"psixologiya"


Mustaqil tarzda amaliy mashq uchun topshiriqlar va testlar


Download 1.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/175
Sana17.11.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1782737
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   175
Bog'liq
psixologiya

Mustaqil tarzda amaliy mashq uchun topshiriqlar va testlar.
 
Empatik qobiliyatlar darajasini diagonostika qilish
metodikasi (V. V. Boyko) 
 
Sizda odamning fe’l-atvorini tushunish maqsadida uning yuziga tiqilib qarash 
odati bormi? 
a) ha, men doim odamlarga qiziqish bilan qarayman 
b) yo’q, bu men uchun qiziq emas.
Siz odamlar bilan doimiy muomalani talab qiladigan ishlarni yoqtirasizmi? 
a) ha, faqat shunday ish quvonch keltirishi mumkin 
b) yo’q.
Sizningcha, fikr yuritishingiz nimasi bilan boshqalarnikidan farq qiladi? 
a) intusiyaning kuchi bilan 
b) mantiqiylik, izchilligi bilan.
O’zgalarning kulgisidan ta’sirlanasizmi? 
a) ha 


197 
b) meni befarq qoldiradi.
Yoqtirmagan odamingiz bilan samimiy gaplasha olasizmi? 
a) ha, ko’pincha bu mening qo’limdan keladi 
b) yo’q, men bunday qilolmasdim 
Ko’pincha Sizga nisbatan adolatsizlik qilishayotganday bo’ladimi? 
a) ha 
b) yo’q
Notanish odamlar bilan tanishishni yoqtirasizmi? 
a) ha 
b) yo’q 
Sizningcha, o’zgalar ichki dunyosiga qiziqish odobsizlikmi? 
a) bu fikrga mutloq qo’shilaman 
b) yo’q, bunday emas
Biror tashvish ustida turgan bo’lsangiz, uxlay olasizmi? 
a) ha, menda shunday muammo bor 
b) nima bo’lsa ham yaxshi uxlay olaman
Quyidagi holatlarda o’zingizni yaxshi ko’rsata olasizmi? 
a) odamlar bilan til topish kerak bo’lganda 
b) o’zni qo’lga olib, bosiqlik qilish kerak bo’lganda
Sizni maqtab, xushomad qilishayotganda, uyalasizmi? 
a) ha, bunday vaziyatlarni yomon ko’raman 
b) yaxshiyamki, meni ham xaqli baholashdi, deyman 
O’z yutuqlaringizni boshqalarniki bilan qiyoslaysizmi? 
a) mening o’z hayotiy mo’ljallarim bor 
b) bu meni ilxomlantiradi 
Har doim ham sizning boshqa odam haqidagi birinchi intuitiv taasurotingiz 
to’g’ri bo’lib chiqadimi? 
a) ha, odatda shunday 
b) yo’q, ko’pincha adashaman
Yaqinlaringiz, tanishlaringiz Sizni hissiyotga beriluvchan deb hisoblashadimi? 
a) ha, ko’pincha shunday deb o’ylashadi 
b) yo’q 
Odam xato qilishi mumkin, deb hisoblaysizmi? 
a) ha, hammamiz adashishimiz mumkin 
b) yo’q, doimo hushyor bo’lishimiz kerak 
Yaqin qo’shnilaringizning tarjimai hollarini bilasizmi? 
a) ha, kim yoningda yashayotganligini bilish kerak 
b) buning menga qizig’i yo’q
Siz o’z qobiliyatlaringizni o’zingiz uchun ishlata olasizmi? 
a) afsuski, yo’q 
b) boshqacha bo’lishi mumkin emas
Boshqalar bilan muomaladan Siz doimo xafa bo’lasizmi? 
a) yo’q 
b) ha
Mushkul ishni boshlashdan avval Sizni kutayotgan qiyinchiliklar to’g’risida 
o’ylaysizmi? 
a) yo’q, har doim mushkul ishga kirishaveraman 
b) ha, har doim o’z imkoniyatlarimni sarhisob qilaman


198 
Tez-tez Sizni ko’chada to’xtatib, savol bilan murojaat qilishadimi? 
a) ha, tez-tez 
b) yo’q, bundaylarni eslolmayman 
Qanday filmlarni sevasiz? 
a) o’ylashga majbur qiladiganlarini 
b) harakatlar ko’p, dinamik syujetli
Siz o’z umidlaringiz, xavotirlaringiz va tashvishlaringiz haqida ochiq ayta 
olasizmi? 
a) ha, buning zararli, uyatli joyi yo’q 
b) yo’q, bu mening shaxsiy ishim, yashirish kerak
Siz o’zingizni baxtli xis qilgan paytlaringizda, hayotda kimlargadir og’irroq 
bo’lishi mumkinligi haqida ham o’ylaysizmi? 
a) menda bunday holat doimo bo’ladi 
b) “har kim ekkanini o’radi”
Sizni hafi qilishsa, uzoq vaqt qayg’urasizmi? 
a) odatda, tez esdan chiqaraman 
b) anchagacha o’zimni yomon xis qilaman
Siz odatda o’z manfaatingiz yo’lida yaxshi inson bilan urishib qolishingizni 
sezsangiz: 
a) anchagina yon beraman 
b) o’z manfaatimni ximoya qilaveraman
Qayta ishlash yo’li: 
Har bir,
a) javob uchun 1 baldan,
b) javob uchun 0 baldan yozib chiqing.
Agar tekshiriluvchi:
15-25 bal - empatiya darajasi o’ta yuqori bo’lib, u boshqalarga 
hamdardlik ko’rsatishga qodir bo’ladi; 
7-14 bal - empatiyaning o’rtacha darajasi; 
0-6 bal - juda past.

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling