"psixologiya"


– guruh uchun tarqatma material


Download 1.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/175
Sana17.11.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1782737
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   175
Bog'liq
psixologiya

1– guruh uchun tarqatma material.
Xarakter  
Shaxsning individualligi temperament singari xarakterda ham namoyon 
bo’ladi. Xarakter – bu shaxsning faoliyat va muloqoti jarayonida tarkib 
topadigan va namoyon bo’ladigan individual xususiyatlari bo’lib, individ uchun 
u tipik xulk-atvor hislatlari bo’lib hisoblanadi.
Kishining shaxsi u nima qilayotgani bilan emas, balki uni qanday 
bajarayotgani bilan xarakterlanadi.
Xarakter 
kishi 
shaxsining 
yunalishini 
belgilaydigan 
ijtimoiy 
munosabatlarga bog’liq bo’ladi. Masalan, kishining jamiyatdagi yuqori 
mavqyei, amali unda takabburlik, kekkayganlik, riyokorlik, ta’magirlik,
munofiqlik kabi salbiy hislatlarni shakllanishiga olib kelishi mumkin. Aksincha,
oddiy mexnatkash kishida jamiyatdagi mavqyeiga qarab fidokorlik, maqsadga 
intilganlik, jasurlik, kamtarlik, mexnatsevarlik kabi ijobiy hislatlarning 
shakllanishiga olib keladi.


166 
Xarakterning tuzilishi 
Inson shaxsining xarakteri hamisha ko’pqirralidir. Unda Alohida 
xususiyatlar yoki tomonlar ajratilib ko’rsatilishi mumkin, lekin ular bir-
birlaridan ajratilgan, Alohida xolda bo’lmaydi, balki ma’lum darajada 
xarakterning barkaror tuzilishini tashkil etgan xolda uzaro boglik bo’ladi.
Xarakterning strukturasi uning ayrim xususiyatlari o’rtasidagi konuniy 
bogliklikda namoyon bo’ladi. Agar kishi kurkok bo’lsa, u tashabbuskorlik,
kat’iylik va mustaqillik, fidokorlik va oliyximmatlilik fazilatlariga ega 
bo’lmaydi, deb aytish uchun asoslar bor. Shu bilan birga xarakteri bo’yicha 
kurkok kishidan itoatkorlik va xushomadguylikni, kuchli kishiga nisbatan 
konformlilikni, kizgonchilikni, sotkinlikni, ishonchsizlik va extiyotkorlikni 
ko’tish mumkin.
Xarakterning xususiyatlari orasida ayrimlari asosiy, yetakchi bo’lib,
uning namoyon bo’lishining butun kompleksini rivojlantirishning umumiy 
yunalishini belgilab beradi. Ular bilan bir qatorda ikkinchi darajali xususiyatlar 
ham borki, ayrim xollarda ular asosiy deb belgilanishi, boshqalarida esa ular 
bilan uygunlashmasligi ham mumkin.
Xarakter subyektning birgalikdagi faoliyatga qay tarzda faol jalb 
qilinishiga qarab xatti-harakatlarda va ishlarda namoyon Bular ekan, ham 
faoliyat mazmuniga, ham qiyinchilikning muvaffaqiyatli yoki muvaffaqqiyatsiz 
bartaraf etilishiga, ham asosiy xayotiy maqsadlarga erishishda uzoq va yaqin 
istiqbollarga bog’lik bo’lib qoladi.
Shunday qilib xarakterning tarkib topishida kishining tevarak-atrofidagi 
muxitga va o’z-o’ziga, boshqa kishiga qanday munosabatda bo’lishi muxim 
hisoblanadi. Shu bilan birga bu munosabatlar xarakterning eng muxim 
xususiyatlarini tasniflash uchun asos bo’ladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib xarakterning to’rtta sistemasini farqlash 
mumkin: 
1. Jamoaga va ayrim odamlarga bo’lgan munosabatlarni ifodalovchi 
xarakter xususiyatlari: yaxshilik, mexribonlik, talabchanlik, takabburlik va 
boshqalar.
2. Mexnatga bo’lgan munosabatni ifodalovchi xarakter hislatlari: 
mexnatsevarlik, vijdonlilik, inga mas’uliyat bilan karash, boshlagan ishni 
oxiriga yetkazish, yalkovlik, mas’uliyatsizlik kabilar.
3. Narsalarga bo’lgan munosabatlarni ifodalovchi xarakter hislatlari: 
ozodalik yoki ifloslik, narsalarni ayab ishlatish yoki ayamaslik, ularga nisbatan 
extiyotkorlik yoki aksincha kabilar.
4. Odamning o’z-o’ziga bo’lgan munosabatlarini ifodalovchi xarakter 
hislatlari: izzat-nafslilik, uz sha’nini extiyot qilish, kamtarlik, o’ziga ortikcha 
baxo bermaslik yoki shuxratparastlik, magrurlik, dimogdorlik, uzini kata olish 
kabilar.

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling