"psixologiya"
- guruh uchun tarqatma material
Download 1.78 Mb. Pdf ko'rish
|
psixologiya
2- guruh uchun tarqatma material
Hayol va uning turlari. Xayol deb biz ilgari Idrok kilmagan, tajribamizda uchratmagan narsa va xodisalarning obrazlarini mavjud xotira tasavvurlari asosida miyamizda yaratishda ifodalanadigan faoliyatga aytiladi. Turmushning muayyan bir sharoiti, odamning bilish, amaliy, axlokiy, estetik va boshqa ehtiyojlari xayol jarayoniga sabab bo’ladi. biz ilgari Idrok qilmagan predmet va hodisalarni yaratishdan iborat bo’lgan psixik jarayondir. Xayol yaratgan obrazlarining mazmuni jixatdan tasavvur xayol va ijodiy xayolga bo’linadi. 214 Tasavvur xayol deb hozir yoki utmishda bo’lgan bo’lsada, lekin xali bizning tajribamizda uchramagan va biz Idrok kilmagan narsa va xodisalar tugrisida tasavvur va obrazlar yaratishdan iborat bo’lgan xayol turiga aytiladi. Ukuvchilar bilimilarni uzlashtirishda tasavvur xayol obrazlaridan keng foydalanadilar. Chunki ukituvchining tarix, geografiya, adabiyot materiallarini gapirib, tasvirlab berishi asosida ukuvchilar u narsalarning obrazlarini kuz oldilariga keltiradilar va uzlashtiradilar. Ijodiy xayol deb bizning tajribamizda bo’lmagan va vokelikning uzida ham uchramagan narsa va xodisalar hakida tasavvur va obrazlar yaratishdan iborat bo’lgan xayol turiga aytiladi. Ijodiy xayol tufayli san’at, adabiyot, texnika sohalarida yangiliklar yaratiladi. Chunki ijodiy xayol obrazlari tamoman yangi, original obrazlar bo’ladi. Ijodiy xayolning o’ziga xos xususiyati shundaki, avvalo yaratilayotgan obraz haqiqatda yuk, biron yangi obraz bo’ladi. Sungra jamiyatning yoki shu kishining ehtiyojlari shu obrazning yaratilishiga kishini ragbatlantiradi. Ijodiy xayol suzlarda va moddiy narsalarda gavdalantiriladi. Orzu va shirin xayol surishlar ijodiy xayolning Alohida turlaridir. Orzu ijodiy xayolning kelajakka qaratilgan faoliyatidir. Demak, u orkali istikbol obrazlari yaratiladi. Xayol uzining paydo bo’lishiga kura ixtiyorsiz va ixtiyoriy bo’ladi. Ixtiyorsiz xayolda oldindan belgilangan maksad bo’lmaydi, unda iroda faol ishtirok etmaydi, obrazlar o’z-o’zidan paydo bo’ladi. Ixtiyorsiz xayol avvalo shu paytda kondirilmagan ehtiyoj tufayli xosil bo’ladi. Masalan, kishi chulu-biyobonda ketayotib kattik chankasa, uning kuz oldiga vodaprovod, bo’lok, arik suvlarining obrazi kelaveradi. Shirin xayol surish va orzu ham ixtiyorsiz vujudga keladi. Kechasi uxlab yotgandagi tush ko’rish tufayli xilma-xil obrazlarning kuz oldimizga kelishi ham ixtiyorsiz xayol materiallaridir. Ixtiyoriy xayol surishda kishi oldiga kuygan maksadi asosida xayol surib, ataylab obrazlar yaratadi. Masalan, yozuvchining yangi asar yaratishida surgan xayollari ixtiyoriy xayoldir. Umuman olganda, san’at asarlarining barchasi ixtiyoriy xayol natijasidir. Ixtiyoriy xayol birovlarning turtkisi, topshirigi bilan ham vujudga kelishi mumkin. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling