Psixologiya va pedagogika 19-bilet 1
Temperament haqida tushuncha va uning turlari
Download 1.13 Mb.
|
Psixologiya 19-25-bilet
3.Temperament haqida tushuncha va uning turlari.
Temperament (lot. “temperamentum” – aralashma so‘zidan olingan) – shaxs faoliyati va xulqining dinamik (o‘zgaruvchan) va emotsional-hissiy tomonlarini xarakterlovchi, biologik shartlashgan individual xususiyatlar majmuidir. Temperament xususiyatlari shaxsning ichki tuzilmasi bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi, ya’ni ularning namoyon bo‘lishi uning konkret vaziyatlarga munosabatini, ekstremal vaziyatlarda o‘zini qanday tutishini belgilab beradi. Temperamentning fiziologik asoslari to‘g‘risida tushuncha qadimgi yunon olimi Gippokrat ta’limotiga binoan, insonlarning temperament xususiyatlari jihatidan o‘zaro bir-biridan tafovutlanishi ularning tana a’zolaridagi suyuqliklarning (xiltlarning) turlicha nisbatda joylashuviga bog‘liq ekan. Uning fikricha, inson tanasida to‘rt xil suyuqlik (xilt) mavjud bo‘lib, ular o‘t yoki safro (yunon. “chole” – o‘t), qon (lot. “sanguis” yoki “sanguinis” – qon), qora o‘t (yunon. “melas” – qora, “chole” – o‘t), balg‘am (yunon. “phlegma” – balg‘am) kabilardan iborat bo‘lib, unga ko‘ra: 1) o‘tning xususiyati – quruqlikdir, uning vazifasi tana a’zolarida quruqlikni saqlab turish yoki badanni quruq tutishdir; 2) qonning xususiyati – issiqlikdir, uning vazifasi tanani isitib turishdir; 3) qora o‘tning xususiyati – namlikdir, uning vazifasi badan namligini saqlab turishdir; 4) balg‘am (shilimshiq modda)ning xususiyati – sovuqlikdir, uning vazifasi badanni sovutib turishdan iboratdir. Sangvinik – juda faol, qiziquvchan bo‘lib, atrofdagi narsalar, insonlar diqqatini tez jalb etadi. U imo-ishoralarni ko‘p ishlatib, uning chehrasiga qarab kayfiyatini anglab olish qiyin emas. Juda sezgir bo‘lishiga qaramay, kuchsiz ta’sir(qo‘zg‘atuvchilar)ni seza olmaydi, serg‘ayrat, ishchan toliqmasdir. Faollik bilan reaktivlik munosabati muvozanatli bo‘ladi, imtizomli, o‘zini tiya biladi va boshqara oladi. Uning xatti-harakati jo‘shqin, nutq sur’ati tez, yangilikni tez payqaydi, aql idroki teran, topqir, qiziqishlari, kayfiyati, intilishlari o‘zgaruvchandir. Ko‘nikma va malakalarni tez egallaydi, ko‘ngli ochiq, dilkash, muloqotga tez kirishadi, uning xayoloti (fantaziyasi) yuksak darajada rivojlangan, tashqi ta’sirlarga hozirjavob bo‘ladi. Xolerik – sust senzitivlik xususiyatiga ega bo‘lib, juda faol va reaktivdir. Ko‘pincha reaktivligi faollikdan ustun kelib, u betoqatlik, serzardalik va giperaktivlikni namoyon qiladi. Sangvinikka qaraganda qo‘zg‘aluvchan, lekin ko‘proq rigid, qiziqishlari, intilishlari barqaror, xatti-harakatlarda qat’iylik mavjud bo‘lsada, biroq diqqatni bir joyga to‘plashda qiynaladi, nutq sur’ati tez va h.k. Flegmatik – senzitivligi sust, his-tuyg‘usi (emotsiyasi) kamo‘zgaruvchan, shunga ko‘ra bunday shaxsni kuldirish, jahlini chiqarish, kayfiyatini buzish qiyin bo‘lib, ko‘ngilsiz hodisa xavf-xatar haqidagi xabarga xotirjamlik bilan munosabatda bo‘ladi. Vazmin, kam harakat, imo-ishorasi, mimikasi ko‘zga yaqqol tashlanmasada, lekin serg‘ayrat, ishchan, faol, chidamli va matonatlidir. Uning nutq va harakat sur’ati sust, farosati qiyiqroq. Diqqatni to‘plashi osoyishta, rigid ko‘rinishida bo‘lib, diqqatni ko‘chirishi qiyin kechadi. Intravertlashgan, kam gap, ichimdan top toifasidan bo‘lib, yangilikni qabul qilishi murakkab va tashqi taassurotlarga sustlik bilan javob beruvchandir. Melanxolik – senzitivligi yuksak, tortinchoq, g‘ayratsiz, arazchan, xafaqon bo‘ladi. U jimgina yig‘laydi, kam kuladi, qat’iyligi va mustaqilligi zaif, tez toladi, ortiqcha ishchan emas. Diqqati barqaror, his-tuyg‘usi sust o‘zgaruvchan, rigid va intravertlashgan. Hozirgi davrda temperament tipi deganda, ma’lum insonlar guruhi uchun umumiy bo‘lgan xususiyatlarning sodda majmuasi emas, balki mazkur xususiyatlarning qonuniy, zaruriy o‘zaro bog‘liqligi tushunilib, uning tipini tavsiflovchi xususiyatlarning qonuniy tarzda o‘zaro bog‘liqligini turlicha aks ettirgan holda, yangi omillar mazkur tiplarning psixologik tavsifini qayta tahlil qilishni taqozo etadi. I.P.Pavlov shartli reflektor faoliyatining individual xususiyatlari bilan temperamentga aloqador nerv tizimi xususiyatlarining o‘zaro qo‘shiluvini nerv tizimining tipi deb nomlaydi va uni to‘rtta tipga ajratadi: 1) kuchli, muvozanatli, epchil (sangvinik); 2) kuchli, muvozanatsiz, epchil (xolerik); 3) kuchli, muvozanatli, sust (flegmatik); 4) kuchsiz tip (melonxolik). Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling