Psixologiya va pedagogika 19-bilet 1
Bilet №25 1.Ma’rifiy tizim va uning asosiy tarkibiy qismlari (ta’lim, tarbiya, shaxs kamoloti)
Download 1.13 Mb.
|
Psixologiya 19-25-bilet
Bilet №25
1.Ma’rifiy tizim va uning asosiy tarkibiy qismlari (ta’lim, tarbiya, shaxs kamoloti) 2.Ta’lim vositalari 3.Qobiliyatlar haqida tushuncha va uning turlar 1. Shaxs kamoloti jismoniy, aqliy, siyosiy, xuquqiy, axloqiy, ekologik va estetik jihatga egaligi bilai tavsiflanadi. Kamolotning bu jihatlari notekis, ya'ni har xil sur'atda kechadi. Masalan, odamning jismoniy kamoloti 50 ming yil oldin qanday bo'lgan bo'lsa, xozir ham deyarli shunday kechmoqda. Biroq odamning aqliy kamolotida tafakkurning rivojlanishi hisobiga juda katta ijobiy (oldinga) siljishlar kuzatilgan. Pedagogika Shaxs kamolotini barcha tarkibiy qismlari bilai birgalikda o'rganadi. Shaxs kamoloti va uning boshqarilishini anglash uchun quyidagi masalalarga diqqat-e'tibor karatilishi kerak: Shaxs kamolotining o'ziga xos xususiyatlari: a) qaytarilmasligi; b) rivojlanish va inqirozlarniig uzviy bog'liqligi; v) bir maromda kechmasligi; g) egri-bugriligi; d) bosqichli darajalardan o'tishi; e) barqarorlikka intilishi (moyilligi). Shaxs kamoloti konsepsiyalari: a) biologiyalashgan yo'nalish: b) ijtimoiylashgan yo'nalish; v) bioijtimoiy yunalish: g) zamonaviy pedagogika va psixologiyaning konseptual qoidalari 1 Faoliyat va muloqot - Shaxs kamoloti omillari: a) faoliyat va muloqot. ularning etakchi turlari; b) faoliyat va muloqotga qo'yiladigan talablar; v)Shaxs kamolotining yosh xususiyatlari 2. Ma'rifat va kamolotning o'zaro bog'liqligi: rivojlantiruvchi ma'rifiy texnologiyalar. Har bir Shaxs va Shaxslar guruhini o'z ichiga olgan jamoalar (jamiyat) muayyan makon va zamonda shakllanadi, faoliyat ko'rsatadi va oxir-oqibat, o'zo'mini yosh avlodlarga bo'shatib beгadi. Demak, avlodlar yangilanishi (almashinuvi), ya'ni avlodlariing ijtimoiy takror barpo etilishi, vorisligi uzluksiz davom etadigan doimiy jarayondir. Tarbiya – uzoq muddatli, ko‘p xususiyatli, tarbiyalovchi va tarbiyalanuvchi o‘rtasidagi qo‘shaloq jarayon bo‘lib, tarbiyalanuvchida aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida muayyan sifatlar, ko‘nikmalar shakllantiriladi va rivojlantiriladi. Tarbiyachi o‘zi xohlagan sifatlarni tarbiyalanuvchilar ongiga singdirish uchun ularning ruhiyatiga ma’lum maqsadga ko‘ra tizimli ta’sir ko‘rsatadi. Tarbiya tamoyillari – yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi qoidalar hisoblanadi. Tarbiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad – har tomonlama ma’naviy rivojlangan, aqliy va axloqiy barkamol shifokor shaxsini shakllantirishdan iborat. Tarbiyaviy ish ma’lum maqsadni ko‘zlovchi va uzluksiz davom etadigan jarayondir. Tarbiyaning ma’lum maqsadga qaratilganligi bo‘lajak shifokorlarning axloqiy, ma’naviy tarbiyalanganlik istiqbollarini ko‘ra bilishda yordam beradi. Tarbiyaning maqsadi va umumiy vazifalari. Inson paydo bo‘libdiki, tarbiya jarayoni va tamoyillari mavjud. Tibbiyot pedagogikasida tarbiya jarayoni shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtiriladi va tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir etish imkoniyatini beradi. Tarbiya jarayonida bo‘lajak shifokorda his-tuyg‘ulari va turli qobiliyatlari rivojlanadi, g‘oyaviy, axloqiy, irodaviy, estetik xislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga nisbatan ilmiy qarashlar tizimi va tibbiyot sohasidagi bilimlari tarkib topadi. Tibbiy tarbiya jarayonida yoshlarda jamiyatning shifokor shaxsiga qo‘yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlar hosil qilinadi. Keng ma’noda tarbiya shaxsga jamiyatning ta’sir etishi, ijtimoiy hodisa sifatida qaraladi. Mazkur holatda tarbiya ijtimoiylashtirish bilan uyg‘unlashadi. Tor ma’nodagi tarbiya deganda, pedagogik jarayon sharoitida tibbiy ta’lim maqsadini amalga oshirish uchun pedagog va bo‘lajak shifokorning maxsus tashkil etilgan faoliyati tushuniladi. Tarbiya mazmuni deganda, qo‘yilgan maqsad va vazifalar bilan bog‘liqlikda ta’lim oluvchilarning egallashi lozim bo‘lgan bilim, malaka, e’tiqod, shaxs sifati va xarakteri, xulq-atvor tizimi tushuniladi. Tarbiyaning maqsadi – har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishdir. Tibbiy tarbiya jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega: − maqsadga yo‘naltirilganligi; − ko‘p qirrali jarayon; − uzoq muddat davom etishi; − uzluksizligi; − yaxlitligi; − variativligi; − natijalarning oldindan aniqlanmasligi, biroq kafolatlanishi zarurligi; − ikki tomonlamalilik; Ta’lim – bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash, dunyoqarashni tarkib toptiradigan jarayondir. Bunda bilim – bir butunlikni tashkil qiluvchi qismlar orasidagi, ularning ichki ziddiyatlaridan kelib chiqqan bog‘liqlikdir. U ba’zan qonuniyat deb ham yuritiladi. Ya’ni, bilim insoniyat tomonidan mustaqil hayotda, faoliyatda, jumladan ishlab chiqarishda zarur bo‘lgan fan asoslarini qonunlar va tushunchalarni o‘zlashtirish natijasidir. Bilimni hayotda ko‘p samara beradigan qilib qo‘llay olish uchun bilim bilan birga ko‘nikma va malaka hosil qilish lozim. Bilim bahsda kerak bo‘lsa, ko‘nikma va malaka mehnat faoliyatida, dunyoni o‘zlashtirishda zarur. Ta’lim sohasidagi davlat siyosati tamoyillari quyidagilardan iborat: − ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi; − ta’limning uzluksiz va izchilligi; − umumiy o‘rta, shuningdek, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi; − o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishini tanlash ixtiyoriyligi; − ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; − davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi; − ta’lim dasturini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; − bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish; − ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish. Ta’lim tizimi deb, muayyan jamiyatda ijtimoiy-tarixiy jarayonda tarkib topgan ma’lum tamoyillar asosida boshqariladigan hamda birbiri bilan bog‘langan barcha tipdagi o‘quv-tarbiya muassasalarining yig‘indisiga aytiladi. Ta’lim muassasasi yuridik shaxs bo‘lib, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faoliyat olib boradi. Ta’lim tizimi ijtimoiy-tarixiy xarakterga ega bo‘lib, u muayyan jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy taraqqiyoti darajasi hamda siyosati mazmuni bilan bog‘liq holda tarkib topadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida (1997-yil 29-avgust) qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunida ko‘rsatib o‘tilganidek, respublika ta’lim tizimi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: a) davlat ta’lim stadartlariga muvofiq ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim muassacalari; b) ta’lim tizimining faoliyat ko‘rsatishi va rivojlantirishini taminlash uchun zarur bo‘lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiypedagogik muassasalar; d) ta’lim sohasidagi davlat boshqaruv a’zolari, shuningdek, ularga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi yagona va uzluksiz bo‘lib, mazkur tizim doirasida faoliyat yurituvchi muassasalar ta’limning bosqichmabosqich amalga oshirilishi uchun xizmat qiladi. Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling