkuri bilan boshqariladigan, undagi turli-tuman ehtiyojlardan kelib chiqadigan hamda tashqi olamni, o‘z-o‘zini o‘zgartirish, takomillashtirishga qaratilgan o‘ziga xos faollik shaklidir. Faoliyat yo‘naltirilish obyektiga ko‘ra tashqi va ichki turlarga farqlanadi. Bunda tashqi faoliyat shaxsni o‘rab turgan tashqi muhit va undagi narsa va hodisalarni o‘zgartirishga qaratilgan faoliyat bo‘lsa, ichki faoliyat – birinchi navbatda aqliy faoliyat bo‘lib, u sof psixologik jarayonlarning kechishidan kelib chiqadi. Namoyon bo‘lish nuqtayi nazaridan ichki – aqliy, psixik faoliyat tashqi predmetli faoliyatdan kelib chiqadi.
Aqliy faoliyatning quyidagi ko‘rinishlari mavjud:
perseptiv faoliyat – ya’ni, bular shunday harakatlarki, ularning oqibatida atrofdagi predmetlar va hodisalar to‘g‘risida yaxlit obraz shakllanadi;
mnemik faoliyat – narsa va hodisalarning mohiyati va mazmuniga aloqador materialning eslab qolinishi, esga tushirilishi hamda esda saqlab turilishi bilan bog‘liq murakkab harakatlar yig‘indisi;
fikrlash faoliyati – aql, fahm-farosat vositasida turli xil muammolar, masalalar va jumboqlarni (tafakkur operatsiyalari yordamida) yechishga qaratilgan faoliyat;
imajitiv – (“image” – obraz so‘zidan olingan) faoliyati shundayki, u ijodiy jarayonlarda xayol va fantaziya vositasida hozir bevosita ongda berilmagan narsalarning xususiyatlarini anglash va xayolda tiklashni taqozo etadi;
nutq faoliyati – odam tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirish, avlodlarga uzatish yoki kommunikatsiya o‘rnatish, o‘z shaxsiy harakatlarini rejalashtirish hamda amalga oshirish maqsadida tildan foydalanish jarayonidir.
Psixologik moslik deganda, guruh a’zolari sifatlari va qarashlarining aynanligi emas, balki ular ayrim sifatlarining mos kelishi, qolganlarining kerak bo‘lsa, tafovut qilishi nazarda tutiladi.
Moslikning mezoni sifatida N.Obozov quyidagilarni ajratadi:
a) faoliyat natijalari;
b) a’zolarning sarflagan kuch-energiyalari;
d) faoliyatdan qoniqish.
Ikki xil o‘zaro moslik farqlanadi: psixofiziologik va ijtimoiy psixologik. Psixofiziologik moslikda faoliyat jarayonida odamlarning bir xil va mos tarzda harakat qila olishlari, reaksiyalar mosligi, ish ritmi va tempidagi uyg‘unliklar nazarda tutilsa, ijtimoiy-psixologik moslikda ijtimoiy xulqdagi moslik – ustanovkalar birligi, ehtiyoj va qiziqishlar, qarashlardagi monandlik, yo‘nalishlar birligi nazarda tutiladi. Birinchi xil moslik ko‘proq konveyer usulida ishlanadigan sanoat korxonalari xodimlarida samarali bo‘lsa, bu oliygoh o‘qituvchilari, ijodiy kasb egalarida iloji yo‘q va bo‘lishi mumkin ham emas, ularda ko‘proq ijtimoiy-psixologik moslikning ahamiyati kattadir.
Professional faoliyatni bajarish jarayonida tabiiy birinchi tipli munosabatlar ustivor bo‘lib, ikkinchilarining xarakteri birinchisidan kelib chiqsa, do‘stlar to‘plangan davradagi muhit esa aksincha, bevosita simpatiyalarga tayanadi.
Ijtimoiy psixologiyada psixologik muhitni eksperimental tarzda o‘rganishga katta e’tibor beriladi. Uni o‘rganishning eng keng tarqalgan usullardan biri sotsiometriya (sotsiometriya lotincha «societas» – jamiyat, va «metreo» – o‘lchayman degan ma’noni bildiradi) uning asoschisi amerikalik olim Jon Moreno hisoblanib, u guruhdagi shaxslararo munosabatlarni o‘lchashga qaratilgan texnikadir. Nazariy sotsiometriya uning muallifi fikricha, jamiyatdagi barcha nizolar, muammolarni yechishning usullaridan biri – insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganish va shunga ko‘ra, jamiyatda o‘zgarishlarni amalga oshirish kerak, degan g‘oyaga asoslansa, amalda esa har bir jamoalarda maxsus sotsiometrik so‘rovlar o‘tkaziladi va uning natijalari tashkiliy jarayonlarda inobatga olinadi.

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling