"psixologiya"
Diqqat bir necha xususiyatga ega bo’ladi
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya
Diqqat bir necha xususiyatga ega bo’ladi:
Dikkatning kulami. Dikkatning kuchi va barkarorligi. Diqqatning bo’linishi. Diqqatning kuchishi. Diqqatning tebranishi. Parishonxotirlik. 2- guruh uchun tarqatma material 2 Sezgi va ularning ahamiyati, klassifikasiyasi va qonuniyatlari. Tevarak-atrofdagi narsalar hakida, tovushlar va ranglar, xidlar va xarorat, mikdor va boshqa ko’plab narsalar tugrisida biz sezgi organlari tufayli bilamiz. Sezgi – bu oddiy psixik jarayon bo’lib, u moddiy olamdagi narsa va xodisalarning ayrim xususiyatlarini, shuningdek, moddiy kuzgotuvchilar tegishli reseptorlarga bevosita ta’sir etgan takdirda organizmda xosil bo’ladigan ichki xolatlarga aytiladi. Materiya bizning sezgi organlarimizga ta’sir qilib sezgi xosil kildiradi. Sezgi nerv sistemasining u yoki bu kuzgotuvchidan ta’sirlanuvchi reaksiyalari tarzida xosil bo’ladi va xar qanday psixik xodisa kabi reflektor xususiyatiga ega. Qo’zg’atuvchining o’ziga aynan uxshaydigan analizatorga ta’siri natijasida xosil bo’ladigan nerv jarayoni sezgining fiziollogik asosi bo’lib hisoblanadi. Analizator uch kismdan tarkib topadi: 1. Tashki kuvvatni nerv jarayoniga utkazadigan maxsus transformator hisoblangan periferik bo’lim (reseptor), 2. Analizatorning periferik bo’limini markaziy analizator bilan bog’laydigan yo’llarni ochadigan afferent (markazga intiluvchi) va efferent (markazdan kochuvchi) nervlar, 3. Analizatorning periferik bo’limlaridan keladigan nerv signallarining kayta ishlanishi sodir bo’ladigan kobik osti va kobik (miyaning uzi bilan tugaydigan) bo’limlari. Sezgining xosil bo’lishi reflektor yoyi tufayli bo’ladi. Aks etish xususiyatiga va reseptorlarning joylashgan urniga qarab sezgilar odatda uch guruxga ajratiladi: 1. Eksterioseptiv sezgilar. Bularga tashki muxitdagi narsalar va xodisalarning xususiyatlarini aks ettiradigan va tana yuzasini sezadigan sezgilar (ko’rish, eshitish, xid bilish, tam bilish, teri-tuygu) 205 kiradi. 2. Tananing ichki a’zolaridagi uzgarishlarni sezadigan interioseptiv sezgilar. Bunga organiq sezgilar kiradi. 3. Mushaklar va paylardagi xolatni sezadigan prorioseptiv sezgilar. Bunga muskul-harakat sezgisi kiradi. Ular gavdamizning harakati va xolati hakida axborot beradi. Sezgining turlari. Eksterioseptorlar uz navbatida yana ikki guruxga bo’linadi: kontakt va distant sezgilar. Kontakt sezgilarga teri-tuygu va ta’m bilish sezgilari kirsa, distant sezgilarga ko’rish, eshitish, xid bilish sezgilari kiradi. Hozirgi zamon fani ma’lumotlariga asoslanib sezgilarni tashki va ichki sezgilarga bo’lish yetarli emas. Sezgilarning ba’zi bir turlarini tashki-ichki deb hisoblasa ham bo’ladi. Ularga xarorat va ogrik, tam bilish va tebranish, mushak-bugin va statik-xarkat sezgilari kiradi. Sezgilarga xos bir kancha konuniyatlar mavjuddir. Avvalo sezgining xosil bo’lishligi uchun qo’zg’atuvchi ma’lum kuchga ega bo’lishi lozim. Sezgi chegaralarga ham egadir. Uning kuyi va yuqori chegarasi farqlanadi. Sezgirlikni mashk yo’li bilan yoki maxsus morfiy modda ta’sirida kuchaytirishga sensibilizasiya deyiladi. Adaptasiya ham sezgiga xos xususiyatdir. Adaptasiya deb sezgi organlarining tashki qo’zg’atuvchilarga moslashishiga aytiladi. Adaptasiyaning uch turi farq qilinadi: 1. Qo’zg’atuvchining uzoq vaqt ta’siri natijasida sezgining yuqolib qolishi. 2. Kuchli qo’zg’atuvchi ta’siri ostida sezgining zaiflashishi. 3. Kuchsiz qo’zg’atuvchi ta’siri ostida sezgirlikning ortishi. Sinesteziya – bu ikki sezgining yaxlit bir sezgi bo’lib kushilib ketishi demakdir. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling