"psixologiya"
- guruh uchun tarqatma materiallar
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya
2- guruh uchun tarqatma materiallar
Motivasiyaning jarayoniy nazariyasining uchta asosi mavjud: ko’tishlar nazariyasi, adolatlilik nazariyasi va Porter-Louler modeli. Ko’tishlar nazariyasi. Ko’tishlar nazariyasining asosiy mazmuni Victor Vroom ishlariga borib taqaladi. Uning nazariyasi bo’yicha tadbirkordagi ehtiyojning yuqoriligi, ma’lum bir maqsadga erishish motivasiyasining yagona zaruriy sharti bo’la olmaydi. Bu o’rinda tadbirkor maqsadini amalga oshirishda, o’zi 184 tomonidan tanlangan yo’lning kutilayotgan natijaga erishishiga va ehtiyojining qondirilishga mumkinligiga ishonishi lozim. Ko’tishlarni, ma’lum bir voqyea sodir bo’lishi ehtimoliga tadbirkor shaxsi tomonidan beriladigan baho sifatida ko’rish mumkin. Mehnatga motivasiyaning tahlilida ko’tishlar nazariyasi uchta o’zaro bog’liqlikni tavsiflaydi: mehnat xarajatlari – natija, natija – rag’batlantirish va valentlik (rag’batlantirish bilan qoniqishlik). Muallifning fikricha, mehnatga bo’lgan xarajat va qo’lga kiritilgan natija (X-N) o’rtasidagi ko’tish – bu sarf qilingan g’ayrat bilan olingan natija orasidagi munosabatdir. Masalan, tadbirkor, har kungiga nisbatan 10 ta odamga ko’p telefon qilish natijasida, sotuvlar hajmi 15 foizga oshishini kutadi. Yana muallif yozadiki, natija bilan rag’batlantirish (N-R) munosabatlari orasidagi ko’tishlar – bu tadbirkor qo’lga kiritgan natijasiga javoban jamiyat tomonidan beriladigan rag’batlantirishni ko’tishdir. Masalan, tadbirkor 15 foizga sotuv hajmini oshirish natijasida 10 foiz qo’shimcha daromad qo’shilishini yoki tadbirkorlar palatasiga a’zo qilinishini kutadi. Ko’tishlar nazariyasida motivasiyani aniqlovchi uchinchi omil – bu valentlik yoki rag’batlantirishning qimmatliligi. Valentlik – bu ma’lum bir rag’batlantirishlar olish natijasida, insonda nisbiy qoniqish yoki qoniqmaslik darajasidir. Turli odamlarda rag’batlantirishlarga ehtiyoj turli xil bo’lganligi uchun biror-bir odamga to’g’ri kelgani, ikkinchi bir odamga to’g’ri kelmasligi mumkin. Masalan, menejer o’z ishini judayam a’lo bajarishi natijasida, uning oylik maoshi bir muncha oshiriladi, vaholanki, menejer oyligini oshishini emas, balki lavozim bo’yicha ko’tarilishini yoki rahbariyat uni yanada hurmat qilishini istashi mumkin. Bunday hollarda esa bu kutilgan natijalarga olib kelmasligi mumkin. Demak, tadbirkor uchun yuqoridagi motivasiyani belgilovchi uchta omildan birontasi past bo’lsa, unda motivasiya ham past bo’ladi va mehnat natijalari ham qoniqarli bo’lmaydi. Adolatlilik nazariyasi. Qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun odamlar qanday qilib o’z kuchlarini taqsimlashi va yo’naltirishi to’g’risidagi boshqa bir tushuntirishni adolatlilik nazariyasi beradi. Adolatlilik nazariyasi bo’yicha, tadbirkor olgan manfaatlarini sarf qilgan kuchlariga munosabatini subyektiv tarzda aniqlashadi va xuddi shunday ish bajarayotgan boshqa tadbirkorlarni olgan manfaatlari bilan taqqoslashadi. Agarda taqqoslash nomutanosiblikni yoki tengsizlikni ko’rsatsa, ya’ni kasbdoshini xuddi shunday ishi uchun ko’proq manfaat olgan, deb hisoblasa, unda psixologik stresslar paydo bo’ladi. Natijada, tadbirkor tenglikni yoki adolatlilik hissiyotini, sarf qilayotgan kuch-g’ayratini kamaytirish va olayotgan daromad miqdorini o’zgartirish orqali to’g’rilashi mumkin bo’ladi. H. R. Arkes, Y. P. Garske olib borgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, qachonki tadbirkor kam daromad topayapman, deb hisoblasa, ish intensivligini kamaytiradi. Agarda teskarisi, ya’ni ko’p daromad topayapman, deb hisoblasa, o’z faoliyatini va xulqini o’zgartirishga unchalik moyillik bildirmaydi. Portyer-Louler (Porter-Lawler) modeli 185 Portyer-Loulerlar ko’tishlar va adolatlilik nazariyalarini o’z ichiga oluvchi, motivasiyaning jamlanma jarayoniy nazariyasini yaratishadi Ularning modellarida beshta asosiy ko’rsatkich mavjud: sarf qilingan mehnat, qaror qabo’l qilish, olingan natijalar, rag’batlantirish, qoniqqanlik darajasi. Portyer-Louler modeliga binoan natijalar samarasi tadbirkor tomonidan sarf qilingan mehnatiga, uning qobiliyatiga va xarakteriga, shuningdek, o’zining rolini tushuna olishiga bog’liq. Qilinadigan mehnat darajasi, rag’batlantirish qiymati va sarf qilingan mehnatning aynan shu darajasi, haqiqatda o’z orqasidan ma’lum bir rag’batlantirishlar olib kelishiga ishonch tuyg’usiga bog’liq bo’ladi. Bundan tashqari, Portyer-Louler modelida rag’batlantirish va natijalar orasidagi bog’liqlik belgilanadi, ya’ni tadbirkor o’z ehtiyojlarini erishgan natijalariga beriladigan rag’batlar orqali qondiradi. Portyer-Louler modeliga binoan tadbirkor erishgan natijalar uchta ko’rsatkichga bog’liq bo’ladi: sarf qilingan mehnat, inson qobiliyati va xarakteri, shuningdek, sarf qilingan mehnat bilan daromad orasidagi bog’liqlikni borligiga ishonch. Portyer-Louler larning asosiy xulosalaridan biri shundan iboratki, natijaviy mehnat qoniqishga olib keladi. Bu esa ko’pchilik tadbirkorlarning motivasiya haqidagi fikriga to’g’ridan to’g’ri qarama-qarshidir. Ular insoniy munosabatlarning eski nazariyalari ta’siri ostidalar, ya’ni qoniqish mehnatning yuqori natijalarga erishishiga olib keladi, yoki boshqacha qilib aytganda, mamnun ishchi yaxshiroq ishlaydi, deb o’ylashadi. Porter va Lawler esa, aksincha, bajarilgan ish tuyg’usi qoniqishga olib keladi va shunga ko’ra samaradorlik ham oshadi, deb hisoblashadi. Bu borada amalga oshirilgan tadqiqotlar, Portyer-Loulerlarning, yuqori natijaviylik to’liq qoniqish natijasi bo’lmasdan, balki uning sababi bo’lib keladi, degan nuqtai nazarini tasdiqlaydi. D. O. Gebb (D. O. Hebb) ning fikricha, ishlab chiqarishdagi motivasiya, asosan, tadbirkor faoliyati sifatini ko’tarish maqsadida, faoliyatni qo’llab- quvvatlash va uni yo’naltirish kabi harakatlar bilan uzviy bog’liq jarayondir. 8 Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling