"psixologiya"
– guruh uchun tarqatma material
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya
1– guruh uchun tarqatma material. Qobiliyatlar Qobiliyatlar shaxsning mazkur faoliyatni muvaffkiyatli amalga oshirish sharti hisoblangan va buning uchun zarur bilim, kunikma va malakalarni 167 egallash dinamikasida yuzaga chikadigan farqlarda namoyon bo’ladigan individual – psixologik xususiyatdir. Qobiliyatlar individual – psixologik xususiyatlar sifatida, ya’ni bir odamning boshqa bir odamdan farq kiladigan belgilari sifatida ta’riflanadi. O’z- o’zidan ma’lumki, kishilar bir-biri bilan teng emas. Ana shuning uchun ham qobiliyatlar hakida gap ketganda bu farqlarni xarakterlab o’tish kerak. Bu farqlar sifatli va mikdoriy bo’lishlari mumkin. Qobiliyatlarning sifat jixatdan xarakteristikasi insonga mexnat faoliyatining kaysi sohasida (konstruktorlik, pedagoglik, iktisodchilik, sport va boshqalarda) osonlik bilan uzini topa oladi, katta yutuklarga va muvaffaqiyatlarga erishadi degan savolga javob topish imkoniyatini beradi. Bu bilan qobiliyatlarning sifat xarakteristikasi ularning mikdoriy xarakteristikasiga uzviy boglikdir. Psixologiyada qobiliyatlarni mikdor jixatdan ulchash muammosi uzok tarixga egadir. XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida qator psixologlar (Kettel, Termen, Spirmen va boshqalar) ommaviy ixtisoslar uchun kasb tanlashni amalga oshirish zaruriyati bilan boglik bo’lgan talablar ta’siri ostida ta’lim olayotganlarning qobiliyatini aniqlashni taklif qilib chikdilar. Usha paytlarda qobiliyatlarni ulchash usuli sifatida akliy iste’dod testlaridan foydalanildi. Akliy iste’dod testlari mazmun jixatdan qator savollar va masalalardan tashkil topgandir. Ularni yechish muvaffaqiyati (sarflangan Vaqtni hisobga olib) ball yoki ochkolar yigindisi bilan hisoblanadi. Masalan, un bir yoshlik bolalarning akliy qobiliyatlarini aniqlash uchun ingliz maktablarida quyidagicha test kullangan: «Petr Jeymsga karaganda balandroq, Edvard Petrdan pastroq. Hammadan kura kim baland? Savol tagiga quyidagi javoblar yozib kuyiladi: 1 Edvard, 2. Jeyms, 3. Petr, » Ayta olmayman. Yoki boshqacha test: kizil, yashil, ko’k, xo’l, sariq. Bu yerda bola turkumga kirmaydigan so’zni aniqlashi kerak va hokozo. Bolalar testlar to’plamini bajarib bo’lgandan keyin ularning natijalarini standartlashtirilgan yo’l bilan, ya’ni xar bir sinaluvchi olgan ochkolar miqdorini hisoblash bilan shug’ullanishadi. K o b i l i ya t l a r n i n g t u z i l i sh i . Qobiliyat sifatida namoyon bo’ladigan fazilatlar yigindisining tuzilishi oqibat natijada konkret faoliyat talablari bilan belgilanadi va faoliyatning xar xil turlari uchun turlicha bo’ladi. Masalan, adabiy qobiliyatlarning tuzilishi estetik tuyg’ularning yuksak taraqqiy etgan darajasini, xotirada yorqin ko’rgazmali obrazlar mavjudligini, til xissini, boy fantaziyani, odamlar psixologiyasiga nisbatan zo’r qiziqishni, o’z-o’zini ifodalash ehtiyojini va shu kabilarni taqoza qiladi. Musiqiy, pedagogik, konstruktorlik, tibbiy qobiliyatlar va juda ko’p qobiliyatlar tuzilishi o’ziga xos xarakterga egadir. Konkret qobiliyatlar tuzilishini tashkil etadigan shaxs hislatlari va xususiyatlari orasida ba’zi birlari yetakchi o’rinni egallasa, ba’zi birlari yordamchi rolni o’ynaydilar. Jumladan, pedagogik qobiliyatlar tuzilishida pedagoglik odobi, kuzatuvchanlik, bolalarga muhabbat, ularga nisbatan 168 yuksak talabchanlik bilan qo’shib olib boriladigan bilim berishga ehtiyoj, yordamchilik tarzida shular jumlasiga kiradigan bir qator tashkilotchilik qobiliyatlari kompleksi yetakchi fazilatlar hisoblanadi. Qobiliyatlar umumiy va maxsus bo’lishi mumkin. Xar turli qobiliyatlarning konkret psixologik xarakteristikasini o’rganar ekanmiz, biz bu qobiliyatlarda birgina emas, balki juda ko’p turdagi faoliyat talablariga javob beradigan umumiyroq fazilatlarni va bundan tashqari ushbu faoliyatning bir muncha torroq doiralarga javob beradigan maxsus fazilatlarni ajratishimiz mumkin. Ayrim kishilarda bu umumiy fazilatlar yorqin ifodalanadi. Masalan, Ibn Sino ham vrach, ham yozuvchi, ham musiqachi, ham matematik va hokozo qobiliyatlarga ega bo’lgan. Hamza Hakimzoda Niyoziy ham dramaturg, shoir, kompozitor, pedagog, jamoat arbobi bo’lgan. Ayrim kishilarda esa fazilatlar ko’proq bir faoliyatga tegishli bo’ladi. Masalan, rassomlikka, kompozitorlikka, naqqoshlikka qobiliyat va hokozo. I s t ye ‘ d o d , u n i n g p a y d o b o’ l i sh i . Qobiliyatlar taraqqiyotining yuksak bosqichi iste’dod deb aytiladi. Iste’dod bu kishiga qandaydir murakkab mexnat faoliyatini muvaffaqiyatli, mustaqil va orginal tarzda bajarish imkonini beradigan qobiliyatlar majmuasidir. Qobiliyatlar kabi iste’dod ham faqat ijodiyotda yuksak mahoratga va anchagina muvaffaqiyatlarga erishish imkoniyatidan iboratdir. Urish yillarida sarkardalik iste’dodlari jo’shqin rivojlanadi, tinchlik davrida injenerlik, konstruktorlik va shu kabi iste’dodlar rivojlanadi. Masalan, hozir O’zbekistonni dunyodagi eng ilg’or, eng obro’li davlatlardan biriga aylantirish asosiy vazifa bo’lib turibdi. Mustaqillik davrining ana shu ehtiyoji ajoyib quruvchilar, muhandislar, naqqoshlar, hunarmandlarning o’sib chiqishiga yo’l ochdi. Ayniqsa sport sohasidagi muvaffaqiyatlarimiz beqiyosdir. Mana, o’zbek kurashi bo’yicha birinchi o’rinda, boks bo’yicha yuqori o’rinlardan birida turibmiz. Bularning hammasi davr taqozasidir. Iste’dod-bu qobiliyatlar yigindisidan, ularning majmuidan iboratdir. Alohida olingan, yakka qobiliyatni, garchi taraqqiyotning juda yuksak darajasiga erishgan va yorqin ifodalangan bo’lsa ham, iste’dod bilan tenglashtirib bo’lmaydi. Shunday qilib, iste’dod shaxs psixik fazilatlarining shu qadar murakkab birikmasiki, uni qandaydir birorta yagona qobiliyat bilan, hatto bu qobiliyat xotiraning yuksak mahsuldorligi kabi juda qimmatli qobiliyatlar bo’lishiga qaramasdan, belgilab bo’lmaydi. Qobiliyatlar va iste’dodning tabiiy shart – sharoitlari. Shaxsning barcha individual psixologik xususiyatlari kabi qobiliyatlar unga qandaydir tabiat tomonidan tug’ma ravishda, tayyor xolda berilmaydi, balki xayot va faoliyat jarayonida tarkib topadi. Kishi dunyoga Hech qanday psixik xususiyatlarsiz, faqat ularni orttirishga qaratilgan umumiy imkoniyatlar bilan keladi, xolos. Hozirgi paytda iste’dod nishonalarini miyaning va sezgi organlarining mikrostrukturasi bilan bog’laydigan nazariya eng mahsuldor hisoblanadi. Miya xujayralarini chuqur o’rganish iste’dodli kishining nerv turkumalarini 169 ko’rsatadigan morfologik va funksional xususiyatlarida farq borligini aniqlash imkoniyatidadir deb tahmin qilish mumkin. Shuningdek, iste’dod nishonalarini nerv jarayonlarining ayrim differensial xususiyatlari bilan (nerv kuchi, muvozanatlashuvi va harakatchanligi o’rtasidagi farqlarga qarab) va shu bilan oliy nerv faoliyati turlari bilan bog’lovchi gipoteza ham haqiqatga yaqinroqdir. Bulardan tashqari, qobiliyatlarni tabiiy asoslarini nerv sistemasining xususiy xususiyatlari deb atalgan xususiyatlar bilan bog’laydigan, ya’ni ayrim odamlarda ko’rish, boshqa odamlarda eshitish, uchinchi bir xilida esa harakat sohasida namoyon bo’ladigan o’ziga xos tipologik xususiyatlar bilan bog’laydigan gipotezalar yana ham haqiqatga yaqinroqdir. Jiddiy statistika qobiliyatlar va iste’dodlarning irsiyat yo’li bilan o’tishini isbotlaydigan Hech qanday dalillar bermaydi. Qobiliyatlarning irsiyat yo’li bilan o’tishi hakidagi ilmiy nazariyaga ham qarama – qarshidir. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling