Mavzu:Diqqat haqida tushuncha va uning nerv-fiziologik asoslari.
Reja
1.Diqqat haqida tushuncha.
2. Diqqat turlari.
1. Diqqat haqida tushuncha.
Diqqat deb ongimizni bir nuqtaga to’plab, ma’lum narsa va hodisalarga faol yo’naltirilishiga aytiladi. Diqqat sezish jarayonida, idrok qilishda, xotira, hayol va tafakkur jarayonlarida har doim ishtirok etadi. Demak, diqqat barcha aks ettirish jarayonlarimizning doimiy yo’ldoshidir.
Diqqat inson faoliyatining barcha turlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishning va ularni samaradorligini ta’minlovchi muhim shartlardan biridir. Kishi faoliyati qanchalik murakkab, serzahmat, davomiylik jihatdan uzoq muddatli, mas’uliyat hissini taqozo qilsa, u diqqatga shunchalik yuksak shartlar va talablar qo’yadi. Inson ziyrakligi, farosatliligi, tez payqashi, sinchkovligi, dilkashligi uningturmush sharoitida, shaxslararo munosabatida muhim omil sifatida xizmat qiladi. Diqqat aqliy faoliyatning barcha turlarida ishtirok etadi, insonning xattiharakatlari ham uning ishtirokida sodir bo’ladi.
Psixologiya fanida diqqatga har xil ta’rif beriladi, uni yoritishda psixologlar turli nazariyaga asoslanib yondashadilar. Diqqat deb ongni bir nuqgaga to’plab, muayyan bir ob’yektga aktiv (faol) qaratilishi aytiladi (P. I. Ivanov). P. I. Ivanovning fikricha, biz faoliyatimiz jarayonida idrok va tasavvur qiladigan har bir narsa, har bir hodisa, o’zimiz qilgan ishimiz, o’y va fikrlarimiz diqqatning ob’yekti bo’la oladi.
2.Diqqatning turlari.
Psixologiyada ikki xil diqqat turi farq qiladi. Ulardan biri ixtiyorsiz diqqat bo’lsa, ikkinchisi- ixtiyoriy diqqatdir.
Ixtiyorsiz diqqat deb to’satdan ta’sir qilgan biror sabab tufayli bizning xohishimizdan tashqari hosil bo’ladigan diqqatga aytiladi. Ixtiyorsiz diqqat odamning har turli ehtiyojlari va qiziqishi bilan bevosita bog’liq bo’lgan diqqatdir. Ixtiyorsiz diqqatning nerv-fiziologik asosini oriyentirovka yoki tekshirish refleksi tashkil qiladi.
Ixtiyoriy diqqat deb oldindan belgilangan qat’iy bir maqsad asosida va ongli ravishda diqqatimizni ma’lum narsa hamda hodisalarga qaratilishiga aytiladi. Ixtiyoriy diqqatning nerv-fiziologik asosida miya yarim sharlarining po’stida vujulga keladigan optimal qo’zg’alish manbai bilan ikkinchi signallar sistemasining faoliyati yotadi. Ixtiyoriy diqqatning yuzaga kelishida nutqning roli g’oyat kattadir. Ixtiyoriy diqqat har doim ixtiyorsiz diqqat bilanalmashinib turadi. Ixtiyoriy diqqat paytida odam tez charchaydi, chunki ixtiyoriy diqqat odamdan hamma vaqt iroda kuchini sarflashni talab etadi.
Diqqatning asosiy turlari ixtiyyoriy va ixtiyorsiz diqqatdir. Diqqatni bunday turlarga bulish xissiyot yoki irodaning ustunligiga asoslanadi. Shu sababli, ba’zan diqqatning bu turlari irodaviy va emotsional diqqat deb xam ataladi. Diqqatning yana uchunchi turi sungi ixtiyoriy diqqat bo’lib, u dastlabki ikki turdagi diqqatning uziga xos sintezidan iborat. Ixtiyorsiz diqqat maxsus zur berishni talab kilmaydi. U ongga ta’sir etuvchi predmet yoki xodisaning bevosita kizikish uygotishidan paydo bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |