"psixologiya"
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3 va undan kam ball.
14-18 ball. Sizning muloqatga kirishuvchanligingiz yaxshi, o’rtacha. Siz
ko’p narsaga qiziqasiz, boshqalarni bajonidil tinglaysiz, o’zgalar fikriga sabr- toqatlisiz, o’z fikringizni bosiqlik bilan izhor etasiz. Begonalar bilan 194 uchrashuvga borish siz uchun unchalik noxush emas, lekin shovqin-suronli davrani yoqtirmaysiz, odamlarning sergapi sizga yoqmaydi. 9-13 ball. Siz muloqatga kirishuvchansiz. Qiziquvchan, sergap, turli masalalarda o’zgalar bilan gaplashishni yaxshi ko’rasiz. Yangi odamlar bilan tanishish, davraning diqqat markazida bo’lishni yoqtirasiz. O’zgalarning iltimoslarini bajarmasangiz ham qabo’l qilaverasiz. Achchig’ingiz tez, lekin tez soviysiz. Sizga sabr-toqat, qiyinchiliklar bilan to’qnashganda jasorat yetishmaydi. Lekin astoydil xoxlasangiz, o’zingizni yon bermaslikka ko’ndirishingiz mumkin. 4-8 ball. Sizning muloqat malakangiz yomon emas, siz barcha ishlarning guvohi bo’lib yurasiz. Munozaralarda qatnashishni yaxshi ko’rasiz, biror masala yuzasidan yuzaki tasavvurga ega bo’lsangiz ham, o’z fikringizni aytishni xoxlaysiz. Ishni oxiriga olib bora olmasangiz ham har qanday ishni boshlayverasiz. Shuning uchun ham rahbarlaringiz va kasbdoshlaringiz sizdan xavotirda bo’lishadi. Bu xaqda o’ylab ko’ring. 3 va undan kam ball. Sizning kommunikativ malakalaringiz yaxshi emas, siz sergapsiz, har narsaga aralashaverasiz. O’zingiz umuman bexabar bo’lgan narsalar xususida ham fikr yuritaverasiz. Ixtiyorsiz tarzda turli ziddiyatlar va janjallarning ishtirokchisiga aylanib qolasiz. Jizzaki, salga hafa bo’ladigan odatingiz bor, shuning uchun odamlar siz bilan chiqisha olmaydilar. O’zingizni to’tish, sabr-toqatli bo’lish uchun odamlarga hurmat bilan qarashga o’rganing. Qolaversa, o’z sog’lig’ingiz haqida qayg’o’ring, chunki bunday hayot tarzi izsiz bo’lmaydi, asablaringiz charchab qolishi mumkin. 4. Muloqotning tomonlari. Pedagogik muloqot. Nutq va til to’g’risidagi tushuncha. Nutqning turlari va funksiyalari. Kichik guruhlarda ishlash uchun guruh 4 ta kichik guruhga bo’linada va ularga quyidagi tarqatma materiallar berilib, ushbu masalalar bo’yicha taqdimotlar tayyorlash topshiriladi. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling