"psixologiya"
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya
171 Mustaqil tarzda amaliy mashq uchun topshiriqlar va testlar. G. Ayznekning temperamentni aniqlash testi Quyida tavsiya qilinayotgan test orqali kishilar o’zlarining va boshqalarning temperament xususiyatlarini aniqlashlari mumkin. Bu uslub G. Ayznek tomonidan ishlab chiqilgan va mualliflar tomonidan o’zbek tiliga tarjima qilinib, mahalliy sharoitga moslashtirilgan. O’rganishni tashkil qilish uchun sinaluvchiga javoblar yoziladigan qog’oz, savollarga qanday javob berish bo’yicha ko’rsatma va savollar matni beriladi. Sinaluvchiga quyidagicha ko’rsatma beriladi: Quydagi testda kishining hatti-harakatlari xususiyatlarini ifodalaydigan savollar berilgan. Har bir savolga «ha» yoki «yuq» deb javob berishga harakat qiling. Agar javobingiz «ha» degan mazmunga ega bo’lsa, «+», «yuq» degan mazmunga esa «-» belgisini savol nomerining qarshisiga maxsus javob qog’oziga belgilang. Savollarga tez, ko’p o’ylamay javob berishga harakat qiling. Chunki sizni birinchi fikringizga kelgan javob ko’proq xarakterlaydiyu bunda hama savollarga javob berish zarur. Test quyidagi savollarni o’z ichiga oladi: 1. O’zingizni atrofingizda ko’plab kishilar bo’lishini, hushchaqchaqlik qilishni va shovqinni yoqtirasizmi ? 2. Siz ko’pincha sizni qo’llab-quvvatlashi mumkin bo’lgan do’stlarga ehtiyoj sezasizmi ? 3. Sizdan biror narsani so’raganda, hama vaqt tezda javob topa olasizmi ? 4. Sizg biror narsadan jahlingiz chiqish uchrab turadimi ? 5. Sizning kayfiyatingiz tez-tez o’zgarib turadimi ? 6. Sixga kitob o’qish, bolalar bilan birga bo’lishdan ko’ra yoqimliroq, shundaymi ? 7. Xar xil hayollar, fikrlar sizga tez-tez uxlashga halaqit beradimi ? 8. Siz hamisha bir ishni qanday aytgan, topshirgan bo’lsa shunday bajarasizmi ? 9. Biror kishining ustidan kulishni, hazillashishni, jig’iga tegishni yoqtirasizmi? 10. Siz qachonlar o’zingizni baxtosiz his qilganmisiz, aslida buning uchun sabab bo’lmagan bo’lsa ham ? 11. Siz o’zingizni xushchaqchaq, jo’shqin kishi deb hisoblaysizmi ? 12. Siz qachondir maktabda tartib-intizomni buzganmisiz ? 13. Sizning tez-tez biror narsaga jahlingiz chiqib turadi, shu tqg’rimi? 14. Sizga hama ishlarni tez (tempda) bajarish yoqadimi ? (Agar asta-sekin, shoshmasdan bajarish yoqsa «yo’q» degan javob tanlaysiz). 15. Hammasi yahshilik bilan tugagan, lekin yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin bo’lgan voqyealar to’g’risida uylanish, bezovta bo’lasizmi ? 16. Sizga har qanday sirni ishonib aytsa bo’ladimi ? 17. Zerikarli davrani bemalol qizdira, jonlatira olasizmi ? 172 18. Sizda ma’lum bir jiddiy sababsiz hayajonlanish, yuragingiz tez-tez urishi bo’lib turadimi ? 19. Biror kishi bilan do’stlashish uchun odatda birinchi tashabbus ko’rsatasizmi ? 20. Siz qachondir yolg’on gapirganmisiz ? 21. Sizni yoki ishingizni tanqid qilganda osonlikcha xafa bo’lasizmi ? 22. Siz ko’pincha do’stlaringiz bilan hazillashib, kulgili voqyealarni hikoya qilasizmi ? 23. Siz ko’pincha o’zingizni charchoq xis qilasizmi ? 24. Siz hamisha avval uyga berilgan darsni tayyorlab, keyin boshqa ishlaringizni qilasizmi ? 25. Siz odatda xushchaqchaqmisiz ? 26. Siz har narsaga xafa bo’lasizmi ? 27. Siz boshqalar, tengdoshlaringiz bilan gaplashishni, bo’sh vaqtlarni birga o’tkazishni yoqtirasizmi ? 28. Oila a’zolaringizning xo’jalik, uy ishlariga yordam berish to’g’risidagi iltimoslarini hamma vaqt ham bajarasizmi ? 29. Sizda boshingiz aylanishi uchrab turadimi ? 30. Sizning xatti-harakatlaringiz boshqa kishilarni noqulay ahvolga solib qo’yadigan vaziyatlar uchrab turadimi ? 31. Sizga tez-tez hamma narsa joningizga tegib ketganday bo’lib tuyuladimi ? 32. Maqtanishni yoqtirasizmi ? 33. Notanish kishilar davrasiga tushib qolganingizda ko’pincha jim o’tirasiz, shundaymi ? 34. Ba’zan shunday hayajonlanasizki, bir joyda o’tirishingiz qiyin bo’lib qoladi, shundaymi ? 35. Siz odatda tez bir qarorga kelasizmi ? 36. Sinfda Hech shovqin qilmaysizimi, hatto sinfda o’qituvchi bo’lmasa ham? 37. Siz tez-tez qo’rqinchli tushlar ko’rasizmi ? 38. Siz o’z his-tuyg’ularingizga erk berib, do’stlaringizga erk berib, do’stlaringiz davrasida xushchaqchaqlik qila olasizmi ? 39. Sizni xafa qilish, ko’nglingizni ranjitish osonmi ? 40. Biror kishi to’g’risida, uni yomonlab gapirganmisiz ? 41. Siz odatda unchalik ham ko’p o’ylanib o’tirmay tez gapirib, tez harakat qilasiz, to’g’rimi ? 42. Agar siz kishilar oldida noqulay ahvolda qolsangiz, ancha vaqt o’ylanib, ruhan qiynalib yurasizmi ? 43. Sizga quvnoq o’yinlar juda yoqadimi ? 44. Siz hamisha ovqat qanday tayyorlangan bo’lsa, shuni iste’mol qilaverasizmi ? 45. Kimdir biror narsani so’rasa yoki biror ishni bajarishni iltimos qilsa «yo’q» deb javob berishga qiynalasizmi ? 46. Tez-tez mexmonga borishni yoqtirasizmi ? 173 47. Hayotdan norozi bo’lish, umuman yashagingiz kelmay qoladigan vaqtlar bo’ladimi? 48. Siz qachondir ota-onangizga nisbatan qo’pol munosabatda bo’lganmisiz ? 49. Tengdoshlaringiz sizni xushchaqchaq va serg’ayrat kishi deb hisoblashadimi ? 50. Siz dars tayyorlayotganda tez-tez boshqa narsalarga chalg’iysizmi, boshqa ishlarga ovunasizmi ? 51. Siz o’yin, ishlarda qatnashishdan ko’ra, kuzatib, qarab o’tirishni yoqtirasizmi ? 52. Sizni odatda har xil o’y, fikrlar qiynaydimi ? 53. Bajarishingiz kerak bo’lgan ishni, uddalay olishingizga ishonchingiz komil bo’ladimi, ya’ni aniq ishonch bilan kirishasizmi ? 54. Siz o’zingizni yolg’iz xis qilasizmi ? 55. Siz notanish kishi bilan suhbatga kirishishdan tortinasizmi ? 56. Siz ko’pincha biror-bir ish yoki holatni to’g’rilashga kech bo’lgandan keyin kirishib, harakat qilasizmi ? 57. Sizga kimdir tengdoshlaringizdan baqirsa, siz ham baqirish bilan javob qaytarasizmi ? 58. Sizdan ba’zan biror-bir sababsiz o’zingizni xushchaqchaq yoki g’amgin his qilish uchrab turadimi ? 59. Siz har xil ko’ngilxushlik, xursandchilik davralaridan xaqiqiy qoniqish va qanoatlanish olish qiyin deb hisoblaysizmi ? 60. Ko’pincha biror ishni o’ylamay qilib qo’yganingizdan keyin bezovta bo’lish, o’ylab ziq bo’lishga to’g’ri keladimi ? Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling